9- MAVZU: ListBox VA ComboBox obyektlari.
Reja:
1. ListBox boshqarish obyekti va uning xossalari.
2. ComboBox boshqarish obyekti va uning xossalari.
3. SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari.
DTS:katakcha, katakchalar bloki,adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 1. ListBox boshqarish obyekti va uning xossalari. RadioGroup obyektining bittagina kamchiligi bo‘lib, undagi variantlar ro‘yxati uzun bo‘lsa, u ekranda ko‘p joy egallaydi. Bu kamchilikdan holi bo‘lgan obyektlar ham bor. Ulardan biri obyektlar panelining standart jildida joylashgan (Ro‘yxat qutisij boshqarish obyektidir:
ListBox obyekti ekranga variantlar ro‘yxatini chiqaradi. Agar bu ro‘yxat uzun bo‘lib, u obyektga ajratilgan joyga sig'masa, uning o‘ng tomonida vertikal surgich paydo bo‘ladi. Uni surib ro‘yxatning kerakli joyiga o‘tish mumkin. obyektining xossalarining ko‘pchiligi obyekti xossalari bilan bir xil. Uning Items xossasi yordamida ro‘yxat elementlari kiritiladi. Itemlndex xossasida ro‘yxatning tanlangan elementining tartib raqami saqlanadi. Bu yerda ham tartib raqami 0 dan boshlanadi. Columns xossasi ro‘yxat ekranga nechta ustun bo‘lib chiqishini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 0 bo‘lsa, ro‘yxat ustunlarga bo‘linmaydi. ListBox ning Columns xossasidan faqat juda zarur bo‘lganda foydalanish lozim. Chunki bir nechta ustunlarga joylashgan ro‘yxat ro‘yxatga ham o‘xshamay qoladi. 2. ComboBox boshqarish obyekti va uning xossalari. ComboBox yashirin ro‘yxat qutisi) obyekti oldingilariga nisbatan ancha qulay bo‘lib, undan ko‘proq foydalaniladi. Uning qulay tomoni u kiritish maydonchasi Edit kabi kam joy oladi. Uning o‘ng tomonidagi uchburchak shaklidagl tugmani bosib, yashirin ro‘yxatni ekranga chiqarish mumkin. Yuqoridagi rasmda Word matn muharririning shrift muloqot darchasidagi yashirin ro‘yxatlar qizil ramkalarda ko‘rsatilgan. Bu obyektning ham ko‘p ishlatiladigan xossalari va ComboBox da ro‘yxat bandini tanlash yoki yangi bandni kiritish mumkin. 3. SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. Oldingi ilovolarda sonli kattaliklarni kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik. Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga o‘tkazishga to‘g'ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, masalan, 3 o‘rniga uchni kiritsak, ilova o‘z ishini to‘xtatib, xato to‘g'risida xabar chiqaradi. SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun mo‘ljallangan. Unda awaldan belgilab qo‘yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan. obyekti obyektlar panelining (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda ko‘rinmaydi. Uni ko‘rish uchun jildlar ro‘yxati oxiridagi uchburchak ko‘rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak: sonni bevosita uning kiritish maydonchasiga kiritish mumkin. Undagi sonni kiritish maydonchasining o‘ng tomonidagi ikki tugma yordamida awaldan belgilangan qadam bilan kamaytirish yoki oshirish mumkin. kiritilgan sonning qiymati uning (qiymat) xossasi da saqlanadi. Sonning qabul qiladigan eng kichik qiymati eng katta qiymati MaxValue xossalarida saqlanadi. Agar bu xossalar qiymati 0 ga teng bo‘lsa, sonning qiymatiga chegara qo‘yilmaydi. (qadam) xossasida son qiymatining o‘sish qadami ko‘rsatiladi. Dastlab u 1 ga teng.
4. Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlar dan foydalanishni o‘rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta bitta bitta va bitta obyektlarini rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. xossasini ikki marta; bosib, hosil bo‘lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 8 ta futbolchi ro‘yxatini, kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, oynasida uning : xossasini 5, xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o‘rnatamiz. obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz: Protseduraning birinchi, uchinchi va yettinchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o‘zgaruvchi yaratiladi. To‘rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro‘yxatdagi raqami beriladi. Shu satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo‘ladi). Oltinchi satrda ikkinchi o‘zgaruvchi: j ga ro‘yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi. Oltinchi qatorda bu songa dagi son(futbolchiga berilgan baho qo‘shiladi va u matn satriga aylantirilib, ro‘yxatining i-satriga yozib qo‘yiladi. Natijada i dagi ro‘yxatda har bir futbolchi to‘plagan ballar yig'ilib boradi. Uni obyektning o‘ng tomonidagi uchburchak ko‘rinishida tugmani bosib, xohlagan paytimizda ko‘rishimiz mumkin. Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro‘yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko‘rish uchun uchinchi maydonchaning o‘ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o‘ngdagi rasm). YODDA SAQLANG! ComboBox obyekti yashirin ro‘yxat yaratish uchun xizmat qiladi. IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1 obyekti qanday vazifani bajaradi? ■ obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering. ■ obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering. ■ Ilovaga obyektini joylang. Bu obyektni Asaka zavodida ishlab chiqariladigan avtomashinalardan birini tanlaydigan qilib xossalarini o‘zgartiring. ■ Ilovaga obyektini joylang. Uning xossalari o‘zgartirib, unga viloyatlar ro‘yxatini kiriting. V. UYGA VAZIFA 1. obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan? 2. obyekti qanday vazifani bajaradi? ListBox VA ComboBox obyektlari. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
1-o‘quv topshiriq «Blits-so‘rov» savollari Bilishi lozim bo‘lgan savollar Berilgan savollarning mazmuni ListBox boshqarish obyekti nima ComboBox nima? SpinEdit obyekti nima? Run nima?
2-o‘quv topshiriq ListBox VA ComboBox obyektlari. FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring
Savol ListBox VA ComboBox obyektlari....... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring
Tayanch bilimlarni faollashtirish: 1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifani belgilanishi: 2. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi. 3. Mustaqil ishlash uchui adabiyotlar bilan tanishtiradi; 4.O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova). Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish: 2.1Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshka texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi. YAngi o‘quv material bayoni: Yangi o‘quv materiali bayoni. 2.2 Slaydlarlar va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. ( 2- ilova) 2.3 Jalb qiluvchi savollar beradi. 2.4 Mavzu har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi, eng asosiylariga etibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi 2.5 Memo obyekti va uning imkoniyatlari tushunchasi va uning berilishi elementlari xususiyatlarini yoritadi. 2.6 Memo obyektining asosiy xossalari bilan ishlash va ular orasidagi bog’lanish haqida tushuntiradi. Yangi o‘quv matrialini mustahkamlash. 2.7 Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi. 2.8 O‘quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi va ishni bajarish uchun yo‘riqnoma beradi ( 4-ilova ). Har bir guruhga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (5ilova). 2.9 Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsad beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushun ganligini aniqlash maqsadida teskari aloqa taashkil etadi: bajarish tartibini gapirib berish vazifasini beradi. 2.10 Bajarish jarayonini kuzatadi maslaxatlar beradi. 2.11 Mashg’ulotga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir- birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarini to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi. 2.12 Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi.
Uy vazifasini takdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
UYGA VAZIFA 1. obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?\
2. obyekti qanday vazifani bajaradi?
|