-Mavzu: Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari. MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati




Download 163,73 Kb.
bet9/10
Sana21.05.2024
Hajmi163,73 Kb.
#248451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dastur

13-Mavzu: Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari. MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati.
Reja:
1. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari.
3. MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati.
DTS:katakcha, katakchalar bloki,adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ulami ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, Qaytar ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlami ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lum о tlar ombori va banklari tashkil etadi. Ma’lumotlar ombori {MO) - kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. Ma'lumotlar modeli - bu ma’lumotlaming o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlami turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: Ierarxik (shajara) model - bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir; Tarmoq model - bu modelda daraxtsimon bogManish bo‘lsada, mgunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q; Relyatsion (o‘zaro bog‘langan) model - bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi. Ma’lumotlami ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan. Tuzilmalashtirilmagan - bu ma’lumotlami tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi. Tuzilmalashtirilgan - bu ma’lumotlami tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi. Ma’lumotlami tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi - Nazarov, Ismi - Nodir, Otasining ismi - Axmedovich, Yashash manzili - Navoiy shahar, Telcfon raqami +998947777777. Ushbu ma’lumotlami jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan ma’lumotga aylanadi: T/r Familiyasi Ismi Otasining ismi Yashash manzili Telefon raqami 1- Nazarov Nodir Axmedovich Navoiy shahar +998947777777 Ma’lumotlar ombori {MO) - kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlami kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) -foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi. MOBTning asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma’lumotlami kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ulaming strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlami o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi. MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ulami qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim; ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastumi tuzishga hojat qolmasligi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) - foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. Microsoft Access 2010 MOBTning relyatsion turiga mansub bo‘lib] hozirgi vaqtda eng ommaviy ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarigaj kiradi va u MOni yaratish, MOda ma'lumotlarni saqlash, izlash va Qaytar ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. MS Access 2010 ning yana bir qo‘shimcha afzalligi uning Microsoft] Office tarkibiga kiruvchi MS Word, MS Excel kabi dasturlar bilan o‘zaro bir muhitdaligidir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan ma'lumotlar bir ilovadan ikkinchi ilovaga osonlik bilan import va eksport bo‘lishi ko‘zda tutilgan. MS Access 2010 yordamida oddiy foydalanuvchi katta va murakkab bo‘lgan MOni dasturiy ta'minotsiz yaratish va qo‘llash imkoniyatiga egtt bo‘ladi. MS Access 2010 ni yuklashning uch xil usulini ko‘rib o‘tish mumkin: foydalanuvchining ish stolidagi yorliq yordamida; dasturining yorlig'i yordamida; bosh menyu yordamida. MS Access 2010 bilan ishlash MS Access 2010 ning ekrani yuqori qatorida ma'lumotlar ustida turll xil amallar bajarish uchun mo‘ljallangan menyu joylashgan. Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами данных, Поля, Таблица bo‘limlaridan iborat.
Файл - ma'lumotlarni xotirada saqlash, fayllarga murojaat qilish, ma'lumotlarni qog'ozga chop etish, dasturning parametrlarini sozltmh imkoniyatlari mavjud. Главная - jadvaldagi ma'lumotlarni filtrlash, saralash Qaytar ishlaoh kabi bir qator ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Создание - jadvallar, so‘rovlar, formalar hisobotlar, moduli ar, makroslar yaratish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkifl.
Внешние - yaratilgan ma'lumotlarni import, eksport qilish vu ma'lumotlarni elektron manzillarga jo‘natish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin. Работа с базами данных — makroslar yaratish, hosil qilingan jadvallarni o‘zaro bog'lash, SQL server ombori bilan bog'lash kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin. Поля - maydon turlari, Xossalarini o‘zgartirish, jadval formatlarinl tahrirlash, matematik funksiyalardan foydalanish mumkin. Таблица — makroslar yaratish, jadvallarni o‘zaro bog'lash xossalarini o‘rnatish mumkin.
MS Access 2010 ning asosiy elementlari quyidagilar: Таблицы - ma' lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi; Запросы - ma'lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o‘zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi; Формы - ma'lumotlarni ko‘rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi; Страницы - HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular MS Access 2010 da ma'lumotlarini Internet Explorer brouzeri yordamida ko‘rish uchun ishlatiladi; Отчеты - ma'lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi; Макрос - bir yoki bir qancha amallarni avtomatik ravishda bajaradi. MS Access 2010 dagi maydonlar ma'lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi hisoblanadi. MS AcceSS 2010 da tasvirlanfldigan maydon turlari
Turi Ta’rifi Matnli (Текстовый) Maydon turi matnlardan tashkil topgan boMib, uning uzunligi (hajmi) 255 belgidan oshmasligi kerak.
MEMO maydoni (поле MEMO) MEMO maydonida hajmi 65535 belgidan ko‘p bo‘lmagan matnli va raqamli ma’lumotlar saqlanadi. Raqamli (Числовой) Maydon turi raqamli qiymatlami saqlaydi, ularning diapazoni maydon oichami parametrida aniqlanadi. Sana/vaqt (Дата/время) Maydon qiymati sana va vaqtlardan iborat (8 bayt) va 100 dan 9999 gacha yil diapazonini kiritish mumkin. Pullik (Денежный) Maydon qiymati raqamlar bo‘lib, unda butun nuqtasidan 15 razryad chapda va 4 razryad o‘ngda raqamlar saqlanishi mumkin. 1 Iisoblagich (Счетчик) Jadvalga yangi ma’lumotlar qo‘shilganda avtomatik ravishda bir qiymatga oshib boradi. Manliqiy (Логический) Maydon “Ha” yoki “Yoq” qiymatlami saqlaydi. MS Access da “1” — “Ha” va “0” - “Yo‘q” holatlarida ishlatiladi.
OLE obyekt maydoni (Поле объекта OLE)
Maydonga OLE - serveri tomonidan qnyln ishlangan obyektlar j oylashtiri lad i.
Gipermurojaat (Гиперссылка)
Bu maydon qattiq diskning boshqa fayliga bo4)',un giperbogManish hosil qiladi. Qo‘shish (Вложение) Matematik funksiyalar bilan ishlash imkoitiynli yaratiladi.
YODDA SAQLANG! MS Access 2010 ning fayllar "_____________" kengaytmaga ega. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR MS Access 2010 MOBTning qaysi turiga mansub? MS Access 2010 da obyektlarning asosiy elementlarini tushunlirib bering. MS Access 2010 da maydon turlari haqida ma'lumot bering. MS Access 2010 ni ishga tushiring va uning asosiy oynasida yangi ma'lumotlar omborini (Новая база данных) yarating. UYGA VAZIFA 1. MS Access 2010 da yangi ma'lumotlar omborini hosil qiling. Ombor nomini "o‘quvchilar" deb nomlang va uni D diskkti saqlang. MS Access 2010 da tasvirlanadigan maydon turlarini tahlil qilib chiqing. 1. 10-sinf darsliklarining mualliflari va chiqqan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlami shakllantiring. 2. Sinflngizdagi o‘quvchilaming familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilgan ma’lumotlami shakllantiring. 3-Ilova “MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati? Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo‘lmogi lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting.
1-o‘quv topshiriq «Blits-so‘rov» savollari Bilishi lozim bo‘lgan savollar Berilgan savollarning mazmuni Ma’lumotlar ombori Kalit Obyekt Jadval Hisobot
2-o‘quv topshiriq “MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati” FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring
Savol MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati..... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring
6-ilova
UYGA VAZIFA 2. MS Access 2010 da yangi ma'lumotlar omborini hosil qiling. Ombor nomini "o‘quvchilar" deb nomlang va uni D diskkti saqlang.

Download 163,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 163,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari. MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati

Download 163,73 Kb.