|
1-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dasturlash muhiti. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi
|
bet | 1/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 163,73 Kb. | | #248451 |
Bog'liq 1-Mavzu Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dastur
1-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dasturlash muhiti. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi.
Reja:
1. Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari.
2. Delphi dasturlash muhiti.
3. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi.
DTS:katakcha, katakchalar bloki,adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Zamonaviy ilovalar. Ma'lumki, zamonaviy kompyuterlar operatsion tizimga ega. Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalar MicroSoft Word (qisqacha - MS Word), - MS Excel, - MS Access, MS Power Pointlarni keltirish mumkin. Bu ilovalarning o‘ziga xos jihati ularning interfaolligi bo‘lib, ular yordamida yuzlab va minglab amallarni bajarish mumkin. Bunday murakkab ilovalarning o‘zi qanday yaratiladi? Ilovalarni yaratishning dasturiy vositalari bugungi kunga kelib juda katta imkoniyatlarga ega. Ular bilan tanishishni dasturlash tarixiga nazar tashlashdan boshlaymiz. 2. Dasturlashning rivojlanish bbsqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlftr) yaratish vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‘lgan. Bu ishni bir oz bo‘lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus daslur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlart)ga o‘girib bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash edi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog'liq bo‘lmay qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‘proq o‘xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar x>Q bo‘lsa, u holda y=ln (x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin bo‘lgan. Dastur; matnini kompyuter tushunadigan mashina kodiga o‘girishni maxsus ishlab chiqilgan va translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Natijada dasturlash] ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan masalalar ko‘lami kengaydi. Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan masala bir necha kichikroq va osonroq masalalarga ajratilgan. Zarurat bo‘lganda, ular ham? o‘z navbatida yanada kichikroq masalalarga bo‘lib chiqilgan. Bu esa bitta] masala bo‘yicha bir nechta, ba'zan o‘nlab dasturchilar birgalikda shug'ullanishlariga imkon berdi. Yaratilayotgan dasturiy vositalarningl ya'ni ilovalarning sifati yanada oshdi, dasturlar yanada murakkablashdii dasturlar ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb atalgan. Biz bilgan dasturlash tili Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar yordamida amalga oshirilgan. Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlasll deb ataladi. Bit birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish maqsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi paytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog'liq. Biz bilamizki, axborotni qayta ishlash usulini ma'lum bo‘lgan ma'lumoi deb atash mumkin. Har qanday axborotni obyekt deb qarashimiz mumkml Turbo Pascalda ma'lumotlar o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarga bo‘linadil Ularni qayta ishlash usullari (qayta ishlash algoritmlari) alohida protseduralar va funksiyalar ko‘rinishida bo‘ladi. Obyektlarga mo‘ljallangan dasturlashda awallari birlashtirish mumkin bo‘lmagan bu ikki unsurni birlashtirish imkoni paydo bo‘ldi. Ular orasidagi farq yo‘qola boshladi. Natijada axborot bilan ishlash yanada qulay va yanada osonroq bo‘lib qoldi. Bu esa bitta dastur ustida o‘nlab, yuzlab va hatto minglab dasturchilar birgalikda ishlashlariga imkon berdi. Yaratilgan amaliy dasturiy vositalarning imkoniyatlari keskin oshib ketdi. Yaratilayotgan dasturiy vositaning o‘zini ham axborot deb qarash mumkin. Demak, dastur kodini yaratishda ham obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan, har bir dasturning o‘z oynasi bo‘ladi. Dastur oynasinlng bo‘yi va eni kabi xossalari (oyna obyekti xossalari) bor, oynani yaratish, yopish, joyini va o‘lchovlarini o‘zgartirish kabi qayta ishlash usullari (obyekti usullari) yordamida dastur oynasi bilan ishlashni osonlashtirish mumkin. Agar oyna degan obyekt yaratilgan bo‘lsa, dastur oynasi bilan ishlash bu obyektning xossalarini kerakli tarzda o‘rnatish va obyekt usullarldan kerakli joyda foydalanish ko‘rinishida juda oson kechadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi, yaratilayotgan dasturlarning sifati yanada oshdi. Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlami dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo‘lgandek qilib o‘rnatish yetarli bo‘lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi va dasturlash ko‘proq Lego yordamida o‘yinchoq yasashga o‘xshab qoldi, Hozirgi paytda umumlashgan dasturlash usuli ommaviylashib bormoqda. Uning ma'nosini quyidagicha tushuntirish mumkin. Dasturdu uchburchak, to‘rtburchak, ko‘pburchak, aylana kabi obyektlar va ularning yuzasi degan xossalari bo‘lsin. Ularning har biridan foydalanish o‘rniga geometrik shakl yuzasi degan xossadan foydalanishimiz. 4 mumkin, Dasturning o‘zi qanday geometrik shakl to‘g'risida gap ketayotganini aniqlab, kerakli obyektning kerakli xossasidan foydalanib javobni topadi, Natijada dasturlash yanada osonlashdi va arzonlashdi. Endi yaratilayotgan dasturni bir paytning o‘zida xohlagan operatsion tizim uchun va uning interfeysini kerakli tilda yaratish mumkin. Ularni o‘zgartirish ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi. 3. Zamonaviy dasturlash muhitlari. Hozirgi paytda dunyoda o‘n milliondan ortiq dasturchilar bo‘lib, ulardan ikki millioni professional, qolganlari esa havaskor dasturchilardir. Albatta, ularning ish qurollari, ya'ni ular foydalanadigan dasturlash muhitlari ham bir-biridan farqlanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhitlarida asosan uolila dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. Professional va tajribali havaskor dasturchilar asosan С (Si) va uning keyingi variantlariС++ va C# dan foydalanishsa, faqat o‘zlarining masalalarini yechish uchun dasturlashda foydalanadiganlanrning ko‘pchiligi Pascal dan foydalanisliad B BASIC (to‘g'risi, Visual BASIC) Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ofis ilovalari va boshqa kompaniyalarning bir qator mahsulotlari, grafik muharrirlarda ishlarni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi. Kuchli raqobat va foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida hozirgi paytda ommaviy dasturlash muhitlari bir paytda bir nechta dasturlash tillaridan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, so‘nggi paytlarda yaratilayotgan dasturlash tillarining ko‘pchiligi yuqoridagi tillardan birida foydalanayotganlar uchun mo‘ljallab yaratilgan. Masalan, keng tarqalgan veb dasturlash tillari Java, Java Script, ASP, PHP, Python lar С++ va C^ gal keng tarqalgan kompyuter matematikasi paketlari MatLab, MathCAD Maplelarning dasturlash tillari Pascalga, MacroMedia: Flash nomli animatsion graflka yaratish ilovasining dasturlash tili Action Script esa Visual BASICga o‘xshab ketadi. 4. Delphi dasturlash muhiti. Delphi (o‘qilishi Delfi) qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan yungli shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyb chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga. ajiatiladi: Delphi 1 - Delphi 8 (1995-2003-yillar); Delphi 2005 - Delphi 2010 (2005-2009-yillar); Delphi XE 1 - Delphi XE 10 (2010-201.7-yillar). Ularning barchasida asosiy (ba'zan yagona) dasturlash tili Object Pascal bo‘lsada, ko‘pchiligida Assembler dan oxirgi variantlarida Java da, ba'zi versiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin; Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va lOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi.
■ Vizual dasturlash eng zainonaviy dasturlash usuli hisoblanadi.
■ Dunyoda bir necha million dasturlovchi o‘z faoliyatida Delphidan" foydalanadi.
1. Delphi interfeysi quyidagi bo‘limlardan iborat: 2. Sarlavha satri. 3. Asosiy menyu. 4. Uskunalar paneli. 5. Boshqarish obyektlari (komponentalar) paneli, 6. Boshqarish obyektlari brauzeri. 7. Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori. 8. Yaratilayotgan ilova oynasi (forma). 9. Yaratilayotgan ilova kodi oynasi. Delphi muhiti bosh oynasining sarlavha satri standart ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ilovaning nomi,unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o‘lchovini o‘zgartirish ya uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan. 3. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir: 1. File (Fayl). 7. Component (Boshqarish obyektlari).| 2. Edit (Tahrirlash). 8. Database (Ma'lumotlar ombori). 3. Search (Qidiruv). 9. Tools (Uskunalar). 4. View (Ko‘rinish). 10. Window (Oynalar). 5. Proj ect (Loyiha). 11. Help (Yordam). 6. Run (Ishga tushirish). 3. Delphi uskunalar paneli va obyekt (kOmponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgaij bo‘lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi Uskunalar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo^lib, ularga yangilariiil qo‘shish, ba'zilarini olib tashlash mumkin. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallanganl turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarisl elementlari bo‘lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan. 3. Delphi oynalari. Delphining bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo‘lib, ularning bosh oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, ularrni yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Вu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlari» o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova оуnasi deb ataymiz. U bilan ishlash uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishifl o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi muhim oyna bu dastur kodi (aslida dastur matni) oynasi bo‘lib ilova oynasidagi o‘zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, bir ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirsak, dasturning buni amalga oshiradigan operatori uning matniga qo‘shiladi. Ilova oynasiga yangi boshqarish elementlari joylansa, bu elementlarni tavsiflovchi operatori avtomatik ravishda dastur matniga qo‘shiladi. Dastur kodi oynasida dasturchi qiladigan asosiy ish boshqarish elementlarini hodisalarga bog'langanida elementning bu hodisa ro‘y berganida dastur unga qanday javob berishi kerakligini ko‘rsatib berishdir, Bunda har bir hodisa uchun bitta protsedura yaratiladi va bu protsodura matnini yozish dasturchi zimmasiga yuklanadi. Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya'ni obyektlarning kerakli xossalari va usullaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning o‘nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir, Bu ishda Obyekt inspektorining o‘rni juda muhim. Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va qiymatlarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi. Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda unda foydalaniladigan obyektlar soni keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro‘yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar brauzeri deb ham ataladi. Obyektlardan biri ikkinchisini o1/ ichiga olishi mumkin. Shu sababli obyektlarning daraxtsimon (shoxlovchl) ro‘yxati eng qulay ro‘yxatdir. Delphida yana bir nechta asosiy va ko‘plab muloqot oynalari bo‘lib, ular bilan keyinroq, zarur bo‘lganda tanishamiz. 5. Delphida loyihalar yaratish va saqlash. Delphida yaratiladigan ilovalar proyektlar (loyihalar) deb ataladi va maxsus Projects papkasida saqlanadi. Ular Pascal da yaratilgan ilovalardan ancha murakkab bo‘lib, ill ami saqlash uchun bir nechta fayl kerak bo‘ladi. Pascalda yaratilgan dasturni saqlash uchun bitta fayl yetarli va unda yaratilgan barcha dasturlarni bitta papkada saqlash mumkin. Lekin Delphida bunday qilib bo‘lmaydi, chunki turli loyihalarning bir xil nomli fayllari birining o‘rniga ikkinchisini saqlab qo‘yadi. Natijada loyihalar noto‘g'ri ishlaydi va ular orasida nizolar kelib ehiqadi. Shuning uchun yangi loyiq bilan ishlashdan oldin bu loyiha uchun yangi papka yaratish lozim. Delphida mavjud loyiha asosida yangi loyiha yaratishda ham ehtiyoj bo‘lish kerak. Loyihaga o‘zgartirish kiritilishi bilan bu o‘zgarishlar loyiq fayllarida avtomatik tarzda saqlab qo‘yiladi va avvalgi loyihani qayta tiklashning iloji bo‘lmaydi. Shu sababli, mavjud loyiha asosida yangi loyiha yaratishdan oldin mavjud loyihani yangi nomli boshqa papkaga ko‘chirib olish kerak bo‘ladi. Delphi loyihalarini ilovalar deb atashga kelishib olamiz.
YODDA SAQLANGI Delphida yuzlab tayyor boshqarish obyektlari mavjud. 1. Delphini ishga tushirish va unda ilova yaratish. Delphini ishgea tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasigaj sichqoncha kursorini keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Bce программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Paydo bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. Natijada ro‘yxatda Delphiga oid so‘ngi bandlar hosil bo‘ladi. Ulardan [Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi Idarsda tasvirlangan Delphi dasturlash niuhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga O‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarlnl tanlasak, Delphi 7 ning yorlig'i paydo bo‘ladi va uni ishga tushirih osonlashadi. Agar menyuning Delphi 7 bandini sichqoncha bilan surib, ish stolining bo‘sh joyiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboramiz, yorliq ish stolida paydo bo‘ladi Delphida yangi ilova yaratish uchun uning asosiy menyusining File (Fayl) bo‘limining New (Yangi) bandini va hosil bo‘lgan yangi menyuning Application (Ilova) bandini tanlaymiz. Agar oldingi ilova saqlanmayan bo‘lsa, Delphi bu haqida ogohlantiradi va uni saqlab qo‘yishni taklif qiladi. Bunda eski ilovani saqlab qo‘yish yoki uni saqlamasdan yangi ilovaga o‘tish mumkin. 2. Delphida ilovani saqlash va yuklab olish. Delphida ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlarning barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan. Ular 3. Save 3. Save as ...
3. Save Project as .1. 3. Save All lardir.
Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug'i ilovani joriy nomi bilan saqlash uchun xizmat qiladi. Ikkinchisi yangi nomda saqlaydi. Uchinchisl ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi esa ilovaning barcha fayllarini saqlab uchun xizmat qiladi. 3. Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining asosffl xossalari bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalarning Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida uning o‘nga quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning boshqa yo‘li ham bor. Sichqonchani ilova oynasi (Forml) ustiga keltirib uning chap tugmasini bosamiz va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida kerakli! xossalarning qiymatini o‘zgartiramiz. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa bu oynada ko‘rinmasa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin. Ilova oynasining kengligini Width xossasiga 400 ni kiritib o‘zgartiramiz. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan tanlab, 400 sonini kiritamiz. Shunga o‘xshash, ilova oynasi balandligini Height xossasi yordamida 300 ga teng qilib olamiz. Bu amallarni qisqacha quyidagl ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng foydalanamiz: Foml. Width 400 ; Forml. Height: =300; Ilova oynasining sarlavhasini oldindan berilgan Forml dan Meningi birinchi ilovamga o‘zgartirish uchun Forml ..Caption: = vMenihg 'birihchi ilovam'<; ni bajaramiz. ‘ClAqua' yordamida ilova oynasi fonini havorangga o‘zgartiramiz. Forml Haft: =100 • f'1 ; va Forml. Top: =50 .„ „ xossalari yordamida ilova oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50 ga teng qilib o‘rnatamiz. Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushirish. Buning uch xil usuli bor. 3. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini tanlash. 3. Uskunalar panelidagi tugmasini bosish. 3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish, Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning o‘ng yuqori burchagidflgl К tugmani bosamiz. YODDA SAQLANG ! Forml - yaratilayotgan ilova oynasi bo‘lib, uning 50 dan ortiq ' xossalari bor.
1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joy lash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajannaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz. Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilira o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz. Uskunalar panelining standart jildida iovlashsan boshaarish tugmasini sichqoncha bilan tanlaymiz, keyin sichqonchani ilova oynasi Form1 ning boshqarish tugmasi turishi kerak bo‘lgan joyiga olib kelib yana bir marta bosamiz. Agar uning joyini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uni sichqoncha bilan surib boshqa joyga' o‘tkazamiz. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham о7, xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi, Dastlab boshqarish tugmasi: Buttonlni uning ustida sichqonchaniiig chap tugmasini bosib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri- (Object TreeYiew) da Buttonl ajralib turadi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida Buttonl obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. IJndfl dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini'++' ga o‘zgartiramiz. Bu oldingi darsda qabul qilingan kelishuvga ko‘ra quyidagicha yoziladi: Buttonl .Caption-:?. ' Tugma sarlavhasi ancha kichik bo‘lgani Uchun uni kattalashtiramiz. Buning uchun Font xossasidan foydalanamiz. Uni tanlaganimizda ekranda Шрифт muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Uning Размер maydonchasi ostidagi ro‘yxatdan 14 ni tanlab, OK tugmasini bosamiz: 8. Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog'lash. Button! tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin. Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan boslilanadi, Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. Uning kursor turgim joyiga Forml. Width: =Forml. Width+16; Fotttil. Height: =Forml. Height+9 ? satrlarni kiritamiz. F9 tugmasini bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning to‘g'ri ishlashini tekshirib ko‘ramiz. YODDA SAQLANG ! Ilovada Buttonl boshqarish tugmasi bosilganda TForml.Buttonl Click protsedurasi ishga tushadi va undagi operatorlar bajariladi. 3. Dasturlashning rivojlanish bosqichlarini sanab bering. 4. Zamonaviy dasturlash muhitlari haqida nimalar bilasiz? 5. Turbo Pascal da a) qiymat berish operatori; b) shartli operator qatnashgan dasturlar tuzing, 6. Turbo Pascal da a) tarmoqlanuvchi operator; b) sikl, opemlori qatnashgan dasturlar tuzing, 2. Delphi ning komponentalar panelida nimalar joylashgan? 3. Delphi ning ilova oynasi qanday vazifa bajaradi? 4. Delphi ilovalari Pascaldagi dasturlardan nimasi bilan farq qiladi? 5. Turbo Pascalda standart funksiya va protsedura qatnashgan ikkitl dastur tuzing. 6. Turbo Pascalda yangi funksiya va protsedura qatnashgan ikkiti dastur tuzing. 1, Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi? 9. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi? 10. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi? , 11. Delphida yangi ilova yarating. Unga to‘rtta boshqarish tugmasini kiriting. Ulardan birinchisini Yarat, UYGA VAZIFA. 1, Boshqarish tugmasining asosiy xossalarini yozib oling. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring
Savol SQL funksiyalari. Quyi so‘rovlar..... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring
UYGA VAZIFA
1. Form1 ga nom bering?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dasturlash muhiti. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi
|