• Ishonchlilik.
  • 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari




    Download 6,06 Mb.
    bet46/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum

    Sezgirlik. Agar releli himoyaning ishlash zonasi chegerasida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, u yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. Masalan, RH1, u himoyalaydigan AB (birinchi-asosiy) hududdagi shikastlanishni o‘chirishi kerak (1.6 - rasm) va bundan tashqari keyingi RH2 himoyalaydigan BC hududdagi (ikkinchi-zahira) qisqa tutashuvga ham yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. RH1 ni ushbu funksiyasi uzoqdan zahiralash deb nomlanadi. Agar ikkinchi hududda (RH2) qisqa tutashuv sodir bo‘lsa yoki Q2 uzgich buzilishi natijasida ishlamay qolsa bunday zahiralash lozim bo‘ladi. Shunday qilib, uzoqdan zahiralashga mo‘ljallangan releli himoya keyingi hududning (1.6 - rasm BC) oxiridagi qisqa tutavuviga ham sezgir bo‘lishi kerak.
    Reli himoyaning sezgirligi elektr energetika tizimining barcha rejimlarida, hattoki minimal rejimda ham yetarli darajada bo‘lishi kerak. Agar A elektrostansiyaning (1.6 - rasm) bitta generatori yoki bir necha generatori ishdan chiqsa bunday rejim sodir bo‘ladi.

    1.6 - rasm. Himoyaning ishlash zonalari.
    Ishonchlilik. Ishonchlilik talabi qo‘yidagidan iborat, rele himoyasi u o‘rnatilgan oraliq zonasida qisqa tutashuv bo‘lsa ishonchli ishlashi kerak va agar uning ishlashi ko‘zda tutilmagan holatlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak. Releli himoyaning ishlamay qolishi yoki noto‘g‘ri ishlashi iste’molchilarning elektr ta’minotiga qo‘shimcha buzilishlarni, ba’zida tarmoq ahamiyatiga molik avariyaga olib keladi. Masalan, K1 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa (1.7 - rasm) va RH1 ishlamasa RH3 ishlab ketadi, buning oqibatida qo‘shimcha ravishda II va III nimstansiyalar ham o‘chib qoladi, normal rejimda RH4 ning noto‘g‘ri ishlashi esa L4 EUL o‘chiradi va I-V nimstansiyalarning iste’molchilari ta’minotsiz qoladi.


    1.7 - rasm. Releli himoyani ishlamagan holatda qisqa tutashuv ni noselektiv o‘chirish.
    Rele himoyasi uskunasining ishonchliligi ularning sxemasini soddaligiga, rele, kontaktli birlashmalar, ularning elementlari sonini kamaytirish, qabul qilinadigan sxema va konstruksiya, rele, yarimo‘tkazgichli elementning soddaligi va ishonchliligi, yordamchi apparatura va montaj materiallarining sifatli tayyorlanganligi, montaj va kontaktli birlashmalarning sifatiga, bundan tashqari releli himoyaning sozligini davriy tekshirishga va ekspluatatsiya jarayoniga bog‘liq. Relili himoyaning ishonchliligi uchun uning sozligini avtomatik va testli tekshirish muhim ahamiyatga ega. Relili himoya elementlarini umumiy bajarilishi PUE va rele himoyasini bajarishga oid yo‘riqnomaga bo‘ysunadi.


    Download 6,06 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




    Download 6,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

    Download 6,06 Mb.