1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari




Download 6,06 Mb.
bet54/72
Sana14.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#230781
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
Elektr tarmoqlari. texnikum

2.Avtomatik uzgich turlari.
Sanoat korxonalari elektr ta’minotida AVM, “Elektron”, A 3700, AE – 200 va boshqa turdagi avtomatik uzgichlar qo‘llaniladi.
AVM turidagi avtomatik uzgichlar ikki va uch qutbli qilib tayyorlanadi. O‘rnatish usuliga qarab surilmaydigan va suriladigan bo‘ladi.
Bunday uzgichlarning maksimal o‘chirish qobiliyati o‘zgaruvchan tok uchun Iuzish, A=20kA ni, o‘zgarmas tok uchun Iuzish, A=30 kA ni tashkil qiladi. Avtomatik uzgich soat mexanizmi sozlanadigan maksimal elektr magnitli ajratgichga ega. Yuklama ortganda tokka teskari bog‘langan soat mexanizmi hosil qiladigan sabr vaqtli AVM–4s, AVM–10s va AVM–15s turidagi avtomatik uzgichlarda noldan 2Inom,A gacha, AVM–20s da –1.5Inom,A gacha o‘zgartiriladi.
AVM turidagi avtomatik uzgichlarni kommutatsiya qobiliyati past, u kimyoviy harakteristikasi rostlash imkoniyati yetarli bo‘lmagan tok va kuchlanishlar bilan chegaralangan. Bu kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida “Elektron” turidagi ikki va uch qutbli avtomatik uzgichlar ishlab chiqilgan. Ular 660 V o‘zgaruvchan va 400 V o‘zgarmas kuchlanishlarga, hamda maksimal tok ajratgichlarning toki 250 – 4000 A ga mo‘ljallangan. 172

A3700 turidagi avtomatik uzgichlar ikki va uch qutbli bo‘ladi va 160 – 630 A toklarga mo‘ljallangan. yaxshi himoya harakteristikalarini olish uchun uzgich tuzilishida yarim o‘tkazgichli himoya bloki ko‘zda tutilgan. U o‘lchov organidan signal oladi va o‘chirish komandasini elektr magnitli ajratgichga uzatadi. Uzgichlar tokni cheklovchi qilib bajariladi:


1. Yarim o‘tkazgichli va maksimal tokli elektr magnit ajratgichli uzgichlar (A37105 – A37405).
2. Maksimal tokli elektr magnit ajratgichli uzgichlar (A37115 – A37425).
Ikkala holda ham eletromagnit ajratgichda o‘rnatma toki 10Inom,aj ga teng.
AE – 1000 turidagi avtomatik uzgichlar bir qutbli 6, 10, 16, 20, 25 A nominal toklarga mo‘ljallangan issiqlik ajratgichli qilib bajariladi. Ularning asosiy vazifasi yoritish tarmoqlarini himoyalash.

6.5 – rasm. Tarmoqni avtomat uzgichlar yordamida himoyalash.

Download 6,06 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Download 6,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

Download 6,06 Mb.