|
-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish
|
bet | 57/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum39-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish.
Reja:
1.Asinxron motorning o‘ta yuklanishdan himoyasi.
2.Asinxron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoya
1.Asinxron motorning o‘ta yuklanishdan himoyasi.
Himoya odatda sabr vaqt harakteristikasi tokka qisman bog‘liq bo‘lgan tok relesi yordamida bajariladi (masalan induksion tok relesi RT- 80).
Himoyaning ishlash toki motorning nominal tokini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ihim.ish = Ks Inom ;
bu yerda Inom – motorning nominal toki;
Ks - sozlash koeffitsiyenti.
Bu himoya uchun Ks = 1.1 – 1.2 ga teng deb hisoblash mumkin.
Sabr vaqti topilayotganda ikki shartni bajarilishi hisobga olinadi:
- normal ishga tushirishda yoki o‘z-o‘zidan ishga tushishida ishlab ketmasligi;
- Chulg‘am qizib ketmasligi.
Odatda bular bir-biri bilan bog‘langan, ishga tushish va o‘z-o‘zidan ishga tushish vaqti 10-15 sekundni tashkil qiladi, shuning uchun tok relesining maxsus turlari kerak bo‘ladi.
6.2 – rasm. O‘zgaruvchan (a) va o‘zgarmas (b) operativ tokda ishlovchi sxemalar.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori katta quvvatli motorlar uchun differensial tokli himoya qo‘llaniladi.
2.Asinxron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoya
Vazifasi:
1) o‘ta muhim motorlarni o‘z – o‘zidan ishga tushish sharoitini ta’minlash;
2) texnologik jarayon va texnika xavfsizligi shartlarini ta’minlash uchun o‘z-o‘zidan ishga tushishi mumkin bo‘lmagan motorlarni o‘chirish.
Ish kuchlanishi: Tashqi q.t. o‘chirilgadan so‘ng o‘z – o‘zidan ishga tushishni va minimal kuchlanish relesini qaytarishni ta’minlash shartlari bo‘yicha:
Agar himoya muhim motorlarni o‘chirishi kerak bo‘lsa, unda qo‘shimcha ishga tushirish organi V ko‘zda tutiladi:
Himoyani bajarilishiga bir necha misollar keltirish mumkin. Sxema
variantlari bir nechta, har biri o‘zini xususiyatlariga ega.
Unom = 6kV bo‘lgan muhim motorlar uchun himoya sxemasini ko‘rib
chiqamiz.
6.2-rasmda sxemaning ikki varianti keltirilgan. Ular bir – biridan kuchlanish
zanjiri (kuchlanish transformatori) buzilganda noto‘g‘ri ishlab ketishi oldini olish
bilan farq qiladi. a) – sxemada buning uchun uchta minimal kuchlanish relelari
ishlatiladi: KV-1 KV-3; b) – sxemada teskari ketma – ketlik kuchlanish filtridan
FNOP ta’minlanadigan maksimal kuchlanish relesi KV-1.
Himoya sxemasi ikki pog‘onadan iborat:
Birinchi pog‘ona: a) KV-1 KV-3 va KT6
b) KV2 va KT4
Bu pog‘ona o‘ta Muhim motorlarning o‘z – o‘zidan ishga tushishini
engillashtirish maqsadida Muhim bo‘lmagan motorlarni o‘chirish uchun xizmat
qiladi.
Ikkinchi pog‘ona: a) KV 4 va KT 5
b) KV 3 va KT 5
Bu kuchlanish uzoq yo‘qolganda muhim motorlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan
|
| |