• 2.Sinxron motorlar himoyasi
  • -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish




    Download 6,06 Mb.
    bet58/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum

    40-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish.
    Reja:
    1.Motorlarning differensial tokli himoyasi
    2.Sinxron motorlar himoyasi
    1.Motorlarning differensial tokli himoyasi
    2. Motorlarning differensial tokli himoyasi.
    Quvvati katta bo‘lmagan motorlarda differensial tokli himoya odatda ikkita tok relesi bilan ikki fazali qilib bajariladi. Bunda sezgirlik yetarli darajada yuqori bo‘ladi:

    Himoyaning ishlash toki I him=(1.5-2)*I nom ga teng qilib olinadi.
    Himoyaning sezgirligini oshirish uchun differensial zanjirda to‘yingan tok transformatorli tok relesi qo‘llaniladi.
    Katta quvvatli motorlar uchun (5000 kVt va undan yuqori) differensial himoya uch fazali qilib bajariladi.
    Betaraf nuqtasi yerdan izolyasiyalangan tarmoqlar uchun nol ketma-ketlik himoya nol ketma-ketlik toklari filtriga ulanadi. U odatda nol ketma-ketlik tok transformatori yordamida bajariladi va motor ulangan kabellarda o‘rnatiladi. Himoya sabr vaqtsiz o‘chirishga ta’sir etadi.
    2.Sinxron motorlar himoyasi
    Shikastlanish turlari:
    1) ko‘p fazali qisqa tutshuvlar;
    2) bir fazali qisqa tutshuvlar (380 V tarmoqlarda);

    Ulardan himoya sabr vaqtsiz qilib bajariladi. Sinxron motorlardagi 1 fazali qisqa tutshuvlardan himoya asinxron motorlar himoyasiga o‘xshab bajariladi va himoya o‘chirishga ta’sir etadi.


    Nonormal ish rejimlari quyidagilardan iborat:
    3) yuklamani ortishi;
    4) uzoq davom etadigan ishga tushish;
    5) asinxron rejim.

    6.3 – rasm. Katta quvvatli motorning differensial himoyasi.
    Sinxron motorlarni yuklama ortishidan himoyasi AD himoyasiga o‘xshab bajariladi. Sinxron motorni sinxronizmdan chiqib ketishi oqibatida asinxron rejim sodir bo‘ladi. Bu quyidagilar natijasida bo‘lishi mumkin:
    6) tarmoqdagi kuchlanish pasayishi;
    7) qo‘zg‘atish tokini kamayishi;
    8) yuklamani ortishi natijasida.
    Sinxron motor uzoq asinxron rejimga mo‘ljallanmagan. Shuning uchun asinxron rejimdan himoya o‘rnatiladi.
    Muhim bo‘lmagan motorlarda himoya o‘chirishga ta’sir etadi.
    O‘ta Muhim motorlarda himoya resinxronlash qurilmasiga, avtomatik yuk tushirish yoki o‘chirishga ta’sir etadi. Sinxron motorlarning himoya turlari asinxron motorlarnikiga o‘xshagan bo‘ladi.
    Sinxron motorni asinxron rejimdan himoyalash sxemalari:
    a) o‘zgarmas operativ tokda
    b) o‘zgaruvchan operativ tokda bajariladi.
    Asinxron rejimda stator cho‘lg‘amida vaqt bo‘yicha pulsatsiyalanadigan tok IDV oqib o‘tadi. Uning maksimal qiymati motorning nominal toki IDV,NOM dan bir necha barobar katta. Bu tok himoya ishi uchun ishlatilishi mumkin. Shu maqsadda induksion tok relesi qo‘llaniladi.
    IDV toki ta’sirida ushbu relening qo‘zg‘aluvchan qismi sekin – asta harakatlanishi mumkin, IDV kamayganda u boshlang‘ich holatiga qayta olmaydi. Buning uchun RT – 80 relesi yordamidagi himoyaning ishlash toki IDV,MAX>3 Ixish ga ega bo‘lishi kerak.
    KA3 relesi o‘zini ushlab turuvchi KL4 orqali ta’sir etadi.
    Tokli himoya turli tok relelari yordamida bajarilishi mumkin:
    9) sekinlashtirishsiz rele KT3;
    10) KL4 – qo‘yib yuborilganda kechikish bilan KL5 relega.
    KL – kechikish bilan qaytarilgandagi oraliq relesi



    Download 6,06 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




    Download 6,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish

    Download 6,06 Mb.