• 2.Avtomatik ulash.
  • -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish




    Download 6,06 Mb.
    bet59/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum

    41-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish.
    Reja:
    1.Elektr tizimining avtamatikasi.
    2.Avtomatik ulash.
    3.Avtomatik qayta ulash (AQU).


    1.Elektr tizimining avtamatikasi.
    Elektr tizimi iste’molchilarining ishonchli va uzluksiz elektr ta’minoti releli himoya bilan bir qatorda shikastlanishga qarshi avtomatika sistemasi bilan ham ta’minlanadi. Ulardan asosiysi quyidagilar:
    - zaxiradagi ta’minot manbani avtomatik ulash (ZAU);
    - qisqa tutshuvda rele himoyasi bilan o‘chirilgan liniya, transformator va shinalarni avtomatik qayta ulash (AQU);
    - avtomatik chastotali yuksizlantirish (ACHT);


    2.Avtomatik ulash.
    Elektr energiyasi ta’minotida uzilishi mumkin bo‘lmagan birinchi kategoriya iste’molchilari zaxirali manba bilan ta’minlanishi kerak.
    Zaxirali ta’minot manbani avtomatik ulash (ZAU) qurilmasi elektr stansiyalarida, hamda ikki va undan ortiq liniya yoki transformator bilan ta’minlangan tarmoq podstansiyalarida keng qo‘llaniladi. Elektr stansiyalarida ZAU qurilmasi o‘ta Muhim mexanizmlarning elektr motorlari (ta’minlash nasosi, tutun so‘rgich va boshqalar) ulanganda ishlatiladi.
    ZAU qurilmasi ikki qismdan iborat. Birinchi qismga ishchi ta’minot manbasi himoyasini to‘ldiruvchi minimal kuchlanish himoyasi kiradi. Bu himoya ZAU qurilmasini ulaydi. Iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash to‘xtatilgan barcha hollarda ishchi ta’minot manbasini o‘chirilishini ta’minlaydi.
    Ikkinchi qismga ishchi manba uzgichi o‘chirilganda zaxira ta’minot manbasini avtomatik ulanishini ta’minlovchi ulash avtamatika kiradi.
    Taqsimlovchi uskuna ishchi liniya bo‘yicha normal ta’minlanadi,(7,1) uning uzgichi V1 ulangan. Zaxiradagi liniya uzgichi V2 normal o‘chirilgan.V2 uzgich 2 yukli yuritma bilan ta’minlangan. V2 uzgichni 3 yukni tushirish yo‘li Bilan ulash mumkin. Uzgich qo‘l bilan yoki Masofali (masofada) ulanadi.Bunda yuritma richagini ozod etuvchi maxsus ulash chulg‘amzanjiri tutashtiriladi.
    Ko‘rsatilayotgan sxemda ZAU qurilmasi zaxirali liniyada o‘rnatilgan TN2 kuchlanish transformatoridan ta’minlanadi.
    V1 uzgich o‘chirilganda uning yuritmasidagi 1-blok-kontakti tutashadi, natijada ikkinchi yukli yuritma-g‘altak cho‘lg‘amida tok paydo bo‘ladi; g‘altak o‘zakni tortadi va 3 yukni ozod etadi, u esa og‘ib uzgich yuritmasi o‘qini buradi va V2 uzgichni ulaydi, bunda zaxira liniyadan uskuna ta’minoti tiklanadi.
    Sxemada uskunaning yig‘ma shinasida kuchlanish yo‘qolganda ZAU ni ishga tushirishni ta’minlovchi minimal kuchlanish relesi (N<) ko‘zda tutilgan, agarda V1 uzgich ulangan bo‘lsa, bunda 5 va 4 rele ishga tushadi, V1 uzgich o‘chadi, V2 esa ulanadi.
    TN1 kuchlanish transformatori saqlagichlar yordamida himoyalanganda avtomatik qurilmaning noto‘g‘ri harakati bo‘lmasligi uchun 2 ta kuchlanish relesi o‘rnatiladi, ularning cho‘lg‘amlari har xil fazalarga ulanadi, kontaktlari esa ketma-ket ulanadi.
    ZAU qurilmasi ishga tushganda iste’molchilar ta’minotidagi uzilish vaqti himoyaning harakati vaqtlari yig‘indisidan tashkil topadi. Bular uzgichning ishchi manbadan o‘chirish va zaxira ta’minot manbasi ulash vaqtlaridir. Tez harakatlanuvchi rele himoya, uzgich va yuritmalar uchun bu vaqt 0,4-0,5 s tashkil etadi.



    Download 6,06 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




    Download 6,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish

    Download 6,06 Mb.