|
-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash
|
bet | 67/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum49-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash.
Reja:
Elektr motorlarga xizmat ko‘rsatish.
Motorlarning harorati rejimini tekshirish.
Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish.
1.Elektr motorlarga xizmat ko‘rsatish.
Elektr motorlarni uzoq muddatga ishga yaroqli holatda saqlash uchun ta’mirlar oralig‘ida ularga texnik xizmat ko‘rsatish katta ahamiyatga ega. Uning vazifasiga motorning harorati rejimini, uning cho‘tkalari kontakti, kollektori va kontakt halqalarining ahvolini, vibratsiyani, podshipniklar ahvolini va ularda moy borligini kuzatish kiradi.
Ishchi mexanizm va mashinalarning ishlashi davomida navbatchi xodim ularning motorlarini bir marta ko‘zdan kechirib chiqadi va motorni chang hamda iflosliklardan tozalaydi, bunda u ish rejimi og‘ir bo‘lgan (tez-tez ishga tushiriladigan va to‘xtatiladigan, mexanizmi o‘qiga katta yuklanish tushadigan, atrof-muhit harorati yuqori bo‘lgan) motorlarga alohida ahamiyat beradi.
Elektr mashinalarning davomli normal ishlashini ta’minlash maqsadida vaqti-vaqti bilan tarmoqdan o‘chiriladi, xodim mashinani siqilgan havo bilan tozalaydi, podshipniklarda moy bor-yo‘qligini tekshiradi, kollektor va kontakt halqalarini tozalaydi, cho‘tka tutqichlarining ishini, izolatsiya ahvolini tekshiradi va zaminlovchi qurilmalarni ko‘rib chiqadi, cho‘tkalarni neytral holatga o‘rnatadi va shamollatish kanallarini tozalaydi.
2.Motorlarning harorati rejimini tekshirish.
Izolatsiyalovchi materialning klassiga qarab, atrof-muhit harorati 40°C ligida motorlar uchun ruxsat etilgan haroratlarning oshish chegarasi turlicha (60 dan 125°C) bo‘ladi.
Elektr motorlarning qizib ketishi birinchi navbatda chulg‘amlarning izolatsiyasi uchun xavflidir, chunki bu holda ularning ishlash muddati qisqaradi, ba’zan esa elektr mashinalar batamom ishdan chiqadi.
Motorning qizishi yuklanish va ish rejimiga bog‘liq. Qizib ketishning asosiy sababi, motorlarning tok bilan o‘ta yuklanishidir. Bu hodisa uzoq muddatli rejimda o‘zgaruvchan tok motorlari uchun stator zanjiridagi, o‘zgarmas tok motorlari uchun yakor zanjiridagi tokni nazorat tarzda o‘lchab ko‘rib aniqlanadi.
Qisqa muddatli takrorlanuvchan rejimda ishlaydigan motorlarda tok doimo o‘zgarib turadi, shuning uchun ularning yuklanishini shchitga o‘rnatilgan o‘lchov asboblar yordamida emas, balki maxsus asboblar (ossillograflar) yordamida tokning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi diagrammasi olinadi va uning asosida mexanizmning ish sikli uchun tokning ekvivalent qiymati aniqlanadi.
Yuklanish normal bo‘lganda motorning qizib ketishiga uning yomon sovitilishi (ventilator qanotlarining shikastlanishi, shamollatish kanallari va tuynuklarning to‘lib qolishi) yoki atrof-muhit harorati 40°C dan ortib ketishi sabab bo‘lishi mumkin.
Quvvati 100 kVt va undan kam bo‘lgan motorlarning qizish darajasi termometr bilan aniqlanadi. Termometr bo‘lmaganda motorning qizish darajasi odatda qo‘lni tekkizib tekshiriladi. Agar u juda issiq bo‘lsa, ko‘chma, yaxshisi spirtli termometr bilan o‘lchanadi, chunki u magnit maydon ta’sirida xatoga yo‘l qo‘ymaydi. Termometrning aktiv qismi aluminiy folga bilan zich qilib o‘raladi va motor sirtidagi o‘lchanadigan joyga siqib qo‘yiladi, ustidan esa izolatsiyalangan joyi issiqlikni izolatsiyalovchi paxta bilan o‘raladi.
|
| |