Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish




Download 6,06 Mb.
bet68/72
Sana14.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#230781
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Elektr tarmoqlari. texnikum

3.Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish.
O‘zgarmas tok mashinalari. O‘zgarmas tok motorlarining yaxshi ishlashi ko‘p jihatdan yakor chulg‘amlarining hamda asosiy (bosh) va qo‘shimcha qutblarda joylashgan chulg‘amlarning to‘g‘ri ulanishiga bog‘liq.
O‘zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarida parallel, ketma-ket va mustaqil uyg‘otish chulg‘amlari, qo‘shimcha qutblarda esa asosiy ketma- ket uyg‘otish va yordamchi parallel yoki mustaqil uyg‘otish chulg‘amlari joylashtirilgan.
8.3-jadvalda Davlat standartlarida qabul qilingan o‘zgarmas tok mashinalari chulg‘amlari chiqish uchlarining tegishli shartli belgilanishlari keltirilgan.



Elektr motorlar vazifasiga qarab turli ulash sxemalariga ega (8.5-rasm). Yakor chulg‘amining boshi Ya1 har doim musbat qutbli cho‘tkalarga ulanadi.


Chulg‘amlarning (yakor, qo‘shimcha qutblar chulg‘amlari va kompensatsiyalovchi chulg‘amlarning) bir-biriga nisbatan to‘g‘ri ulanganini tekshirish motor yaxshi ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega.
Yakor va qo‘shimcha qutblar QQ chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini tekshirishda (8.6-a rasm) yakor va qutblar magnit oqimlarining yo‘nalishi aniqlanadi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Yakor bilan qutblar orasidagi havoli tirkishga millivoltmetrga ulangan ko‘p sonli o‘ramlari bo‘lgan yassi g‘altak qo‘yiladi. Keyin yakor chulg‘amini manbaga ulab, undan nominal tokdan ko‘pi bilan 10% ga ortiq bo‘lgan tok o‘tkaziladi va zanjirni uzib, millivoltmetr milining og‘ish yo‘nalishi kuzatiladi. Shundan so‘ng g‘altaklarni havo tirqishidan olmasdan, 8.5-b rasmda keltirilgan qutblilikka rioya qilgan holda QQ chulg‘amiga tok beriladi. QQ chulg‘ami zanjirini uzib, millivoltmetr milining og‘ishi kuzatiladi. Agar mil yakor zanjirini uzgandagi og‘ishiga nisbatan qarama-qarshi tomonga og‘sa, yakor va qo‘shimcha qutblar chulg‘amlari to‘g‘ri ulangan bo‘ladi.
Kompensatsiyalovchi chulg‘am KCH va qo‘shimcha qutblar QQ ning (8.7-rasm) to‘g‘ri ulanganini tekshirishda ularning magnit oqimlarining yo‘nalishi aniqlanadi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Ko‘rib chiqilayotgan chulg‘amlar to‘g‘ri (mos) ulanganda KCH ni past kuchlanishli o‘zgarmas tok manbayiga qisqa muddatli ulanganda millivoltmetr PV ning mili o‘ngga, uzganda esa chapga suriladi.
Yakor chulg‘amining uzilishga va qisqa tutashishga tuzukligi chulg‘am seksiyalarining qarshiligini o‘lchash bilan tekshiriladi (8.8-rasm). Kollektor cho‘tkalarini ko‘tarib, ikkita plastina orqali tok o‘tkaziladi va kuchlanishning pasayishi millivoltmetr bilan o‘lchanadi. Chulg‘amda uzilish yoki qisqa tutashish bo‘lsa, o‘lchangan qarshilik boshqa seksiyalar qarshiligidan ancha farq qiladi.
O‘zgaruvchan tok mashinalari. O‘zgaruvchan tok mashinalari statorining chulg‘ami asinxron va sinxron elektr motorlarda bir xil belgilanadi. Stator chulg‘amlari ochiq, yulduz va uchburchak sxemalarida (8.9-rasm) ulanishi mumkin. Bu sxemalarda quyidagicha belgilashlar ko‘zda tutilgan (8.4-jadval):

Asinxron motorlarchulg‘amlari chiqishuchlarining belgilanishi




Stator chulg‘amlarini ochiq sxemada ulash eng ko‘p tarqalgan. Odatda, motor pasportida ikki xil kuchlanish ko‘rsatiladi: 220/380 va 380/660 V. Ta’minlovchi tarmoqning vazifasiga qarab, chulg‘amlardan chiqarilgan oltita sim chulg‘amlarni osongina yulduz usulida ulash (buning uchun C1, C2 va C3 uchlar o‘zaro tutashtiriladi) yoki uchburchak usulida ulash (buning uchun mos holda C1 — C6, C2 — C4 va C3 — C5 uchlar o‘zaro tutashtiriladi) imkonini beradi (8.9-a rasm). Masalan, 220/380 Vkuchlanishga mo‘ljallangan motorlar statorining chulg‘amlari 380 Vli tarmoq uchun yulduz usulida va 220 Vli tarmoq uchun uchburchak usulida ulanishi mumkin.
Stator chulg‘amida belgi bo‘lmasa, o‘zgaruvchan tok mashinalari chulg‘amlarining uchlari to‘g‘ri ulanganini tekshirish kerak (8.10-rasm).
Ta’minlovchi manba (akkumulator yoki quruq element) fazalardan biriga almashlab ulagich yordamida ulanadi (8.10-a rasm), boshqa fazalarning chiqish uchlariga esa voltmetr PVni shunday ulash kerakki, bunda ta’minlovchi manbadan kuchlanish berilganda asbob mili o‘ngga surilsin. Bu holda batareyaning «musbat» va voltmetrning «manfiy» fazalarining bir xil nomli chiqish uchlariga ulanadi.
Chiqish uchlari belgilarining to‘g‘riligi fazalarni juft-juft qilib ulash bilan ham tekshiriladi. Ikkita ketma-ket ulangan chulg‘amlar yoki fazalar ta’minlovchi manbaga, uchinchisi esa voltmetrga ulanadi. Agar birinchi ikkita chulg‘am bir xil nomli chiqish uchlariga ulangan bo‘lsa (8.10-b rasm), batareya ulanganda voltmetr mili og‘maydi.

Download 6,06 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Download 6,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish

Download 6,06 Mb.