|
-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash
|
bet | 71/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum51-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash.
Reja:
Stator chulg‘amlarini ta’mirlash.
Yakor chulg‘amlarini ta’mirlash
1. Stator chulg‘amlarini ta’mirlash
Stator chulg‘amlari alohida g‘altaklarining shablonlarini hozirlash bilan stator chulg‘amini ta’mirlash boshlanadi. Ta’mirlanayotgan elektr mashinaning ishdan chiqqan chulg‘amlari o‘lchamlari asosida almashtirilishi zarur bo‘lgan g‘altaklarning o‘lchamlari aniqlanadi. Elektr mashina chulg‘amlarining bir qismi ishdan chiqqan holdagina bu usul bilan g‘altaklarning o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Agar elektr mashina chulg‘ami deyarli butunlay yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, u holda buusuldan foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda ta’mirlanishi kerak bo‘lgan elektr mashina chulg‘amlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar katalog va ma’lumotnomalarda topilmasligi mumkin, u holda g‘altaklarning o‘lchamlarini murakkab bo‘lmagan hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.
G‘altak yoki g‘altaklar guruhini o‘rashdan oldin ta’mirlanayotgan elektr mashinaning chulg‘ami va unga oid hisob-kitoblar bayonnomasi bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqilishi lozim.
Hisob-kitoblar bayonnomasida elektr motorning quvvati, nominal kuchlanishi va rotorining aylanish tezligi; chulg‘amning turi va konstruktiv xususiyatlari; g‘altakdagi o‘ramlar soni va o‘ramlarning o‘zidagi o‘tkazgichlar soni; chulg‘am simining markasi va diametri; guruhdagi g‘altaklar soni; g‘altaklarning ulanish ketma-ketligi; qo‘llanilgan izolatsiyaning isishga chidamlilik klassi, shuningdek, boshqa bir qancha chulg‘amni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Stator ariqchasini simlar bilan to‘ldirish koeffitsiyenti 0,7—0,75 oraliqdagi qiymatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ikki qatlamli chulg‘amlarning g‘altaklari shablonda qanday yig‘ilgan bo‘lsa, shundayligicha o‘zak ariqchasiga guruhlar bo‘yicha joylashtiriladi. G‘altaklarni ariqchalarga joylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi. Simlarni bir qatlam qilib taqsimlanadi va ariqchaga taqalgan g‘altakning tomonlari ariqchaga yotqiziladi; g‘altakning boshqa tomoni, toki chulg‘am qadami oralig‘idagi g‘altaklarning pastki tomonlari ariqchalarga joylashtirilmaguncha, ariqchalarga joylashtirilmay turiladi. Keyingi g‘altaklarning pastki va ustki tomonlari bir paytning o‘zida ariqchalarga joylashtirilib boriladi. G‘altaklarning yuqori va pastki tomonlari orasidagi ariqchalarning ichiga elektrokartondan yasalgan skoba shaklida bukilgan izolatsion qatlamlar joylashtiriladi, chetki qismlari orasiga lakotkan qo‘yiladi (8.14-rasm).
Kuchlanishi 500 Vgacha bo‘lgan normal muhitda ishlaydigan elektr mashinalar chulg‘amlarining chetki qismlari izolatsiyasi taftyan lentalardan tayyorlanadi. G‘altaklar guruhining har bir g‘altagi o‘zak chetidan boshlab, quyidagi ketma-ketlikda taftyan lenta bilan o‘raladi: avval ariqchadan chiqib turgan izolatsiyali gilza qismi lenta bilan o‘raladi, keyin g‘altakning egilgan qismigacha o‘raladi, so‘ngra lenta yelimli tarkib bilan biriktiriladi. G‘altakli guruhning kallak o‘rtasini umumiy qatlamli kiperli lenta bilan tig‘iz qilib o‘raladi. Lentaning oxirgi uchi kallakka yelimli tarkib bilan yelimlanadi. Ariqchaga joylashtirilgan chulg‘amning simlari chiqib ketmasligi uchun, ariqchaning ochiq qismi ponalar bilan berkitiladi. Ponalar, asosan, buk
(qoraqayin) yoki qarag‘ay yog‘ochdan tayyorlanadi. Ponalar mos qalinlikda boshqa izolatsion materiallardan, jumladan, tekstolit yoki getinakslardan ham tayyorlanadi.
Ponalar kichik va o‘rta quvvatli mashinalarni ng o‘zak ariqchalariga bolg‘a va yog‘och moslamalar yordamida qoqib kirgiziladi. Stator ariqchalariga g‘altaklar joylashtirilib va chulg‘amlar ponalab bo‘lganidan so‘ng chulg‘amning ulanish sxemasi tuziladi. Agar faza chulg‘amlari alohida g‘altaklardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda chulg‘amning ulanish sxemasini g‘altaklar guruhi g‘altaklarini ketma-ket ulashdan boshlanadi.
Chiqish uchlari paneliga yaqin joydagi ariqchalarda joylashgan g‘altaklar guruhining chiqish uchlari fazaning boshlanish uchlari deb qabul qilinadi. Har bir fazaning g‘altaklar guruhlari uchlari ulanadi, chiqarish uchlari izolatsiyadan tozalanib va egib stator korpusiga chiqarib qo‘yiladi.
Chulg‘amning ulanish sxemasi yig‘ilganidan keyin fazalararo hamda fazalar bilan korpus orasidagi izolatsiyaning elektr mustahkamligi tekshiriladi.
|
| |