|
-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash
|
bet | 69/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum50-mavzu: Elektr dvigatellarni montaj qilish, sozlash.
Reja:
Elektr matorlarni ta’mirlashga tayyorlash.
Elektr matorlarni qismlarga ajratish
1. Elektr matorlarni ta’mirlashga tayyorlash.
Ta’mirlash ishlarining hajmi va tavsifi mashinani ko‘zdan kechirib, ta’mirdan oldingi sinovlar va qismlarga ajratish jarayonida, shuningdek, alohida qismlarini ko‘zdan kechirib aniqlanadi.
Ko‘zdan kechirish oldidan mashina kir va changlardan tozalanadi, tashqi sirti, chulg‘amlari, kontakt halqalari, kollektorlari va qo‘l yetadigan boshqa qismlari siqilgan havo bilan tozalanadi.
Odatda, but mashinalar, ya’ni barcha yig‘ish birliklari bor bo‘lgan mashinalar ta’mirlash uchun qabul qilinadi. Korpusi yoki podshipniklar to‘sig‘i singan, ikkitadan ortiq panjasi bo‘lmagan kichik va o‘rta quvvatli elektr mashinalar ta’mirlash uchun qabul qilinmaydi. Bunday mashinalarni ta’mirlashdan ko‘ra yangisi bilan almashtirish iqtisodiy jihatdan ma’qul variantdir.
Mashinaning mexanika qismi tuzuk va qismlarga ajratishdan avval chulg‘amlarini qayta o‘ramasdan ta’mirlash mumkin bo‘lgan hollarda mashina ta’mirdan oldin 30 min davomida salt yurgizib sinab ko‘riladi. Motorni tarmoqqa ulashdan oldin rotorining erkin yo‘li, podshipniklarda moy borligi tekshiriladi, izolatsiyaning qarshiligi o‘lchanadi va elektr mustahkamligi sinab ko‘riladi.
Ta’mirlashdan oldin salt yurgizib sinashlar vaqtida uch fazali motorlar fazalaridagi tok, titrashlar o‘lchanadi, mashina mexanika qismining ahvoli, podshipniklarining qizish darajasi, cho‘tka-kollektorli apparatning ishlashi va boshqa qator ishlar bajariladi.
Qismlarga ajratish jarayonida havoli tirqish, podshipniklardagi havoli tirqishlar, kontakt halqalari, cho‘tka tutqichlarining yeyilishi darajasi o‘lchanadi. O‘lchangan havoli tirqish o‘lchamlari kataloglardagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
Asinxron motorlardagi havoli tirqishlarni o‘lchashga katta e’tibor beriladi. Stator va rotor oralig‘idagi havoli tirqishning kattalashuvi mashinaning quvvat koeffitsiyenti, FIKva quvvatning kamayishiga olib keladi. Motorning bu tirqishi 25% dan ortiq kattalashgan bo‘lsa, u holda bu motor ta’mirlash uchun qabul qilinmaydi.
Agar mashinaning podshipnikli to‘siqlarida teshiklar bo‘lmasa, havoli tirqishlar mashina qismlarga ajratilganidan so‘ng o‘lchanadi. Dumalash podshipniklaridagi radial havoli tirqishlar mashinaning o‘qi gorizontal holatdaligida tashqi halqaning yuqori nuqtasida dumalash jismi bilan ana shu halqaning dumalash yo‘lakchasi orasiga shchup tiqib o‘lchanadi.
Vkladishlari ajralmaydigan sirpanish podshipniklaridagi o‘q bo‘yni bilan vkladish orasidagi yuqorigi havoli tirqish ham shchup bilan o‘lchanadi, buning uchun shchup imkoni boricha vkladishning butun uzunligicha o‘lchanadi. Yon havoli tirqishlar ham o‘lchanadi, u yuqori qismdagi havoli tirqishning yarmisidan katta bo‘lmasligi kerak.
Mashina qismlarga ajratilgach, uning ta’mir qilinadigan qismlari yuvib tozalanadi va sinaladi, ularning har biri uchun ta’mir ishlari hajmi va mazmuni aniqlanadi hamda yaroqli-yaroqsizga ajratish kartasi tuziladi. Ayni karta asosida ta’mirning marshrut texnologik kartasi tuziladi. Ta’mirdan oldin nosozliklar va shikastlangan joylarni aniqlash ishlari yaroqli-yaroqsizga ajratish deyiladi.
Agar kollektorlar va kontakt halqalari yo‘l qo‘yilganidan ortiq yeyilgan bo‘lsa, ular almashtiriladi.
Qayta o‘rash kerak bo‘lgan stator ariqchalaridan chulg‘amni chiqarib olishni osonlashtirish uchun izolatsiyasi kuydiriladi. Stator zich qilib berkitilgan elektr pech ichiga joylanadi va u yerda 4—6 soat qoldiriladi. Agar stator pechga sig‘masa, chulg‘amini pasaytiruvchi transformatordan kelayotgan tok bilan qizdirib izolatsiyasi kuydiriladi. Bu holda o‘zakning haroratini diqqat bilan nazorat qilib turiladi, u 400°C dan oshmasligi lozim.
|
| |