|
Elektr matorlarni qismlarga ajratish
|
bet | 70/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum2.Elektr matorlarni qismlarga ajratish
Elektr mashinalarni ta’mirlash davomida deyarli hamma vaqt ularni batamom yoki qisman qismlarga ajratishga to‘g‘ri keladi. Mashinalarni kapital ta’mirlash vaqtida tarkibiy qismlarini qismlarga ajratish, yana yig‘ish va rostlash hamda ta’mirdan chiqqan mashinani sinashga jami ta’mirlash vaqtining 30% ga qadari sarflanadi. Mashinalarning ta’mirda bo‘lish vaqtini qisqartirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun yig‘ish-qismlarga ajratish ishlari aniq tashkil qilinishi hamda eng yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilishi zarur.
Boltlar, gaykalar va vintlarni burab kiritish hamda chiqarish uchun elektr gayka buragichlar va elektr shurup buragichlar ishlatiladi. Elektrlashtirilgan asboblar (elektr parmalash mashinalari, elektr gayka buragichlar, elektr shurup buragichlar va h.k.) mos ravishda 50 va 200 Hz chastotali 220 va 36 Vo‘zgarmas tok kuchlanishiga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
Juda tig‘iz qilib biriktirilgan detallarni olish uchun katta kuch talab etiladi.
Shkivlar, yarimmuftalar, vtulkalar, podshipniklar valdan vintli ajratkichlar yordamida presslab chiqariladi. Detallarni ajratib olishni osonlashtirish maqsadida ularning konstruksiyasida maxsus elementlarni o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan. Masalan, vtulkalarning tashqi yuzasida ajratkich panjalariga moslab aylana ariqcha o‘yiladi. Ventilatorlar vtulkalarida shpilkalar burab kiritish uchun rezbali teshiklar ochiladi. Podshipnik to‘siqlarining flanesli qismida, korpusga tegib turadigan joyida, qismlarga ajratish vaqtida boltlar burab kiritiladigan rezbali teshiklar ochiladi. Diametral qarama-qarshi nuqtalardagi boltlarni navbati bilan aylantirib, to‘siq korpusdan ajratiladi.
Qismlarga ajratishda ishlarni zarbsiz va asbob hamda detallarni urintirmasdan, muayyan izchillikka amal qilgan holda bajarish kerak. Buning uchun avval mashinaning yig‘ish chizmasini o‘rganib chiqish asosida qismlarga ajratish rejasini tuzib olish lozim.
Qismlarga ajratish jarayonida vallarning podshipniklarga mo‘ljallangan bo‘yinlarini, kollektorlar, cho‘tkalar, ventilatorlar va chulg‘amlarni shikastlanishdan ehtiyot qilish zarur. Sinib qolmasligi uchun ventilatorni ajratkich bilan yupqa diskidan ushlamaslik darkor. Bu maqsadda vtulka chetidagi aylana o‘yiqchalar va rezbali teshiklardan foydalanish lozim. Ventilatorning o‘rnatilish qiyaligi o‘zgartirilganda rotorning muvozanati buzilishi mumkin. Shu sababli, agar u valga shponkasiz o‘tqazilgan bo‘lsa, qismlarga ajratishdan avval uning qiyaligini val va gupchakka belgi chiziqlar chizib yoki kerner yordamida belgilab olish kerak.
Elektr birikmalarni qismlarga ajratayotganda zarur bo‘lsa, ularning ajratilgan uchlariga maxsus belgili birkalar osib qo‘yiladi, ular keyin sxemani to‘g‘ri yig‘ishga yordam beradi.
|
| |