Avtomatik qayta ulash (AQU)




Download 6,06 Mb.
bet60/72
Sana14.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#230781
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
Bog'liq
Elektr tarmoqlari. texnikum

3.Avtomatik qayta ulash (AQU).
Havo elektr uzatish liniyalarida aksariyat qisqa tutshuvlar momaqaldiroqli razryad, qushlar simlarning har xil fazalarni tutashtirishi, simlarning o‘ralashib ketishi va boshqalar natijasida sodir bo‘ladi. Tajribasi ko‘rsatadiki, havo tarmoqlarida Shunga o‘xshash tutshuvlarning aksariyat qismi qisqa vaqtli harakterga ega, chunki shikastlangan qism o‘chirilgandan so‘ng tutshuv joyidagi izolyasiya ko‘p holda tiklanadi va liniya yana ishga ulanishi mumkin.
Ko‘p hollarda qisqa tutshuvlar transformator podstansiyalarida izolyasiyalarni yoki yuqori kuchlanish saqlagichlarining izolyasiyalarini tutashib qolishi natijasida sodir bo‘ladi va u ham qisqa vaqtli xususiyatga ega. Qisqa tutshuvdan so‘ng ular odatda ta’mirlanmay, saqlagichsiz yana ishga tushirilishi mumkin.
Liniyani qayta ulash uchun maxsus qurilma qo‘llaniladi, u yordamida o‘chirilgan liniya avtomatik ravishda yana ishga tushiriladi. Bu qurilma avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU) deb ataladi. Bir tarafdan ta’minlanadigan liniyalarda AQUni samarasi yuqori, AQU ning har bir muvaffaqiyatli harakati iste’molchilar ta’minotining uzilishini oldini oladi. Respublikamiz energetika tizimida bir karra, hamda ko‘p karra harakatlanuvchi uch fazali va bir fazali AQU qurilmalari qo‘llaniladi.
Bir karrali deb liniyani faqat bir martta ulaydigan AQU ga aytiladi, agar liniya yana himoya orqali o‘chirilsa, unda AQU qurilmasi harakatdan to‘xtaydi va ikkinchi martta ishlamaydi. Bir fazali deb, faqat bitta o‘chirilgan fazani qayta ulaydigan AQU ga aytiladi.
AQU qurilmasi elektr relelar yordamida elektrli tamoilda yoki uzgich yuritmasiga mos ravishda mexanik tamoilda bajariladi.
Elektrli AQU elektr magnitli va pnevmatik yuritma bilan ta’minlangan uzgichlarda ishlatiladi. Mexanik AQU qo‘l bilan yoki avtomatik boshqariladigan yuritma (yukli, prujinali) bilan ta’minlangan uzgichlarda ishlatiladi.
Bir karrali qo‘l bilan qaytariladigan elektrli AQU sxemasida oraliq (KL) 4 va ko‘rsatkich (KN) 6 relelar ko‘zda tutilgan.
Relening yuqoridagi kontakti 4 normal holatda yopiq, pastkisi ochiq, uzgich 7 ulangan. Liniyada qisqa tutshuv sodir bo‘lganda releli himoya ishga tushadi va o‘chirish g‘altagi SO yordamida uzgich V o‘chiriladi. Uchirgich o‘chirilgandan so‘ng uning yuritmasi kontaktlari 3 oraliq relesi kontaktlarining OK ulanish solenoidi US zanjirini tutashtiradi va uzgich ulanadi (tok zanjiri: plyus – kontaktlar 3-relening yuqori kontaktlari 4-rele g‘altagi 6-uzgich 7-kontaktlar 1-g‘altak OK-minus).
Bunda rele 6 ishga tushadi va o‘zining kontaktlarini tutashtiradi:
ulanganda tutashgan kontaktlar 2-rele kontaklari6-rele g‘altagi 4-minus).
Rele 4 ishga tushadi (yuqori kontaktlari ochiladi va pastki kontaktlari tutashadi) va o‘z-o‘zidan bekiladi (o‘z-o‘zidan bekilish zanjiri toki: plyus-relening pastki kontaktlari 4-tugmacha 5-rele g‘altagi 4-minus).
Agar avtomatik qayta ulash bartaraf etilmagan qisqa tutshuv vaqtida sodir bo‘lsa, releli himoya ikkinchi martta ishga tushadi va ikkinchi martta uzgich V o‘chiradi. Yana avtomatik o‘chirish ulana olmaydi, chunki yuritma oraliq kontaktlarining OK ulanish solenoidi o‘z-o‘zidan bekilish relesining yuqoridagi kontaklari 4 bilan ochilgan.
AQU qurilmasini oldingi (birlamchi) holatiga ketirish uchun 4 releni bekitish (blokirovka), 6 rele kontaktlarini 5 tugmani bosib va 6 rele shtiftasini burib uzish kerak. Uzish 7 AQU ni o‘chirish uchun xizmat qiladi, qachonki ishlash sharoiti bo‘yicha uni ma’lum vaqtga kerak bo‘lmasa, aytish joizki. Hozirgi vaqtda AQU na faqat elektr uzatish liniyalari uchun, balkim podstansiyalarning yig‘ma shinalari uchun ham keng ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan qisqa tutshuvlar nafaqat elektr uzatish liniyalarida, balkim podstansiyaning yig‘ma shinalarida ham bo‘ladi.
AQU tizimi iste’molchilarning elektr energiya ta’minotidan uzilishini yo‘q qilish bilan birga vaqtini qisqartiradi, ya`ni qisqa tutshuvdagi yoyni ishdan chiqarish (buzish) ta’sirini kamaytiradi, chunki yoy paydo bo‘lgandan so‘ng liniya tezda o‘chirilishi kerak (0,2 . . . 0,3 s).



Download 6,06 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Download 6,06 Mb.