• Asinxron motorlarning himoya turlari.
  • -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish




    Download 6,06 Mb.
    bet56/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum

    38-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish.
    Reja:
    1.Motorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari
    2. Asinxron motorlarning himoya turlari.
    1.Motorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari,
    Motorlarda qo‘yidagi shikastlanishlar bo‘lishi mumkin: stator cho‘lg‘amida ko‘p fazali hamda bir fazali qisqa tutshuvlar, 1 fazadagi chulg‘amlarning o‘zaro tutshuvi, sinxron motorlar uchun rotor cho‘lg‘amining yerga ulanishi. Bu shikastlanishlar natijasida motorda tok oshadi, tarmoqda kuchlanish pasayishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p fazali qisqa tutushuvdan himoya sabr vaqtsiz o‘chirishga xizmat qiladi.
    Motorni bir fazali qisqa tutushuvdan himoyasi tarmoqning betaraf nuqtasi holati bilan aniqlanadi.
    Kuchlanishi 1000 V gacha tarmoqlarda betaraf nuqta yerga tutashtirilgan bo‘ladi va bu yerda bir fazali qisqa tutushuv sabr vaqtsiz o‘chiriladi.
    Yuqori kuchlanishli tarmoqlarning betaraf nuqtasi yerdan izolyasiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali ulangan bo‘ladi. Bunday tarmoqlarda bir fazali qisqa tutshuv ko‘p hollarda xavfli hisoblanmaydi. Shuning uchun himoya faqat xabar berish uchun ishlaydi.
    bir fazali qisqa tutshuvdan maxsus himoya qisqa tutshuv toki I3,max 10 A bo‘lganda, quvvati 2 MVt dan yuqori, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan motorlar uchun qo‘llaniladi. 
    Chulg‘amlarni o‘zaro tutshuvi natijasida nominal tok oshadi, magnit o‘zak va Shikaslanmagan cho‘lg‘amlar ortiqcha qiziydi, bu hol izolyasiyani yanada ko‘proq buzilishiga olib keladi. Shuning uchun filtrli tok himoyasi taklif etiladi.
    Motorlarning nonormal rejimlari:
    - yuklama ortishi;
    - kuchlanishning pasayishi natijasida aylanishlar sonini kamayishi;
    - ta’minlovchi tarmoq fazasining uzilishi;
    - motorning mexanik qismini Shikastlanishi.
    2. Asinxron motorlarning himoya turlari.
    Kichik quvvatli, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan motorlarni himoyalash uchun eruvchan saqlagichlar ishlatiladi. Bunda tokning maksimal qiymati Iish maks sifatida motorning nominal Idv nom toki olinadi. O‘ta yuklanish toki Iper ishga tushish toki Ipusk ga teng qilib olinadi. Saqlagichning eruvchan qismidagi tok Ieq nom quyidagi shartlar asosida tanlanadi:

    Quvvati 2000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun 2 ta releli sabr vaqtsiz tokli kesim ishlatiladi, quvvati 5000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun TK 3 ta rele yordamida bajariladi. TK ning ishlash toki motorning ishga tushish tokiga qarab sozlanadi
    Ihim.ish = Ks Iishga.max ;
    bu yerda Iishga.max – motorning ishga tushish tokining maksimal qiymati;
    Ks - sozlash koeffitsiyenti.
    Bevosita ta’sir etuvchi relelar uchun Ks =2 - 2.5 ga teng deb olinadi, bilvosita ta’sir qiluvchi relelar uchun esa Ks =1.8 – 2.
    Agar TK talab qilingan sezgirlikni ta’minlamasa, quvvati 2 MVt va undan katta bo‘lgan motorlar uchun differensial tokli himoya ishlatiladi.
    Asinxron motorning qisqa tutshuvdan tokli himoyasi turlari quyidagicha:
    a) bevosita ta’sir etuvchi releli; (6.1 a - rasm)
    b) bilvosita ta’sir etuvchi releli (o‘zgaruvchan operativ tokda); (6.1 b-rasm)
    v) bilvosita ta’sir etuvchi releli (o‘zgarmas operativ tokda).

    6.1 – rasm. Asinxron motorlarda tokli kesim sxemalari: a) bevosita ta’sir etuvchi releli; b) bilvosita ta’sir etuvchi releli.
    Betaraf nuqtasi yerdan izolyasiyalangan tarmoqlarda ishlovchi motorlarni himoyasi faqat ikki fazali qisqa tutshuvlarda ishga tushadi.
    Himoya odatda ikki fazali va bir releli qilib tuziladi.


    Download 6,06 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




    Download 6,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish

    Download 6,06 Mb.