• Sinov savollari
  • Avtomatik uzgichlarni tanlash




    Download 6,06 Mb.
    bet55/72
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #230781
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
    Bog'liq
    Elektr tarmoqlari. texnikum

    3. Avtomatik uzgichlarni tanlash.
    Avtomatik uzgichlarni tanlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1. Uzgichlarning nominal kuchlanishi tarmoq kuchlanishidan past bo‘lmasligi lozim;
    2. O‘chirish qobiliyati himoyalanayotgan elementdan oqayotgan maksimal q.t. tokiga hisob bo‘lishi kerak;
    3. Ajratgichning nominal toki himoyalanayotgan elementdan uzoq oqayotgan eng katta hisobiy yuklama tokidan kichik bo‘lmasligi kerak:

    4. Avtomatik uzgich himoyalanayotgan elementning normal rejimida o‘chirilishi mumkin emas, shuning uchun rostlanadigan ajratgichlarning o‘rnatma toklari quyidagi shart bo‘yicha tanlanadi:



    Ajratgichlari rostlanmaydigan avtomatik uzgichlarda birinchi shartni bajarilishi yetarli hisoblanadi.
    5. Himoyalanayotgan elementda mumkin bo‘lmagan qisqa muddatli yuklama ortishida avtomatik uzgich ishlab ketmasligi kerak. Bu quyidagi shart bo‘yicha ta’minlanadi:
    pi
    iP saqlagichni tanlashga o‘xshab aniqlanadi.
    Ketma – ket o‘rnatilgan avtomatik uzgichlarni tanlovchanligini ta’minlash uchun ularning himoya harakteristikalari selektivlik kartasida kesishishmasligi kerak. Bunda ta’minlash manbasiga yaqin joylashgan uzgichlar ajratgichlarining o‘rnatma toki uzoq joylashgan uzgichlarnikidan 1.5 barobar katta bo‘lishi kerak.
    O‘rnatmalari tanlovchanlik sharti bo‘yicha tanlangan uzgichlarning ajratgichlari sezgirlik talabini qoniqtirishi kerak, ya`ni himoyalanayotgan liniyaning eng uzoq nuqtasidagi minimal q.t. toki (odatda 1 fazali q.t.) ajratgichning nominal tokidan kamida 3 barobar katta bo‘lishi kerak.


    Sinov savollari:
    1. Motorlarda qanday shikastlanish turlari va nonormal rejimlar kuzatilishi mumkin?
    2. Asinxron motorlarda qanday himoya turlari qo’llanilishi mumkin?
    3. Asinxron motorning o‘ta yuklanishdan himoyasining ishlash tamoilini tushuntiring?
    4. Asinxron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoyaning vazifasi?
    5. Eruvchan saqlagichlarni tanlash shartlari?
    6. Avtomatik uzgichlarning turlarini keltiring?
    7. Avtomatik uzgichlarni tanlash shartlari?
    8. Saqlagich va avtomatlarni sxemalarda tasvirlanishi?

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




    Download 6,06 Mb.