|
-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish
|
bet | 53/72 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,06 Mb. | | #230781 |
Bog'liq Elektr tarmoqlari. texnikum37-mavzu: Rele ximoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasini ishlatish.
Reja:
1.Kuchlanishi 1000 V gacha elektr tarmoqlar himoyasi.
2. Avtomatik uzgich turlari.
3. Avtomatik uzgichlarni tanlash.
1.Kuchlanishi 1000 V gacha elektr tarmoqlar himoyasi.
Kuchlanishi 1000 V gacha tarmoqlarda himoya eruvchan saqlagichlar va avtomatik uzgichlar yordamida bajariladi.
Eruvchan saqlagich elektr uskunalarini qisqa tutshuv toklaridan va yuklama ortishidan himoyalash uchun xizmat qiladi. Uning asosiy harakteristikalari
eruvchan qo‘ymaning nominal toki Inom, saqlagichning nominal toki Inom,pr, saqlagichning nominal kuchlanishi Unom,pr, saqlagichning nominal o‘chirish toki Inom,otk, saqlagichning kimyoviy harakteristikasi.
Eruvchan qo‘yilmaning nominal toki deb, nominal rejimda eruvchan saqlagich uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan tokka aytiladi. Saqlagichning nominal toki – bu tok saqlagichdan uzoq muddat oqib o‘tganda uni qizishi kuzatilmaydi. Shuni ko‘zda tutish kerakki, nominal toki saqlagichning nominal tokidan kichik bo‘lgan eruvchan qo‘yilma saqlagichning uzunligini aniqlaydi. Saqlagichning o‘chirish qobiliyati nominal o‘chirish toki bilan harakterlanadi, bu eng katta qisqa tutshuv (q.t.) toki bo‘lib, bunda saqlagich zanjirni xech qanday shikastlanishsiz uzadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha tarmoqlarda NPN va PN2 turidagi saqlagichlar keng tarqalgan, ular qisqa muddatli Yuklama ortishiga chidamli.
Eruvchan saqlagichlar inersion (IP turdagi) va yuklama ortishiga chegaralangan qobiliyatli noinersion (NPN, PN2 turdagi) xillarga bo‘linadi.
Saqlagichlarni tanlash quyidagi shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.4 – rasm. Radial tarmoqni saqlagichlar yordamida himoyalash sxemasi.
K1 nuqtada qisqa tutshuv sodir bo‘lsa tanlovchanlik shartiga asosan F1 saqlagichning eruvchan qismi zanjirni uzadi. K2 nuqtada esa F2 saqlagich ishga tushadi.
Kondensator batareyasini himoyalaydigan eruvchan qo‘yilmaning toki ulanish va kondensatorlar razryadi toklaridan saqlashni hisobga olib tanlanadi.
Bu yerda:
n – barcha fazalar batareyasidagi kondensatorlarning umumiy soni;
Qkon,nom – bir kondensatorning nominal quvvati;
Ulin - tarmoqning chiziqli kuchlanishi.
Eruvchan saqlagichlardan tashqari kuchlanishi 1000 V gacha uskunalarda avtomatik havo uzgichlari keng qo‘llaniladi va ular bir – , ikki – va uch qutbli qilib, hamda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan holda ishlab chiqariladi.
Avtomatik uzgichlar maxsus rele qurilmasi bilan ta’minlanadi va ular uzgich.
turiga qarab, tokli kesim, maksimal tokli himoya yoki ikki pog‘onali tokli himoya ko‘rinishida bajariladi. Buning uchun elektr magnit va issiqlik relelari qo‘llaniladi.
Tuzilishi bo‘yicha avtomatik uzgichlar saqlagichlarga qaraganda murakkab bo‘lib, uzgich va ajratgich to‘plamidan tashkil topgan.
Avtomatik uzgichning nominal toki Ino m,A eng katta tok bo‘lib, u oqib o‘tganda uzgich uzoq muddat shikastlanmasdan ishlashi mumkin.
Avtomatik uzgichning nominal kuchlanishi Unom,A elektr tarmog‘i kuchlanishiga teng. Bu uzgich ishlashi uchun mo‘ljallangan kuchlanish bo‘lib, uzgichning pasportidagi kuchlanishdir.
Ajratgichning nominal toki Inom,pas – pasportida ko‘rsatilgan tok bo‘lib, uning uzoq oqib o‘tishi ajratgichni ishlab ketishiga olib kelmaydi.
Ajratgichning o‘rnatma toki eng kichik tok bo‘lib, u oqib o‘tganda ajratgich ishlab ketmaydi.
|
| |