|
Maktab psixologining vazifalari: diagnostika (tashxis), korreksiya, maslaxat, psixologik ta’lim
|
bet | 2/8 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 63,05 Kb. | | #131746 |
Bog'liq 1-mavzu Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari-fayllar.orgMaktab psixologining vazifalari: diagnostika (tashxis), korreksiya, maslaxat, psixologik ta’lim
Amaliy psixolog faoliyatining yо‘nalishlaridan biri psixologik diagnostika hisoblanadi. Psixologik diagnostika amaliy psixologiyaning boshqa yо‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan va ular orasida asosiy о‘rinni egallaydi. A.Y.Malenova fikricha, psixologik diagnostika – insonning individual-psixologik xususiyatlarini о‘rganish va aniqlashning turli metodlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bо‘lgan fan va amaliyot. Psixolog faoliyati doirasiga kiruvchi vazifalar:
Psixodiagnostika u yoki bu muammo, qiyinchiliklarning psixologik sabablarini aniqlash faoliyati sifatida psixologik xizmatda markaziy о‘rinlardan birini egallaydi. K.M.Gurevich fikricha, psixodiagnostikaning vazifasi shaxsning individual-psixologik xususiyatlari haqidagi axborotni tо‘plashdir.
Psixodiagnostika – shaxs individual-psixologik xususiyatlarini о‘lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi psixologiya fani sohasi. Psixolog Gurevich K.M. fikriga kо‘ra, psixodiagnostika – insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilariga kо‘ra tasniflash hamda farqlash metodlari haqidagi fan. Nemov R.S. ning ta’kidlashicha, psixodiagnostika –bu maxsus bilimlarning shunday sohaski, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan psixologik rivojlanish darajasi hamda psixik holat, xususiyatlarni aniq baholashning nazariyasi, metodologiya va metodlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon psixologik diagnostikasining maqsadi - insonlar va guruhlar о‘rtasidagi psixologik farqlarni qayd qilish hamda yoritib berishdir. Masalan, texnik tafakkur darajasi bо‘yicha 12 yoshli bola о‘zining tengdoshidan farq qilishi mumkin. Yoki umumlashtirish darajasiga kо‘ra, shaharning 30 nafar 5- sinf о‘quvchilari qishloq о‘quvchilaridan farq qilishini muayyan metodikalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchining vazifasi qо‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tartibga solish ( masalan, о‘sib boorish darajasiga kо‘ra).
Diagnostika qilinayotgan belgilar tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib, turlicha psixologik farqlarni о‘z ichiga oladi:
- Yosh bо‘yicha;
- Ma’lumotiga kо‘ra;
- Madaniy darajasiga kо‘ra;
- Psixik holatlariga qarab;
- Genetik, psixofiziologik xususiyatlari bо‘yicha.
Amaliy faoliyat turlaridan biri sifatida psixodiagnostika quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Muayyan xususiyatning rivojlanish holatini aniqlash.
2. Uning rivojlanish dinamikasini hamda ma’lum vaqt otalig‘ida qayta tuzilishini aniqlash.
3. Individ yoki guruh psixologiyasi hamda xulq-atvorida о‘quv-tabiyaviy ta’sirot natijasida vujudga kelgan real о‘zgarishlarni aniqlash.
4. Shaxs xususiyatlari rivojlanish dinamikasi va qonunlarini tahlil qilish asosida uning rivojlanish perspektivasini ainqlash.
5. Tekshirilgan kishilar yoki guruhni kelgusida rivojlanishda erishilgan natijalarni hisobga olgan holda differentcial tarzda ish olib boorish uchun kategoriyalarga ajratish.
6. Individ yoki guruhning ( u yoki bu ishni bajarish, masalan, о‘z xizmat vazifalarini bajarishga) kasbiy tayyorgarligini, layoqotliligini aniqlash.
7. Individ yoki guruh psixologiyasi va xulq-atvorini psixokorrektcion ishlarni olib boorish maqsadida о‘rnatilgan tibbiy, ijtimoiy normalarga mos yoki mos emasligini aniqlash.
8. Individ yoki guruhga hayotiy yo‘lini (kasb,umr yo‘ldoshi) tanlash maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixodiagnostika-bu insonning individual-psixologiye xususiyatlarini aniqlashga doir turli xil metodlarni ishlab chiqish va ushbu metodlar yordamida psixologik tashxis qо‘yish bilan bog‘liq bо‘lgan fan hamda amaliyotdir. «Diagnostika» tushunchasi grekcha sо‘z bо‘lib, «dia»-farq, tafovut, «gnozis»-bilish degan ma’noni anglatadi. Amaliy psixolog odatda yangi psixodiagnostik metodikalarni yaratish bilan shug‘ullanmaydi. U tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan metolardan foydalanuvchi hisoblanadi.
Amaliy psixologik psixodiagnostika yordamida quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi:
1.Insonda u yoki bu psixologik xususiyat yo xulq-atvor xislatlari mavjudligini aniqlash;
2.Mazkur xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash, uni aniq miqdor va sifat kо‘rsatkichlarida ifodalash;
3.Zaruriyat tug‘ilgan vaziyatlardagina insondagi diagnostika qilinayotgan psixologik va xulq-atvor xususiyatlarini izohlash;
4.О‘rganilayotgan xususiyatlarni turli insonlarda rivojlanganlik darajasini taqqoslash.
Psixodiagnostik metodlarning aksariyat qismi ikki guruhga ekspertga oid (klinik) va standartlashtirilgan testlarga ajratish mumkin. psixodiagnostikada test bu taxmin qilingan xususiyat egasi sinaluvchida о‘tkazilayotgan bir turdagi standartlashtirilgan qisqa topshiriqlar majmuidir. Psixodiagnostika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga qator muhim talablar qо‘yiladi. Eng oddiy va muqarrar bо‘lgani-bu о‘ziga insonlarni jalb qila olish hamda foydalaniladigan psixodiagnostik metodikalar va ularni qо‘llash shartlarini mukammal bilishdir.
Bundan tashqari psixodiagnostika sohasida faoliyat olib boruvchi har bir psixolog muhim kasbiy axloqiy tamoyillarni bilishi va amal qilishi zarur:
-olib boradigan faoliyati uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili;
-kasbiy sir saqlash tamoyili (ilmiy psixodiagnostik metodikalarni tarqatmaslik);
-mahfiylik (konfidensiallik) tamoyili (begonalardan olingan psixologik axborotlarni sir saqlash);
-ilmiy asoslanganlik tamoyili (qо‘llanilayotgan metodikalar natijalar ishonchliligi, validligi, differensiallashganligi va aniqligi, qо‘yilgan talablariga muvofiq bо‘lishi kerak);
-obyektivlik tamoyili (natijalar interpretatsiyasi va xulosalar olingan kо‘rsatkichlarga qat’iy muvofiqlikda amalga oshirilishi kerak);
-shaxsning mustaqil huquqlarini ta’minlash tamoyili.
Ular quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
A) psixologik tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriyligi (sud va ibbiy amaliyotdagi alohida vaziyatlardan tashqari);
B) natijalarni psixoprofilaktik izohlash (bayon qilish, ifodalash) (ehtiyotkorlik va muloyimlik adekvatlik va tushunarli tilda izohlash, ekvivalent metodikalardan foydalanishga tayyorlik);
V) insonning о‘zi anglab yetmagan о‘zi haqidagi shunday bir axborotni berish ehtimoli xususida ogohlantirish;
G) tadqiqot natijalarini bilish huquqi (bolalar testdan о‘tkazilganda ota-onalar ham bunday huquqga ega).
Psixodiagnostik metodlar tasnifi ularning umumiy tavsifnomasini va psixologik asoslash. Turli mualliflar psixodiagnostik metodlarni tasniflashning har xil usullarni taklif qilganlar. Jumladan, R.S.Nemov fikriga kо‘ra, quyidagilarni ajratish mumkin: -kuzatish (standartlashtirilgan va erkin kuzatish) asosida psixodiagnostika metodlari; -sо‘rov psixodiagnostik metodlari (ochiq va yopiq turda bо‘lishi mumkin bо‘lgan sо‘rovnomalar shuningdek, bevosita yoki bilvosita savollar, intervyu); -obyektiv psixodiagnostik metodlar shu jumladan insonning xulq-atvor reaksiyalari va uning mehnat mahsullari hisobi hamda tahlili; -psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
A.G.Shmelev diagnostika metodikalarning quyidagi turlarini asosiy sifatida kо‘rsatib о‘tadi. Shu о‘rinda tasnif uchun asos sifatida “obyektivlik-subyektivlik” meyori xizmat qiladi.
-asbob-uskunaga oid psixofiziologik metodikalar;
-apparaturaga oid xulq-atvor metodikalari;
-javobi tanlanadigan obyektiv testlar;
-sо‘rovnoma testlar;
-subyektiv shkalalashtirish metodikalari;
-proyektiv metodikalar;
-standartlashtirilgan analitik kuzatish;
-kontent-analiz (hujjatlarni о‘rganish tahlil qilish);
-keyinroq reyting shkalalashtirish amalga oshiriladigan ichki kuzatuv;
-psixologik suhbat (intervyu);
-rolli о‘yinlar;
-faol (shakllantiruvchi) eksperiment;
-faoliyatning sifat tahlili.
Psixodiagnostika metodikalaridan foydalanish uchun muhim asos bо‘lib, ularning quyidagi talablarga muvofiqligi xizmat qiladi:
Differensiallashuvchi imkoniyat-metodika orqali aniqlanuvchi tavovutlar doirasi.
Ishonchlilik-olinadigan natijalarning turg‘unlik, barqarorlik darajasi.
Validlik-metodika xususiyati u nimaga qaratilgan bо‘lsa, aynan shuni о‘rganishi ya’ni inson xulq-atvor xususiyatlari bilan psixologik kо‘rsatkichlar muvofiq kelishidir.
Aniqlik-psixodiagnostik tadqiqot jarayonida yuz beradigan baholanayotgan xususiyatdagi eng kam о‘zgarishlarga kuchli sezgirlik qobiliyati. Metodikaning meyor kо‘rsatkichlari reprezentativ tanlovdagi faoliyat ya’ni statistik qayta ishlash uchun yetarli bо‘lgan miqdordagi sinaluvchila asosida tuzilgan bо‘lishi muhim. Yuqorida ta’kidlangan vazifalar amaliy psixodiagnostikaning umumiy vazifalaridir. Ulardan kо‘pchiligi u yoki bu darajada maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, о‘rta maxsus ta’lim muassasalarida turli yosh davridagi bolalar bilan mos tarzda ish olib borish uchun amalga oshiriladi.
Psixodiagnostika – psixologik diagnoz qо‘yish haqidagi fan. “Psixodiagnostika” termini dastlab psixiatriyada G.Rorshaxning (1921yil) shu nomli asari nashr etilgach keng qо‘llanilib, tez orada tibbiyot sohasi chegaralaridan chiqadi. “Diagnoz” termini normal taraqqiyotdan har qanday og‘ish va uni aniqlash sifatida tushunila boshlandi.
Psixologik diagnoz (“diagnoziz” grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) – shaxs individual-psixologik xususiyatlarining ayni vaqtdagi holatiga baho berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, ya’ni, prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining sо‘nggi natijasidir.
Psixologik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qо‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:
Simptomatik diagnoz emperik diagnoz deb ham ataladi. Bunda tashxis qо‘yish muayyan belgi yoki xususiyatlarni ta’kidlash bilan cheklanadi va uning asosida amaliy xulosalar chiqariladi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bunday tashxis ilmiy hisoblanmaydi, chunki belgilarni aniqlash avtomatik tarzda bevosita tashxis qо‘yishga olib kelmaydi.
Psixologik tashhis rivojlanishining ikkinchi bosqichi etiologik tashxis qо‘yish bо‘lib, bunda shaxsning muayyan xususiyatlari va belgilarning mavjudligi hisobga olinib qolmay, balki ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham inobatga olinadi.
Eng yuqori bosqich – tipologik bosqich hisoblanadi. Bunda qо‘lga kiritilgan ma’lumotlarning shaxs tuzilishidagi о‘rni va ahamiyati belgilanadi. Masalan, simptomatik diagnoz: “Diqqat yetishmovchiligi sindromi va giperaktivlik”.
Etiologik diagnoz: “Genetik hamda ijtimoiy-psixologik omillar (prenatal, postnatal rivojlanishda – bolaning muddatdan oldin tug‘ilishi; toksikoz va infeksiyalar ta’siri; toksik, zaharli moddalar ta’siri; MNT ining buzilishi; gipoksiya va anoksiya, ya’ni vaznning haddan ortiq yoki kam bо‘lishi; ota-onalar о‘rtasidagi emotsional murakkabliklar; moddiy sharoitlarning og‘irligi; psixik deprivatsiya; о‘zlashtirmaslik va hokazolar) ta’sirida kelib chiqqan diqqat yetishmovchiligi sindromi va giperaktivlik”.
Tipologik diagnoz – bu diqqatni tо‘plashdagi nuqsonlar, diqqatning chalg‘ishi, xulq-atvorning impulsivligi, о‘zaro munosabatlarda namoyon bо‘ladi va muammolarga olib keladi. Bunda asotsial yoki muammoli xulq-atvorli shaxs kelib chiqishini prognoz qilish mumkin. Bunday shaxslarda о‘z-о‘ziga baho berish, xavotirlanishning yuqori darajasi, qо‘rquv kuzatilishi mumkin.
О‘quv muassasasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni muayyan ilmiy psixologik bilimlar asosida olib borilishi uchun ta’lim tizimida psixologik diagnostika ishlari tashkil etiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish professional psixologlar, ya’ni psixologiya mutaxassisligi bо‘yicha kasbiy tayorgarlikka ega bо‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, chunki ular inson taqdiri, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ishtirok etadilar. Umuman olganda, inson dunyoga kelgandan to voyaga yetgunga qadar professional psixologlar diqqat markazida bо‘lishi zarur bо‘lib, bola psixik taraqqiyotini uzluksiz tarzda kuzatib borish talab qilinadi. Buning uchun esa doimiy ravishda psixodiagnostik tekshiruvlar olib borilib, bola psixik taraqqiyotining borishi va xarakteri baholanib boriladi, uning ta’lim-tarbiyasi uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi va bu tavsiyalarning amalga oshirilishi nazorat qilib boriladi. Pisxologik diagnostika psixologik xizmatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchining intellektual va shaxsiy imkoniyatlarini, undagi layoqat, qobiliyatlar, qiziqish va mayllarning о‘z vaqtida aniqlanishi hamda qо‘llanilishini ta’minlaydi.
Psixodiagnostik tekshiruv о‘quvchi psixik taraqqiyoti rezervlarini aniqlash va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon qilinishini ta’minlashga ham qaratiladi. Agar bola taraqqiyotdan orqada qolayotgan bо‘lsa, psixolog uning sabablari va oldini olish imkoniyatlarini о‘rganib chiqadi. Iste’dodli bolalar bilan ishlashda psixologning vazifasi – layoqatlarning namoyon bо‘lishini aniqlash va ularning yuksak darajadagi qobiliyatlarga aylantirish bо‘yicha ish olib borishdan iborat. Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning yana bir murakkab vazifasi – ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish maqsadida uning borishini nazorat qilish, ya’ni pedagogik jarayonlarni bola psixik taraqqiyoti tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlari asosida, ta’lim-tarbiyaning psixologik nazariyasi asosiy qoidalariga binoan tashkil etilishini ta’minlashdir.
|
| |