1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari




Download 63,05 Kb.
bet3/8
Sana07.01.2024
Hajmi63,05 Kb.
#131746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari-fayllar.org
1, wepik-avtotransport-va-atmosferaning-ifloslanishi-asosiy-manba-sifatida-20231215051210rKOM, Мавзу 13.
Psixologik korreksiya
 Psixologik korreksiya mukammal shaxs taraqqiyoti va faoliyatini ta’minlash maqsadida u yoki bu psixologik tuzilishlarga yо‘nalgan psixologik ta’sir sifatida ifodalanadi.
 Psixologik faoliyatning ma’lum bir shakllari ifodasi sifatida «psixik taraqqiyot korreksiyasi» tushunchasi dastlab anomal (meyordan og‘ishgan) rivojlanish kо‘rinishlariga muvofiq ravishda defektologiyada vujudga kelgan. Bunda u bola taraqqiyotidagi nuqsonlar, og‘ishlarni tо‘g‘irlashni anglatadi. Psixologiyada psixokorreksiya mavjud bо‘lmagan psixik funksiyalarni shaklantirishga shuningdek, psixik rivojlanishdagi orqada qolish og‘ishlar buzilishlarni ta’sir chora-tadbirlari yig‘indisi sifatida talqin qilina boshladi.
 Kelgusida amaliy yosh davri psixologiyasining rivojlanishiga kо‘ra, sog‘lom psixik rivojlanish soasida «korreksiya» tushunchasini qо‘llash doirasi kengaydi. Hozirgi kunda psixolog-amaliyotchining diagnostikadan tashqaridagi har qanday faollikni namoyon qilishini psixokorreksiya deb atay boshlaganlar.
 Kompensatsiya (о‘rnini tо‘ldirish) tushunchasi mazmun-mohiyat jihatdan yaqin hisoblanadi buzilgan funksiyalarni rivojlantirish, tenglashtirish hamda buzilganlar о‘rnini bosish uchun saqlanib qolganlarini qayta tuzish natijasida psixik rivojlanishdagi nomuvofiqlik bartaraf qilinadi. «Korreksiya» tushunchasi insonning psixik holatini oldindan ma’lum bо‘lgan «psixik taraqqiyot normalari» bilan muvofiqligini ta’minlash uchun «yuqoridan» maqsadga qaratilgan psixologik ta’sirni nazarda tutadi. Bu insonning u yoki bu psixik namoyon bо‘lishida ba’zan juda qat’iy tashqi chetdan aralashuvini anglatadi. psixologik yо‘nalganlik tuzilishidan bog‘liqlikda sog‘lom ontogenetik rivojlanish doirasida aqliy taraqqiyot korreksiyasi shaxs rivojlanishi korreksiyasi nevrotik holatlar va nevrozlar rivojlanishi profilaktikasi va korreksiyasi farqlanadi.
 G.S.Abramovaning ta’kidlashicha, psixokorreksion faoliyatlarni amalga oshirilishi uchta muhim nuqtai-nazarlarda yuz berishi mumkin:
 «xuddi men kabi bajar» psixolog mas’uliyatni о‘z bо‘yniga oladi va juda qat’iy faoliyatlar sxemasini taklif qiladi;
 «kel birgalikda bajaramiz!» psixolog mijoz bilan mas’uliyatni bо‘lishadi;
 «о‘zing ushbu usullardan birini tanla!» mijozga mas’uliyatni о‘z bо‘yniga olish taklif qilinadi;
 Boshqalariga qaraganda biror-bir nuqtai nazarni shubhasiz afzalligini qat’iy ta’kidlash kerak emas. Psixokorreksion faoliyatlar jarayonida vujudga keladigan aniq vazifalar amaliy psixologning kasbiy faoliyati taktikasi va strategiyalari tanlovini talab qiladi. psixokorreksion dasturi odatda psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tuziladi hamda amaliy psixolog tayanadigan metodologik tamoyillarga asoslanadi.
Psixokorreksiya tushunchasi yetarli darajada undan keng tarqalgan izohlar psixik taraqqiyot meyorlari tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Chunki u yoki bu yosh u yoki bu psixik funksiyalar «meyori» tadqiqotchilar tomonidan kо‘pincha turlicha izohlanadi, «meyor» chegaralari fanda qat’iy aniqlikka ega emas.
«Meyor» tushunchasi nisbiyligi bilan bog‘liqlikda psixokorreksion faoliyatlarni amalga oshirishning mumkin bо‘lgan yо‘llri haqida savol tug‘iladi.
 Ikkita asosiy yondashuvni strategik ifodalash mumkin:
1.Barcha «universial» psixotexnologiyalar uchun ishlab chiqilgan birlik asosida statistik aniqlanadigan о‘rtacha meyorga keltirish sifatida korreksiya amalga oshirilishi.
2.Insonning individual xususiyatlari uning о‘ziga xos imkoniyatlari va umuman uning psixik va shaxs taraqqiyotining о‘ziga xosligiga qaratilgan psixologik yordam kо‘rsatish.
 Psixokorreksiya metodlari va usullarining umumiy tavsifnomasi  Psixokorreksiyaning xilma-xil metodlari mavjud psixologik yо‘nalishlar doirasida shakllangan bо‘lib, ulardan asosiysi psixoanaliz, bixeviorizm va ekzistensial-gumanistik hisoblanadi.
Mazkur yо‘nalishlarning turli metodologiyasi «sog‘lom», «aql-idroki joyida» bо‘lgan inson modeli haqidagi har xil tasavvurlar psixokorreksiya vositalari va usullarida tafovutni talab qiladi.
 Psixoanalitik yondashuvda psixokorreksion faoliyat noadekvat psixologik himoyani yengib о‘tish (bartaraf qilishi) orqali «Oliy -Men» va «U» о‘rtasidagi ichki nizoli о‘zaro ta’sir belgilarini kamaytirishga qaratilgan.
 Bixeviorizm yо‘nalishida psixokorreksiyaga zaruriyat tug‘diruvchi meyordan og‘ish «zararli» bilish natijasi sifatida talqin qilinadi. Shuning uchun mijozning hayot tarziga mos kelmagan xulq-atvor shakllarini о‘zgartirishga alohida e’tibor beriladi, korreksion faoliyat eng avvalo zarur xulq-atvor shakllariga о‘rgatishga qaratiladi.
 Ekzistensial-gumanistik yо‘nalishida psixokorreksion faoliyat eng avvalo ijobiy shaxs о‘zgarishlari (shaxsiy taraqqiyot о‘z ahamiyatini oshirish, hayot tarzini kengaytirish) uchun shart-sharoit yaratish sifatida tushuniladi. Bunda psixologning vazifasi mijozning individual xususiyatlarini psixik taraqqiyot meyorlari bilan muvofiqligini ta’minlashga emas, balki shaxsning о‘ziga xos imkoniyatlari, istiqbollari zahiralariga qaratilgan mо‘ljalgan olishdan iborat.
 Rus psixologiyasida psixokorreksion faoliyatlar mazmuni asosiy ilmiy maktablarning nazariy yondashuvlarini aks ettiradi. Masalan, madaniy-tarixiy yondashuv doirasida psixokorreksiya rivojlanishning eng yaqin zonalarini hisobga olgan holda belgilar tizimini о‘zlashtirish orqali oliy psixik funksiyalar rivojlanishisifatida tushuniladi. Faoliyatli-paradigma (sо‘zlarni tuslash yoki turlash jadvali) psixokorreksiyani harakatlar tizimi va faoliyatni aniq strukturalashtirishni shakllantirish bilan bog‘laydi.
 Psixokorreksiya metodlari va usullarini nafaqat psixologiyaning asosiy nazariy yо‘nalishlari nuqtai nazaridan balki psixokorreksiya maqsadlari nuqtai nazaridan ham muhokama qilish mumkin. Masalan, «Amaliy psixologning ish kitobi» mualliflari individual psixokorreksiyada ikkita yо‘nalishni ajratganlar:
 Psixikani boshqaruvchi funksiyalarini kuchaytirish, emotsional о‘zini о‘zi nazorat qilish va о‘zini о‘zi boshqarishni rivojlantirish metodlari. Shu о‘rinda mijozning о‘zini о‘zi psixik boshqarishini takomillashtirish vazifasi ishga doir ishbilarmon suhbatlar yordamida hal qilinadi. Bu jarayonda mijozning qiyinchilik tug‘dirayotgan aniq xatti-harakatlari, faoliyati muhokama qilinadi. Nizoli vaziyatning tasodifiy tashabbuskori yoki oila a’zosi, rahbariyat yoki hamkasblar tomonidan bildirilayotgan turli tashqi ta’sirlarga adekvat reaksiyalarni shakllantirish va nazorat qiluvchi emotsiyalarni rivojlantirish, ishontirish yordamida о‘zini о‘zi boshqarishning bilish va emotsional tarkibiy qismlarini korreksiyasi amalga oshiriladi.
 Meyoriy-qadriyatlar korreksiyasi metodlari. Uning obyekti bо‘lib, hamkorlikdagi tamoyillar maqsadlar vazifalarga bо‘ysunishdang voz kechishni ma’lum tartib va qoidalar belgilashga qarshi e’tirozni asoslovchi meyoiy majmualar namoyon bо‘ladi.
 Erkinlikdan asossiz marhum qilinish hissi zararli odatlarga nosog‘lom qiziqishlarga olib keladi. Guruhiy psixokorreksiya metodlari odatda shaxs xulq-atvori va shaxslararo munsabatlar meyorini ishlab chiqishga, vaziyatga tez reaksiya bildirish qobiliyatini rivojlantirishga, turli guruhlar va turli sharoitlarga tez moslashishga yо‘naltirilgan.
 Bunday metodlar sifatida maxsus ishlab chiqilgan psixotexnika mashg‘ulot rolli о‘yin guruhiy bahs-munozara va boshqalardan foydalaniladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bо‘lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qiladi. Bu jarayon birinchi bо‘lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni о‘rganishga bag‘ishlangan pedagogik tadqikotlarda L.S. Vigotskiy tomonidan qо‘llangan. Bu sxema bо‘yicha I. Shvansara shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai - nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar:
- Psixologga rasmiy iltimos.
- Psixologik muammoni aniqlash.
- Tadqiqot metodini tanlash.
- Psixologik diagnoz qо‘yish
- Amaliy tavsiyalar.

Download 63,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 63,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari

Download 63,05 Kb.