1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari




Download 63,05 Kb.
bet4/8
Sana07.01.2024
Hajmi63,05 Kb.
#131746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari-fayllar.org

Psixologik maslaxat
Amaliy psixolog ish faoliyatining asosiy yо‘nalishlaridan biri – psixologik maslaxatdir. Psixologik yordam kо‘rsatish sohasining barcha turlarida bо‘lganidek, psixolog maslaxat ishlarini olib borayotganida nazariy, tashkiliy prinsiplardan foydalanadi. Maslaxat ishlarini amalga oshirishga bо‘lgan turli-tuman nazariy va amaliy yondoshuvlar uchun eng muhimi psixologning individual va madaniy empatiyasi, kuzatuvchanligi, uning shaxsga va ijtimoiy muhitga beradigan bahosi hamda ijobiy о‘sish va taraqqiyot metodlarini qо‘llash hisoblanadi.
Psixologik maslaxatning maqsadi – kelajak hissiga ega bо‘lgan, ongli ravishda harakat qiladigan, xulq-atvorning turli strategiyalarini ishlab chiqishga va yuzaga kelgan vaziyatni turli nuqtai-nazardan tahlil qila olishga qobil bо‘lgan madaniyatli- mahsuldor shaxsdir, ya’ni maslaxat berish amaliy psixologiyaning asosiy yо‘nalishlaridan biri sifatida quyidagi maqsadlar asosida amalga oshiriladi:
1. Yuzaga kelgan muammoni tezda hal yetishda mijozga yordam berish. Operativ muammolarni hal yetishda og‘zaki maslaxat shaklidagi psixologik yordam juda muhimdir. Bolaning о‘z ota-onasi bilan о‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, va ularni vaqtida hal etilmaganligi bola jismoniy va psixik salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
2. Hayotiy maslaxat kerak bо‘lgan masalalarni hal etishda psixologik yordam kо‘rsatish. Masalan, mijoz uchun qulay kun tartibini tanlab olish, turli ishlarni bajarishda vaqtni tо‘g‘ri taqsimlashi borasida maslaxat berish.
3. Uzoq vaqt mobaynida doimiy psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish kerak bо‘lgan, lekin ba’zi sabablarga kо‘ra bunga imkoniyat bо‘lmagan holatda vaqtinchalik yordam kо‘rsatish. Masalan, kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishda. Psixolog- maslaxatchining asosiy vazifasi normal, psixik jihatdan sog‘lom bо‘lgan mijoz uchun madaniy imkoniyatlar darajasida va unga mos holda hatti-harakatni amalga oshirishga yordam beruvchi ongli va ijodiy usullar bilan (bir qolipda bо‘lmagan) harakat qilish uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Psixologik maslaxat amaliy psixologning kasbiy faoliyatini muhim yо‘nalishlariga tegishli. Psixologik maslaxatning asosiy vazifasini quyidagicha aniqlash mumkin. Mijoz о‘zining hayotiy qiyinchiliklarga tashqaridan nazar tashlay oladigan sharoitni yaratish, xulq-atvorni maqbul bо‘lmagan usullarini anglash va о‘zaro munosabatlar о‘rnatish hamda unga yangi emotsional va shaxsiy tajriba orttirishga yordam beruvchi adekvat xattiharakatlarni hosil qilish. Bundan asosiy maqsad insonni yuqori daraada о‘zini о‘zi anglagan shaxsiy mustaqil tarzda tanlangan hayotiy strategiyasini amalga oshirishga qodir bо‘lgan о‘z taqdiri uchun javobgarlikni bо‘yniga olishga tayyor yetuk shaxs sifatida shakllanishida unga psixologik yordam kо‘rsatish hisolanadi.
Psixologik maslaxat psixoterapiyadan shartli ravishda ajratiladi chunki maslaxat jarayonida kо‘pincha psixoterapevtik metodlar va usullar qо‘llaniladi. Shunday bо‘lsa ham psixoterapiyaga nisbatan psixologik maslaxat birmuncha yuzaki xarakterga ega deb hisoblanadi. Psixologik maslaxatdagi turli yondashuvlar metodologiyasi zamonaviy psixologiyaning asosiy izlanishlari psixoanalitik, bixeviorizm yoki ekzistensial-gumanistiklardan biriga ularning aloqadorligiga kо‘ra aniqlanadi.
О‘z navbatida psixoanalitik nazariyasiga asoslanuvchi psixolog maslaxatchi mijozning ruhiy hayotini uch xil nuqtai-nazardan talqin qiladi:
-dinamik (turli psixik kuchlar nizosi va о‘zaro ta’sir natijasi sifatida);
-iqtisodiy (uning energetik tavsifnomasi yig‘indisi sifatida);
-topik (psixikaning tuzilmaviy tuzilishi nuqtai nazaridan).
Shu о‘rinda psixoanalitik maslaxatchi mijozga ichki nizolarning tabiati va sabablarini anglashga yordam berishi uning «Men» ini kuchaytirishni va uni «Oliy Men» va «U» dan birmuncha mustaqil bо‘lishini ta’minlashni о‘zining asosiy vazifasi deb biladi. Buning uchun u mijoz bilan ishchi ittifoqqa erishishi u bilan uning qarshiliklari va munosabatini о‘rganib chiqishi, nomaqbul xilma xil mexanizmlari harakatini bartaraf qilishi zarur hamda turli xil komplekslarni namoyon bо‘lishini anglash mumkin.
Psixoanatilikaga yо‘nalgan maslaxatning aksarit texnikalaini asosi sifatida «erkin assotsiatsiya» kо‘rib chiqiladi. Bixiveorizm yondashuvi tarafdori bо‘lgan maslaxatchi eng avvalo mijozning xulq-atvori ustida ish olib boradi. Uning vazifasi naniq kо‘p ma’noli sо‘zlar orqali ifodalangan psixologik muammoni obyektiv kuzatish imkoni mavjud bо‘lgan xulq-atvor harakatlariga kо‘chirish. Bixeviorist maslaxatchi mijozning streotip xulq-atvori noadekvatligini kо‘rsatib berib, u bilan birga maqbul xulq-atvorni modellashtiradi va zarur malakalarni shakllantiradi.
Psixologning nazorati ostida reja asosida va qat’iyat bilan amalga oshiriladigan qо‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Insonparvarlikka yо‘nalgan maslaxatchi ikkita muhim postulatga (haqiqatligi asos qilib olinadigan qoida) tayanadi:
1.Insonlar о‘zini о‘zi nazorat qiladi, ularning xulq-atvori о‘z tanlovini amalga oshirish qobiliyati qanday fikr yuritish va qanday yо‘l tutish tanlovi bilan detirminatsiyalashgan.
2.Har bir insonda о‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga shaxsiy (rivojlanishga) taraqqiyotga tug‘ma ehtiyoj mavjud-garchi muhit bu taraqqiyotga yо‘l bermasligi mumkin. Ushbu tamoyillaridan kelib chiqib maslaxatchi mijoz shaxsiga doir о‘zgarishni amalga oshirishda yordam berishni va uni muhim qaror qabul qilayotgan vaqtda qо‘llab-qо‘vvatlashni о‘z vazifasi deb hisoblaydi.
Psixologik maslaxat turli va metodlari. Amaliy psixolog faoliyatirning boshqa yо‘nalishlai singari maslaxat ham turli asoslarga kо‘ra tasniflashi mumkin bо‘ladi:
-nazariy yо‘nalganlik bо‘yicha (psixoanalitik, xulq-atvor, gumanistik, geshtalt-maslaxatchi va boshqalar);
-mijozning yosh davri bо‘yicha (bolalik, о‘smirlik, yetuklik yoshiga doir maslaxat va boshqalar);
-fazo-makonga oid tuzilish bо‘yicha (bevosita va bilvosita aloqa ya’ni yuzma-yuz yo о‘z navbatida telefonda yozma shaklda elektron-internet orqali amalga oshiriladigan masofaviy yoki bevosita ishtirok etilmaydigan, sirtdan suhbat hisoblandi);
- mijozlar guruhi bо‘yicha (individual yoki guruhiy);
- bir qancha psixologik muammolar bо‘yicha (muloqot muammosi bо‘yicha, emotsional sohadagi muammolar bо‘yicha, shaxsiy muammolar va boshqalar bо‘yicha maslaxat);
-qо‘llanish sohasi bо‘yicha (maktabga, kasb-hunarga, oilaviy va er-xotin munosabatlariga biznesga doir maslaxatlar va boshqalar).
G.A.Abramova (1994) asosiy maslaxat metodi sifatida intervyuni e’tirof etadi. U tomonidan interyu jarayoniga ta’sir kо‘rsatuvchi quyidagi metodlar ajratilgan:

V.M.Menovshikov (1998) fikriga kо‘ra maslaxatda norefleksiv (sukut saqlay bilish) va refleksiv (qaytarma aloqa qaytarish) tinglash texnikasi muhim ahamiyatga ega.


Refleksiv tinglash usullariga quyidagilar tegishli:

Keltirilgan rо‘yhatlardan kо‘pgina bandlarning о‘xshashligini payqash oson. V.Y.Menovshikov ishlaridan (1998) maslaxat jarayonining turli bosqichlarida har xil usullar qо‘llanilishini misollar bilan tushuntiruvchi jadvalni keltiramiz.





Download 63,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 63,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari

Download 63,05 Kb.