Maslaxatning ijobiy natijasi uchun shart bo‘lgan psixolog xatti-harakatlari




Download 63,05 Kb.
bet8/8
Sana07.01.2024
Hajmi63,05 Kb.
#131746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Maktab psixologi ishining maqsad va vazifalari-fayllar.org

Maslaxatning ijobiy natijasi uchun shart bo‘lgan psixolog xatti-harakatlari
Psixolog-maslaxatchi mijoz bilan shunday o‘zaro ta’sir o‘rnata olishi zarurki, uning natijasida mijoz hatti-harakatning yangi usullarini, yangi kechinmalar, yangi fikrlar, hayotini davom ettirish uchun yangi maqsadlar hosil qila olsin. Bunda psixolog o‘z nazariy mo‘ljallaridan qat’iy nazar ish jarayonida hayot, hayot mazmuni, insonning undagi o‘rni, qadriyatlar, individuallik kabi tushunchalarni qo‘llaydi. Psixologik maslaxat amaliyotiga bo‘lgan bir necha yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Ular:
 Psixoanaliz (Z.Freyd);
 Individual psixologiya (A.Adler);
 Analitik psixologiya (K.Yung);
 Tranzakt analiz (E.Bern);
 Bixevioral yo‘nalish (ijtimoiy o‘zlashtirish).
Kognitiv terapiya;
 Gumanistik yo‘nalish – geshtaltterapiya (R.Perlz);
 Guruhiy terapiya (K.Rodjers);
 Logoterapiya (V.Frankl);
 Psixodrama (Moreno).
Psixolog-maslaxatchining kasbiy faoliyati u mijozga taklif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida uning mas’uliyati bilan ifodalanadi.
- Psixolog-maslaxatchining kasbiy faoliyati ma’naviy-axloqiy va yuridik asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak.
- Psixolog-maslaxatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy rivojlanishi yo‘lida har qanday cheklanishlarni olib tashlashni ko‘zda tutuvchi insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan.
- Psixolog-maslaxatchi o‘z ishini mijoz shaxsini qadr qimmatini so‘zsiz hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslaxatchi inson huquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi.
- Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslaxatchi halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga maslaxat va tavsiyalarni berganda puxta o‘ylashi va ehtiyot bo‘lishi kerak.
- Psixolog-maslaxatchi mijoz huquqlari buzilishini sezganda o‘z kasbiy birlashmalari a’zolari, hamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik munosabatlari buzilayotgani holatlarini aytishi kerak.
- Psixolog-maslaxatchi mijozlarga kerakli ma’lumoti, malakasi, bilimlari va ixtisosi mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
- O‘z ishida psixolog-maslaxatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga javob beradigan sinovdan o‘tgan metodikalarni qo‘llashi kerak.
- O‘zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini ta’minlab turish psixolog-maslaxatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
- Ilmiy tajribalarga to‘la javob bermaydigan yetarlicha sinovdan o‘tmagan psixologik metodlar va tavsiyalarni qo‘llashga majbur bo‘lganida psixolog-maslaxatchi bu haqida o‘z mijozlarini ogohlantirishi va o‘z xulosalarida juda ehtiyot bo‘lishlari kerak.
Psixologik maslaxat deb bunga muhtoj bo‘lganlarga maslaxat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita ko‘rsatiladigan psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o‘rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi.
Ko‘pincha psixologik maslaxat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan holi va yakkama-yakka, yuzma-yuz o‘tkaziladi. Psixolog-maslaxatchi tomonidan mijozga beriladigan maslaxat va takliflar ko‘p hollarda ulardan mustaqil foydalanib, mijoz psixolog-maslaxatchi yordamisiz o‘z muammosini o‘zi to‘la hal eta olishiga qaratilgan bo‘ladi.
Psixologik maslaxat – bu psixik sog‘lom odam o‘zining hayotida yuzaga keladigan barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko‘rsatish amaliyotidir. Lekin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini, o‘zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi. Professional tayyorlangan psixolog-maslaxatchi mana shu bo‘yicha unga yordam ko‘rsatishi kerak.
Psixologik maslaxatning asosiy vazifasi shundan iborat. Maslaxat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan mijoz bilan maxsus ish uslublari va unga ta’sir ko‘rsatish metodlarini qo‘llaydi, shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarli va mumkin bo‘ladigan qilib amalga oshiriladi. Psixolog-maslaxatchining mijoz bilan uchrashuvi ko‘pincha bir-ikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va undan ko‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslaxat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslaxatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bo‘ladi-ki, bir-ikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslaxatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslaxatchi tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni talab etadi.
Nazorat savollari:

  1. Maktabda psixolog faoliyatining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?


  2. Maktab psixologining vazifalari ga nimalar kiradi?


  3. Maktab psixologi faoliyati yonalishlarining xususiyatlari qaysilar?


  4. Maslaxatning ijobiy natijasi uchun shart bo'lgan psixolog xatti-harakatlari nimalardan iborat?




http://fayllar.org
Download 63,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 63,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maslaxatning ijobiy natijasi uchun shart bo‘lgan psixolog xatti-harakatlari

Download 63,05 Kb.