Ўрта умумий таълим мактабларида кимё лабораторияси: лаборант ва




Download 492.78 Kb.
bet1/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass


Kirish


Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz mustaqillikni qo`lga kiritgach juda ko`p sohalarda jumladan, fan, ta`lim va ishlab chiqarish sohalarida tub burilishlar sodir bo`ldi. Haqiqiy erkinlik va istiqlolga erishish – bu mustaqillikni qo`lga kiritish emas, balki uni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan qurish va mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda o`zimizga munosib o`rin egallash va hurmat qozonishdan iborat ekanini teran angladik. Bu maqsadga erishish yo`li – yer osti, yer usti boyliklaridan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatimiz kuch qudratimizdan foydalanib ko`pni ko`rgan, mehnatkash xalqimizning aql – zakovati, g`ayrat – shijoatiga va xalqaro hamjamiyat hamkorligiga tayanib dunyodagi zamonaviy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish yo`lidir [1].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, “Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarini barpo etish, hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi” [2]. Prezident Islom Karimov: “Bugun biz tarixiy davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar qo`yib, avvalambor, o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, - degan edilar [3].
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e`tiborga olib uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’likni saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo`lidagi muhim omil bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo`lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo`lgan manbalarni yo`qotish, ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo`lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo`lishini ta`minlashga harakat qilishi zarur.
Boshqa sohalar kabi kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalariga taalluqli mehnatni muhofaza qilish muammolarini echimi va inson salomatligini saqlash O`zbekiston davlati taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi.
Zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib, ishlab chiqarilgan mehnat muhofazasi majmui tizimigina javob bera oladi. Uning asosini ishlab chiqarishga yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va xavfsiz, yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullarini tadbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir.
Biror bir soha yo’qki kimyo fani yutuqlarining mahsuli kirib bormagan bo’lsa. Kundalik ehtiyojimizda keng ishlatilayotgan tovar mahsulotlarning aksariyati kimyo bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda malakali muxandis texnolog, nazoratchi, laborant, ishchilar va boshqa ko`plab mutasaddilarning mexnati natijasida vujudga kelgan. Kimyoning tarmoq sohalarida faoliyat yurituvchi barcha shaxslar bevosita kimyo laboratoriyasi bilan uzviy bog’liqlikda bo`ladilar. Kimyo laboratoriyalarida ishni tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonlari tajribalar bilan amalga oshiriladi. Bunday holda laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalarini bilish va xavfsizlik qoidalariga qat`iy amal qilish juda zarurdir. Kimyo laboratoriyasiga kirishi mumkin bo`lgan va ruxsat etilgan shaxslar jumladan o`quvchi yoshlar, talabalar, texnik va texnologlar, muxandislar, o`qituvchi va laborantlar laboratoriyada muayyan vaqt davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Muayyan fanning amaliy mashg’ulotlari uchun maxsus ko`rsatmalar va shu laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari, ishlash tartibi qolaversa favqulotda ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordam qoidalari atroflicha izohlash orqali berilgan uslubiy yoki metodik ko`rsatmalarning ko`p va yetarli darajada emasligi muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Download 492.78 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўрта умумий таълим мактабларида кимё лабораторияси: лаборант ва

Download 492.78 Kb.