• I BOB. Adabiyotlar sharxi
  • Ўрта умумий таълим мактабларида кимё лабораторияси: лаборант ва




    Download 492.78 Kb.
    bet3/41
    Sana05.06.2023
    Hajmi492.78 Kb.
    #69954
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    Kitob 4719 uzsmart.uz
    kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass
    BMIning tarkibiy tuzilishi BMI kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 78 bet, shundan matn qismi 78 bet. Unda foydalanilgan adabiyotlar iborat.
    Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot obe`kti va predmeti, ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan.
    Birinchi bob - “Adabiyotlar sharxi”. Adabiyotlar sharxida maktablarda kimyo laboratoriyasi, kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari to`g`risida ma’lumotlar keltirilgan.
    Ikkinchi bob - “Asosiy qismdeb nomlanib, unda kimyodan laboratoriya ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari, mashg’ulotlarini bajarishga oid tartib - qoidalar va ko`rsatmalar, ba’zi asboblar va ular bilan ishlash, xavfsizlik texnikasi, instruktaj, ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordamlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
    Uchinchi bob- xorijiy investitsiyalar qismi bo`lib, unda investitsiyalar va ularni bugungi kundagi ko`lami haqida ma`lumotlar keltirilgan.
    BMIning xulosa qismida bajarilgan ishlar natijalari umumlashtirlib, mavzu bo`yicha xulosalar berilgan.

    I BOB. Adabiyotlar sharxi


      1. O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo laboratoriyasi: laborant va o`qituvchining vazifalari, laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish

    va o`tkazish


    Ma`lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir-biriga aylanishi va o`zgarishlarni o`rganadigan fan hisoblanadi. Fanni o`zlashtirishda nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o`rni benihoya kattadir. Amaliy ishlar nazariyani to`ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o`rta umumiy ta`lim muassasasida kimyo kabinetlarida amalga oshiriladi.
    Yangi taxrirdagi DTS talablariga ko`ra kimyo kabinetining maqsadga muvofiq holda yaxshi jihozlanishi eng muhim vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Kabinetning jihozlanishi laboratoriya mashg’ulotlarni yaxshi o`tkazishga to`liq imkon berishi bilan birga u pedagogik, ilmiy, ruhiy fiziologik, estetik va texnikaviy talablarga javob beradigan bo`lishi shart.
    Kabinetdagi o`quv materiallari komplekti sinfdagi barcha o`quvchilarga etadigan bo`lishi kerak. Xar bir o`quv materiali muayyan laboratoriya amaliy mashg’ulotlarni va qilib ko`rsatiladigan tajribalarni o`tkazishga mo`ljallangan bo`ladi. Qilib ko`rsatiladigan va laboratoriya tajribalari o`quvchilar darsda o`tgan mavzuni yanada chuqurrok o`zlashtirib olishlariga yordam beradigan bo`lishi zarur. Tajribalar o`tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay bo`lishi hamda doimo taxt turishi kerak.
    O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo kabineti laboratoriya mashg’ulotlari o`tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan iborat bo`ladi. Laboratoriya xonasida turli asbob va reaktivlar saqlanadigan shkaflar, o`quvchilar mashg’ulot o`tkazadigan stollar, turli xil maketlar va stendlar bo`ladi. O`quvchilarning stollar va o`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol xar bir darsning mazmuniga ko`ra jihozlanadi. O`qituvchi tajriba ko`rsatadigan stol yonida vodoprovod jo`mragi va gaz gorelkasi albatta
    bo`lishi shart. O`quvchilar esa spirt lampasidan foydalanadilar. O`quvchilar stolida laboratoriya shtativi, probirkalar qo`yilgan shtativ, 100 yoki 250 ml li kolba, 2 yoki 5 millilitrli pipetka, 25 sm uzunlikda shisha tayoqcha, menzurka, voronka va chinni stakan quyilgan bo`ladi. Tuz, kislota hamda asoslarning har xil kontsentratsiyali eritmalari laborant xonasida (preparatxonada) turadi va zarur bo`lganda o`quvchilarga laborantning o`zi quyib beradi. Bundan tashqari, laboratoriya xonasida bir chekkada va olish qulay bo`lgan joyda yong’inga qarshi kurash vositalari (qum solingan yashiq, o`t o`chirgich va boshqalar) hamda aptechka bo`lishi kerak. Kabinetda doimo bo`lishi lozim bo`lgan o`quv qurollariga quyidagilar kiradi:

    1. har bir o`quvchiga tarqatib beriladigan materiallar: turli minerallar, kimyoviy xom ashyo namunasi, turli qazilma boyliklar kollektsiyasi, metallarning qotishmalari, kauchuk namunasi, toshko`mir va neftdan olinadigan mahsulotlar, alyuminiy, po`lat kollektsiyasi, kimyoviy tolalar kollektsiyasi;

    2. ko`rgazmali materiallar: atom kristall panjarasi, atom modeli, turli kimyoviy ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi jadvallar;

    3. tajriba o`tkazishga zaruriy reaktivlar: oksidlar, kislotalar, tuzlar, indikatorlar, spirtlar, al’degidlar aromatik uglevodorodlar, organik kislotalar, uglevodlar;

    4. tajriba o`tkaziladigan asboblar: ozonator, eritmalarini sinab ko`rish uchun elektrolizyor, suvni elektroliz qilish asbobi, vol’tmetr, oxaktoshni kuydirish pechi, mufel’ pechi, quritish shkafi, distillyator, texnik tarozi va boshqa asboblar. O`qituvchi ish joyi yoritilishi sun`iy yoritgichlar bilan kamida 300lk, sinf doskasi 500 lk ni tashkil etishi lozim.

    Kimyo kabineti ana shular bilan to`liq jihozlangandagina mashg’ulotlar sifatli o`tadi.
    Har qanday laboratoriyada albatta laborant lavozimida ishlovchi mutaxassis shaxs faoliyat yuritadi. Har bir laborantni u faoliyat yuritayotgan muassasaning o`ziga xosligidan kelib chiqqan holda burch va vazifalari belgilab qo`yilgan.

    Download 492.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 492.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўрта умумий таълим мактабларида кимё лабораторияси: лаборант ва

    Download 492.78 Kb.