Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda o`qituvchining




Download 492.78 Kb.
bet6/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda o`qituvchining


tayyorgarligi
Laboratoriya darsni o`tkazish eng muhim va mas`uliyatli ishlardan biridir. Laboratoriya mashg’ulotini shunday tashkil etish kerakki, o`quvchilar uning natijalarini oldindan bilib ololmaydigan, balki mustaqil tajriba o`tkazishda olingan natijalarni tahlil qilib, sodir bo`lgan xodisaning sabablarini topadigan bo`lsinlar. Laboratoriya ishlari o`quvchilar bilimini chuqurlashtirishga, ularni tabiatdagi turli qonuniyatlarning asosi bilan tanishtirishga imkoniyat tug’diradi.
Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishga oid ishlarni quyidagi bosqichlarga bo`lish mumkin:

  1. Kimyo kabinetini yangi tahrirdagi DTS talablariga ko`ra jihozlash.

  2. Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishga o`qituvchining

tayyorgarlik ko`rishi.

  1. Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantga tegishli ko`rsatmalar berish.

  2. O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash.

  3. Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish.

  4. O`quvchilarning laboratoriya ishini baholash,

  5. Mashg’ulotga yakun yasash.

Kimyo darslarida o`qitishning faol usullaridan foydalanish, darslarning asosi qilib ko`rsatiladigan tajribalarga va laboratoriya mashg’ulotlariga katta e`tibor berib, ularni to`g’ri uyushtirish, qilib ko`rsatiladigan tajribalarga o`quvchilarning butun diqqat e`tiborini jalb qilish, har bir hodisaga o`quvchilarning tadqiqototchi sifatida yondashishlariga erishish kerak.
Amaliy mashg’ulotdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad butun o`tilgan mavzularga oid nazariy bilimlar naqadar puxta o`zlashtirilganligini bilib olishdan iborat. Bunday mashg’ulotni o`tkazishda barcha zaruriy asbob-jihozlar va reaktivlar oldindan taxt qilib qo`yilgan bo`lishi lozim. Shu sababli mashg’ulot o`tkazilishidan bir necha kun oldin o`qituvchi laborantga qanday tayyorgarlik ishlari ko`rish lozimligini aytib, laborantning ish jurnaliga yozib qo`yadi:
Har bir stol uchun mis (P)-sulfatning 10% li eritmasidai 150 ml. Kaliy yodidining 2% li eritmasidan 150ml, 5 ml dan kraxmal eritmasi, fenolftalienning 0,5% li eritmasi. Shuningdek, har bir o`quvchi stoliga bittadan spirt lampasi.
Shundan keyin o`qituvchi o`zgarmas tok blokining to`g’ri ishlashini tekshirib chiqadi. Laboratoriya ishiga tayyorlash mumkin bo`lgan ba`zi oddiy asboblar etishmasa, ularni tayyorlash uchun to`garak a`zolarini yordamga chaqiradi. O`qituvchi laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishda zaruriy xavfsizlik texnikasi vositalari: qum, o`t o`chirgich, aptechka tayyor ekanligini ko`zdan kechiradi, chiqindi eritmalarni qayerga to`kish lozimligini oldindan o`ylab qo`yadi. Mashg’ulotni ikkita sinfda bir vaqtda o`tkazishga to`g’ri kelsa, u holda xar bir sinfdagi o`quvchilarning intizomi, nazariy bilimlari darajasi, amaliy ishlarni qay tariqa bajarishlarini hisobga oladi. Masalan, 8 «a» va 8 «b» sinflarida laboratoriya
mashg’uloti parallel o`tkaziladi, deb faraz qilaylik. 8 «a» sinfdagi o`quvchilarning hammasi aktiv, bilim darajasi jihatidan 8-«b» sinfga qaraganda ustun turadi. Uyga berilgan vazifalarni yaxshi tayyorlab, amaliy ishlarni uyushqoklik bilan o`tkazadi. Bu sinfda yaxshi o`zlashtirmaydigan ikki o`quvchi bor, bu o`kuvchilar yaxshi o`qiydigan o`quvchilarga biriktirib qo`yiladi. Laboratoriya mashg’ulotlari o`tkazishda bu sinf o`quvchilari ishini laborant nazorat qilib tursa ham bo`laveradi. 8
«b» sinfda manzara tamoman boshqacha. Bu sinf o`quvchilari darsni o`rtacha o`zlashtiradi. O`quvchilarning ko`pchiligi laboratoriya mashg’ulotiga yetarli darajada tayyorgarlik bilan kelmaydi. Bu sinfda o`quvchilar intizomi ham yaxshi emas. Stoldagi asbob va reaktivlardan pala-partish foydalanadilar. Mashg’ulot paytida darsga diqqat e`tibor berib o`rganish o`rniga boshqa narsalar bilan shug’ullanib, gaplashib vaqt o`tkazishga harakat qiladilar. Bu sinfda o`tkaziladigan mashg’ulotga o`qituvchn ayniqsa katta e`tibor berishi, o`zlashtirmaydigan, intizomsiz o`quvchilarni darsdan keyin ham olib qolib, mashg’ulotni mustaqil bajarishga majbur etishi, mashg’ulot paytida shunday o`quvchilardan ko`proq so`rab turishi lozim. Laboratoriya mashg’uloti kimyoni o`rganishning asosi ekanligini o`quvchilarga doimo uqtirib borish kerak.



Download 492.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda o`qituvchining

Download 492.78 Kb.