O`quvchining laboratoriya ishini baholash




Download 492.78 Kb.
bet8/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

O`quvchining laboratoriya ishini baholash


Har bir laboratoriya ishi bajarilgandan keyin o`qituvchi o`quvchilarning


laboratoriya mashg’ulotiga oid hisobotlari va tajribani qanday o`tkazganliklarini e`tiborga olib, har qaysi o`quvchiga ball (baho) qo`yib chiqadi. Bunda quyidagilar asos qilib olinadi:

  1. O`quvchining laboratoriya mashg’ulotini qanchalik qiziqish bilan bajarganligi, uning mashg’ulot paytidagi intizomi.

  2. Mashg’ulotga oid hisobot qanchalik aniq va to`liq yozilganligi; reaksiyaning o`ziga xos belgilarini to`g’ri ko`rsata olganligi; hodisaning mohiyatini qanchalik to`g’ri tushunganligi

  3. O`quvchi laboratoriya asbob jihozlaridan qanday foydalanganligi va ularning tasvirini to`g’ri chiza bilishi;

  4. Kimyoviy reaktsiyaning tenglamalarini to`g’ri yoza bilishi, ayniqsa qaytar va qaytmas reaktsiyalarning belgilarini to`g’ri ifodalay olishi, reaktsiyadagi moddalarning formulasini aniq yozilib, koeffitsientlar to`g’ri qo`yilganligiga alohida ahamiyat beriladi.

Ko`pchilik hollarda o`quvchilar hosil bo`lgan moddalarning o`ziga xos xususiyatlariga yaxshi e`tibor bermaydilar. Shu sababli laboratoriya ishini baholagandan keyin, bajarilgan tajriba haqida yana qisqacha izoh berib o`tish mashg’ulotni yaxshi o`zlashtirib olishga yordam beradi.
Kimyo fani va ayniqsa uning laboratoriyalari qiziqarli bo`lishi bilan bir qatorda o`ta mas`uliyatli hisoblanadi. Laboratoriya ishini nasbatan murakkabroqlarini o`qituvchi va laborant ko`rgazmali tajriba sifatida avval o`zi o`quvchilarga ko`rsatib bersa yanada maqsadga muvofiq bo`ladi, qolaversa laboratoriya mashg’ulotiga barcha o`quvchilarni o`z vaqtida yetib kelishlarini ta`minlash ham juda muhimdir. Agar biror o`quvchi mashg’ulotga kech kelsa u tajribani mazmunini, ishlar ketma-ketligin tushunolmaydi natijada yana hammadan orqada qoladi. Tajribani iloji boricha hamma bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishi yaxshi natija beradi. Tajribalarni bajarishda ishni bajarish tartibiga qat`iy amal qilinishi kerak. Vaqtni avvaldan belgilab qo`yish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tajribalarni bajarishda oddiydan – murakkabga tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.

    1. Download 492.78 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quvchining laboratoriya ishini baholash

Download 492.78 Kb.