O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash




Download 492.78 Kb.
bet5/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash


Laboratoriya ishi, ko`rsatiladigan tajribalar va amaliy mashg’ulot
darslarining muvaffaqiyatli o`tishi, avvalo o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o`qituvchining talabchanligiga va o`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlay bilishiga bog’liq.
O`rta umumiy ta`lim maktabida laboratoriya mashg’ulotlarini o`tkazishda sinfdagi o`quvchilarning hammasi mashg’ulotni bir xilda bajara olishiga erishish muhim ahamiyatga ega bu narsa o`quvchilarning nazariy bilimi darajasiga, ayniqsa shu mavzuni qanday o`zlashtirib olganligiga bog’liq. Ikkinchidan, o`quvchilarning intizomi, darslarga puxta tayyorlanib kelishi, shuningdek, har bir o`quvchi stolining to`g’ri jihozlanishi ham mashg’ulotlar yaxshi o`tishining eng muhim shartlaridan biridir.
O`quvchilar mavzu materialini yaxshi o`zlashtirib, mustaqil fikrlash malakasi hosil qilganliklaridan keyingina laboratoriya mashg’ulot o`tkaziladi. Shu sababli o`quvchilar o`qituvchi ko`rsatadigan tajribalarni diqqat e`tibor bilan kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so`zsiz bajarib kelishlari zarur.
Laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin o`quvchilarni stollarga to`g’ri taqsimlash, zaruriy reaktiv va asboblar bilan to`liqn ta`minlagan bo`lishi lozim. O`quvchilarni asbob va reaktivlar bilan to`g’ri ishlashga o`rgatish, o`quvchining ish stoliga qo`yilgan barcha materiallar haqida to`liq axborot berish, ayniqsa kislota va ishqorlar, shuningdek zaharli moddalar bilan ishlash qoidalarini yaxshi tushuntirish kerak. O`quvchilar bu moddalar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga kat`iy rioya qilishlari lozim.
Stollarga qo`yilgan reaktivli idishlarga reaktivlarning nomi yozilgan kog’oz (etiketka) yopishtirilgan bo`lishi kerak. Xar bir o`quvchi reaktivlarning xossalarini, ishlatish usullarini, stoldagi shisha idish va asboblardan to`g’ri foydalanish yo`llarini yaxshi bilishi kerak. Laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishdan oldin o`qituvchi shu mashg’ulotga doir mavzuning nomini eslatib o`tadi va mavzu materialini o`qib kelishga buyuradi. Shu bilan birga laboratoriya ishidan yoziladigan hisobot shaklini tayyorlab keladi.
O`qituvchi bajarilishi lozim bo`lgan laboratoriya ishini o`quvchilarga tushuntirganda ular oldiga quyidagicha talablar qo`yadi:

  1. Har bir ishni puxta bajarish uchun asbob jihozlardan to`g’ri foydalana bilish.

  2. Laboratoriya ishini boshidan oxirigacha mustaqil bajarish va undan to`g’ri xulosa chiqarish.

  3. O`tkazilayotgan kimyoviy reaksiyada yuz berayotgan hodisaning mohiyatini tushunib, undan to`g’ri xulosa chiqarish.

  4. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida issiqlik chiqish va yutilish, yorug’lik va tovush chiqish sabablarini aniq bilib olish.

  5. Reaksiya vaqtida hosil bo`layotgan moddalarning rangi, hidi va agregat holatini esda qoldirish hamda yozib borish.

  6. Har bir ishni xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`la rioya qilgan holda mustaqil bajarish.

Sinf o`quvchilarini laboratoriya ishiga tayyorlashda o`zlashtirmaydigan yoki intizomi bo`sh bo`lgan o`quvchilarga alohida e`tibor berish, ularning nazariy bilimini hisobga olgan holda vazifa topshirish lozim. O`qituvchi o`quvchilarni laboratoriya ishini bajarishga ruxsat etishdan oldin ularning qay darajada tayyor ekanliklarini savol javob yo`li bilan tekshirib ko`radi.



Download 492.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash

Download 492.78 Kb.