Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish




Download 492.78 Kb.
bet7/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish


Hozirgi vaktda yangi dasturga ko`ra maktablarda laboratoriya ishlarini o`quvchilarning o`zlari mustaqil o`tkazadigan bo`lishiga harakat qilish kerak. Odatda laboratoriya ishini o`quvchilar bir stolda yakka o`zi yoki ikkitadan bo`lib bajaradilar.
Laboratoriya stolida asbob va materiallar avvaldan tayyorlab qo`yilgan, ishlatiladigan reaktivlar solingan idishga reaktivlar nomi yozilgan bo`ladi. Lekin bu asbob-reaktivlarga o`quvchilar o`qituvchining ruxsatisiz tegmasligi kerak. O`qituvchi laboratoriya ishini boshlashdan avval stoldagi moddalarni izohlab o`tadi, asboblarni qanday yig’ish, qizdirish asboblaridan qanday foydalanishga, gaz olinadigan asbobni qanday ishlatish usullarini tushuntiradi, shu mashg’ulotda bajariladigan ishning mazmuni bilan o`quvchilarini tanishtiradi, ishning qaysi
tartibda bajarilishini aytib beradi. Mashg’ulot vaqtida o`qituvchi o`quvchilarning konsentrlangan kislota, ishqorlar va spirt lampasi bilan ishlashini doimo nazorat qilib turadi. Masalan: kislota bilan metallning o`zaro ta`siri tajribasi quyidagicha o`tkaziladi: hamma o`quvchilarga probirkaga 5 ml kontsentrlangan nitrat kislota quyib, bir necha mis donasi tashlashni va chiqayotgan qo`ng’ir gazni kuzatishni buyuradi. So`ngra ikkinchi probirkada shu tajribani suyultirilgan kislota bilan o`tkazishni taklif etadi. Bunda qanday reaksiya ketadi?
Mis metali qaysi holda kislota bilan reaksiyaga kirishadi? Va qanday gaz ajralib chiqadi?
O`qituvchi bu gazni suvda eritib, unga metiloranj tomizib ko`rishni buyuradi. Bunda nima sodir bo`ldi?
Tajribaning natijalaridan xulosa chiqarib daftaringizga yozib qo`ying.
Shundan keyin yana boshqa bir tajriba ko`rsatiladi.
7 sinf o`quvchilari tayyorlangan quyidagi laboratoriya ishni bajarishga kirishadi. Temir bilan oltingugurtning 2 g ga teng aralashmasi probirkaga solinadi va probirka shtativga mahkamlanadi. Keyin spirt lampasi bilan kuchli qizdiriladi, bunda probirkadagi modda cho`g’lanib yonib ketadi. So`ngra spirt lampasini olib qo`yib, probirkadagi modda sovitiladi va hosil bo`lgan moddaning xossasi tekshirib ko`riladi. Tajriba tugagach, o`qituvchi quyidagi savollarni o`rtaga tashlab, tajriba-dan o`quvchilar nimani bilib olganliklarini tekshirib ko`radi:

  1. qanday moddalar qizdirildi va bunda qanday reaksiya sodir bo`ldi?

  2. reaksiyada qanday modda hosil bo`ladi?

v) reaksiya davomida energiya ajraladimi yoki yutiladimi? Buni siz nimadan bilib oldingiz?
O`qituvchi berilgan savollarga yozma javob berishlarini tavsiya etadi.
Shundan keyin tajribaning ikkinchi qismini bajarishga o`tiladi.
O`qituvchi probirkaga 3 ml simob (II)-nitratdan quyib, unga mis plastinkasini tushirishni buyuradi. Ma`lum vaqt o`tgach, plastinka eritmadan pintset yordamida ehtiyotlik bilan olinib, suvda yuviladi va mis plastinkasiga
yopishib qolgan simob donachalari kuzatiladi. Har bir o`quvchi o`zining bajargan tajribasidan xulosa chiqarib, uni hisobot daftariga yozadi. Intizom bilan, ongli ravishda o`tkazish va undan to`g’ri xulosa chiqarish bo`yicha musobaqa o`tkazadi. Umuman, laboratoriya mashg’ulotida o`quvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak:

  1. Mashg’ulot vaqtida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurish yaramaydi.

  2. Bo`sh turgan stoldan biror narsani o`qituvchining ruxsatisiz olmaslik lozim. Reaktivlardan ham faqat o`qituvchining ko`rsatmasiga muvofiq foydalanishlari kerak.

  3. Spirt lampasini zarur bo`lmaganda yoqmaslik, mashg’ulot vaqtida qattiq gapirmaslik lozim.

  4. Tajriba tugagach, foydalanilgan asbob va idishlarni tozalab yuvib qo`yishi kerak.

  5. Mabodo biror hodisa ro`y berib qolsa, tezda laborant yoki o`qituvchiga xabar berish kerak. Ko`p yillik tajriba shuni ko`rsatadiki, o`qituvchi tajriba uchun o`quvchilarni zvenolarga bo`lganda ularga alohida-alohida mavzular berish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Aksincha, hamma zvenolarga bitta mavzuni topshirib, bu zvenolar bittasi ilg’or, ikkinchisi sal qoloq o`quvchilardan tuzilgan bo`lsa, qoloq zvenodagi o`quvchilar ilg’or zvenodan o`rnak oladilar ishni puxta bajarishga harakat qiladilar.

Tajriba tugagach, o`quvchilar o`tkazilgan tajribaga hisobot yozadilar. Laboratoriya ishiga hisobotda quyidagilar: o`tkazilgan tajribaning mavzusi, ishlatilgan asbob va reaktivlar, tajribaning mazmuni hosil bo`lgan moddalarning o`ziga xos xususiyatlari, reaksiyaning tenglamasi yoziladi ishlatilgan asbobning rasmi chiziladi. Laboratoriya daftaridagi hisobot o`quvchining nazariy bilimlarni amaliy ish bilan naqadar bog’lay olishini ko`rsatuvchi nazorat ish bo`lib hisoblanadi.

Download 492.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish

Download 492.78 Kb.