• Kimyo xonasiga bo`lgan talablar
  • Maktabda kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari




    Download 492.78 Kb.
    bet9/41
    Sana05.06.2023
    Hajmi492.78 Kb.
    #69954
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
    Bog'liq
    Kitob 4719 uzsmart.uz
    kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

    Maktabda kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari


    O`qitish va tarbiyalash vositalari o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida foydalanadigan material ob`ektlarning tizimidir. O`qitish vositalari uchta katta guruxga bo`linadi.

    1. O`qituvchilar uchun qo`llanmalar.

    2. Maktab kimyo xonaning jihozlar.

    3. Kimyo darsliklari.

    O`qituvchilar uchun qo`llanmalarda kimyo o`qitish jarayonida tushunchalar hosil qilish mohiyati, tasavvur va tushunchalar hosil qilish yo`llari, tushunchalarni mantiqiy tahlil qilish va ularni hosil qilish bosqichlari oydinlashtirib beriladi. Kimyo o`qituvchilari uchun hamma vaqt kerak bo`ladigan qo`llanma har ikki oyda nashr etiladigan "Ximiya v shkole" "Xalq ta`limi» jurnallaridir.
    Maktab kimyo xonasi - kimyo fanini samarali o`qitishga yordam beradigan o`quv jihozlari, jihoz - reaktivlar bilan ta`minlangan maxsus xonadir. Hamma o`qitish vositalari kabi maktab kimyo xonasi o`quvchnlarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

    Kimyo xonasiga bo`lgan talablar:


    1. Ilmiy-metodik: kimyo xonasi kimyo fanining mazmuni, didaktika, psihologiya, tarbiyalash nazariya talablariga javob berishi kerak.

    2. Ergonomik, gigienik va texnik xavfsizligini ta`minlash kerak.

    3. Texnik, texnologik va iqtisodiy. Ishlatiladigan jihoz va jihozlar sodda, arzon, uzoq vaqt davomida chidaydigan materiallardan bo`lishi kerak.

    4. Maxsus. Kimyo fanini o`qitishda o`ziga xos bo`lgan vositalardan foydalanish uchun maxsus o`quv qurollari.

    O`quv jihozlarining sistemasi:

    1. Tabiiy ob`ektlar: reaktivlar, idishlar, jihozlar, minerallar, metallar to`plami va boshqa.

    2. Tabiiy ob`ektlarning tasviri: modellar, maketlar, ekran vositalari.

    3. Jadval va sxemalar.

    4. O`qitishning texnik vositalari: kinofil’m, diafil’m, diapozitiv, kodotransparant, audio - videoyozuvlari, o`qitish dasturlari, komp’yuterlar electron davriy jadval, interfaol doska.

    O`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rishda maxsus laborant xona yordam beradi. Bu xona o`qituvchi va laborantning ish joyi bo`lib, u erga o`quvchilarni kirishi taqiqlangan. Laborant xonada tarqatuvchi reaktivlar, o`qituvchining kutubxonasi, kartoteka va o`quvchilarning daftarlari turadi. Bundan tashqari maxsus seyfda “uchuvchan" va zaharli moddalar saqlanadi.
    Kimyo darsliklari ma`lum tartibda, kimyo fanini o`zlashtirish jarayonida materialning o`quvchilarga sekin-asta qiyinlashib borishi nazarda tutilib tuziladi. Darslikda mavzuning bayon etilishi o`qitishning faol usullaridan foydalanishga, o`qituvchi raxbarligi ostida tarbiyalovchi ta`lim jarayonini amalga oshirishga imkon beradi.
    Darslikning har qaysi bobi oxirida berilgan, maxsus tanlab olingan mashq va masalalar ta`lim-tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega.
    Maktabda kimyo asoslarini o`qitish tegishli kimyoviy tajribalarni tashkil etmasdan turib takomillasha olmaydi.
    Kimyoviy tajriba moddalar va kimyoviy reaktsiyalar haqidagi bilim manbai - o`quvchilarning bilim olish faoliyatini oshirish va darsga barqaror qiziqishini tarbiyalashda, kimyoviy bilimlarni amalda qo`llash esa tasavvurlarning shakllanishida muhim shart hisoblanadi.
    Tajriba - mavzusi yoki eng muhim tomonlarini turli jihoz, texnik vositalar yordamida ajratish va o`rganish imkonini beradi. Zarur bo`lganda tajriba tadqiqotchi tomonidan takrorlanishi mumkin. Bu esa ko`p jihatdan ilmiy tajribaning asosiy vazifasini ya`ni bizni qurshab turgan borlia haqida ishonchli dalillar olishni aniqlaydi.
    O`quv tajribasining ilmiy tajribadan farqi shuki, uning natijasi oldindan ma`lum bo`ladi. O`quv tajribasi texnik jihatdan birmuncha sodda va odatda vaqti cheklangan bo`ladi. O`quv tajribasi maktab kimyo kursida o`ziga xos o`rganish ob`ekti, tadqiqot usuli, yangi bilimning vositasi va manbaidir.
    Maktab kimyoviy tajribasi uchta asosiy vazifani bajaradi:

    1. O`qitish, bilim olish, kimyo asoslarini o`zlashtirish uchun amaliy muammolarni qo`yish va yechish, hozirgi zamon hayotida kimyoning ahamiyatini aniqlash.

    2. Tarbiya berish - mehnatga bo`lgan ehtiyojni ongli ravishda his etish, o`quvchilarni kasbiga ixlosini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish.

    3. Rivojlantiruvchi vazifa umumiy ilmiy va amaliy bilim hamda mahoratlarni egallash va ularni takomillashtirishdan iborat.

    Kimyoviy tajribani asosiy vazifalaridan biri - kuzatishni maqsad sari yo’nalishini tashkil etish, kuzatish mahoratini shakllantirish, kuzatish natijalarini tushuntirish, o`zlashtirilgan ma’lumotni xotirada saqlashdan iborat. Bundan tashqari, o`quv materialini tushuntira bilish, sababning natijaga bog’liqligi qonuniyatlari, o`rganiladigan mavzuni tub mohiyatini aniqlashdan iborat.

    Download 492.78 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




    Download 492.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabda kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari

    Download 492.78 Kb.