Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantning vazifasi




Download 492.78 Kb.
bet4/41
Sana05.06.2023
Hajmi492.78 Kb.
#69954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Kitob 4719 uzsmart.uz
kalendar reja El.tex. va elektronika, Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалар. Нурмухаммедов Х.С, Mamatisoyev Rahmatulloning TTAT fanidan mustaqil ishi, Namangan shahar Xalq ta, using System, 8007082, Operatsion tizimlar, Презентация1, 4, \'Dissotsiyalanish (1), госга шаблон , Қаюмова Умида-2020, Малайзия- SCOPUS, Master klass

Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantning vazifasi


Kimyo kabinetida laborant asosan quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  1. Kabinetdagi asbob-jihozlarni tartibli saqlash va kabinetni ozoda tutish jumladan, kimyo kabineti va preparatlar saqlanadigan xonalarni muntazam ravishda (vaqti-vaqti bilan) shamollatib turishi kerak.

  2. Kimyoviy idish, asboblar va ba`zi yordamchi materiallarni qulay o`rinlarga joylashtirish.

  3. O`qituvchining yordamida inventar va asbob-reaktivlarni hisobga olish daftarini yuritish.

  4. O`qituvchining topshirig’iga muvofiq kimyo kabinetiga zaruriy reaktiv va materiallar keltirish. Alohida tuzilgan grafik daftari asosida darsga kerakli o`quv qurollarini tayyorlash.

  5. Aptechkada birinchi yordam uchun zaruriy dori darmonlar bo`lishini nazorat qilib turish.

Bundan tashqari, o`quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o`zining nazariy va amaliy bilimlarini doimo oshira borishi va har yili o`qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. Har kuni ishning oxirida kabinetdagi elektr asboblar o`chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod va gaz jo`mraklari bekilganligini tekshirib, so`ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat, ko`zoynak, rezina qo`lqop bo`lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo`lishi, saranjom-sarishta ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so`ng qo`lini albatta sovunlab yuvishi lozim. Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi.
Laborant lavozimida yangi ishlayotgan kishiga quyidagicha maslaxat berish mumkin: xar bir ishni mas`uliyat sezgan holda o`ylab, ehtiyotlik bilan bajarishga harakat qilish, moddalarni kapsulyator yoki chinni qoshiqcha yordamida olish, ortiqcha moddalarni idishga qaytarib solmaslik lozim. Agar
modda etiketkasiz idishda bo`lsa, uni o`qituvchining ishtirokisiz sinab ko`rish yaramaydi.
O`quvchilarga o`qituvchining ruxsatisiz hech qanday modda bermaslik kerak. Asbob va idishlarni tajriba o`tkazishga tayyorlashda uning nixoyatda toza bo`lishiga e`tibor berish lozim; benzin quyilgan idishni issiq suv yoki 10% li oxakli suv bilan, yupqa devorli idishlarni esa «fil’tr qog’oz parchalari bilan yuvish kerak. Reaktivlarning qalin devorli shisha idishlarda qizdirish, qizdirilgan reaktivlarni issiq holicha o`lchov kolbasiga quyish yaramaydi. Xavonchada qattiq ishqor yoki tuzni maydalashdan oldin ko`zoynak taqish va rezinali qo`lqop kiyib olishni esdan chikarmaslik lozim. O`t olib ketish xavfi bor moddalarni juda ehtiyot bo`lib qizdirish, bunda ochiq alangadan foydalanmaslik kerak. Gazometrni kislorod bilan to`ldirganda uning suvini to`kish kerak.
Spirt lampalariga faqat denaturat quyiladi. Benzin, kerosin va boshqa organik moddalar qoldig’i rakovinaga emas, balki maxsus idishga quyiladi. Laborant laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishda o`qituvchiga bevosita yordam beradi. Har bir laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishda laborant nimalarni tayyorlashi kerakligini o`qituvchi maxsus laboratoriya jurnaliga yozib qo`yadi.
Laborant va o`qituvchi o`zaro birgalikda o`quv laboratoriya tajribasini mashg’ulotdan avval birinchidan yaxshilab tayyorgarlik ko`rishlari kerak, ikkinchidan, o`quvchi ishtirokisiz ya`ni o`zlari muayyan tajribani sinov tarzida bajarib ko`rishlari kerak. Aks holda mabodo o`quvchilarga tajribalarni ko`rsatayotganda biror muhim qismi ko`ngildagidek chiqmasa (masalan gaz chiqmay qolsa yoki cho`kma tushmay qolsa yoki rang o`zgarmay qolsa) tajribani ishonchliligiga putur yetishi mumkin.
Laborant ko`rsatadigan tajriba yoki laboratoriya mashg’ulotiga zaruriy asbob va reaktivlarni o`qituvchi tomonidan tuzilgan kartochka asosida tayyorlaydi. Ayrim hollarda ba`zi zarur narsalar laborantning esidan chiqib qolishi mumkin. Shu sababli tayyorlangan o`quv asbob-reaktivlarini o`qituvchi albatta ko`zdan kechirishi va yetishmagan narsalarni laborantga aytishi lozim.
Ko`pchilik hollarda, maktablarimizda laborantlar sifatida umumiy o`rta ma`lumotlilir ishlaydi. Shu sababli laborantning ishlarini doimo kuzatib borish, har haftaning bir kunida laborantlarning ishlari, shuningdek, nazariy bilimlar yuzasidan dars o`tib turish lozim. Ayniqsa, o`qituvchi laborantlarning quyidagi ishlarida ishtirok etishi kerak:

  1. turli normal va molyar eritmalar, shuningdek, ma`lum foizli eritmalar tayyorlash;

  2. o`quvchi stolini turli asbob va reaktiv bilan jihozlash;

v) elektr toki yordamida olib boriladigan mashg’ulotni jihozlash;
g) turli kislota va ishqorlarning eritmalarini tayyorlash;
d) moddalarni klassifikatsiyalashda.
Laboratoriya ishi bajarilayotganda laborant o`quvchilarning bajarayotgan ishlarini o`qituvchi bilan birgalikda kuzatib boradi. Lekin o`quvchining qilayotgan ishiga aralashmaydi, unga xalaqit bermaydi. Zarur hollardagina kerakli materialni olib keladi. Umuman, laboratoriya mashg’ulotining samarali o`tishi, o`qituvchi va o`quvchilarning tayyorgarligi bilan birga laborantning ongli ravishda bilib tushunib ishlashiga ham ko`p jihatdan bog’liq. Shu sababli laborant o`z vazifasini to`g’ri anglab, sidqidildan bajarishi kerak. Laboratoriyada, preparatlar xonalarida ovqat tayyorlash, ovqatlanish maqsadga muvofiq emas. Laborantning yana bir muhim vazifalaridan biri bu eskirgan va belgilangan yaroqlilik muddati o`tgan (yoki muddati yaqinlashgan) reaktiv va preparatlarni muntazam nazorat qilib bu haqida muddat tugashidan kamida 1 oy avval o`qituvchiga bildirishi yoki eslatishi kerak bo`ladi. Qolaversa etiketkasiz, tarkibi noaniq reaktivlarni laboratoriyada saqlamasligi kerak.
Yuqori kontsentratsiyali, o`yuvchi yoki o`tkir xidli (yoki shularga o`xshash) moddalarni hech qachon nazoratdan chetda qoldirmaslik kerak. Ularni qulflanadigan seyf yoki shkaflarda maxsus qutilarda saqlanishi xavfsizlikni ta`minlanishiga yordam beradi.

Download 492.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 492.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishda laborantning vazifasi

Download 492.78 Kb.