• Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi.
  • 4. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni
  • Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi




    Download 30,69 Kb.
    bet6/7
    Sana06.01.2024
    Hajmi30,69 Kb.
    #131087
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org (1)
    doktorlik, TAFSIR M.I. KARIMOV, Мустақил таълим Ишланмаси, 2-mavzu, c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari, O\'quv amaliyotga titul, Amir Temur tuzuklarida ilm, I bob. Ekstremal masalalarni elementar usullar bilan yechish ten-azkurs.org, Android dasturlash, FAMOUS BRANDS, diplomova prace (1), 21-Axborot-tizimlari, Tillo, 8-maruza Regressiya koeffitsiyentlari – empirik modellar parame-fayllar.org
    Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka
    shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni
    paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi.
    Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan
    kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon
    inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning
    zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib to‘rgan pallada maydonga
    keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina
    qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab
    etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular
    biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham uylay boshlaydilar.
    Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy
    konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari
    o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro aloqasi
    samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro
    aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari o‘rtasidagi
    daromad olib keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi.
    Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri
    iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti
    rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari
    xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortadi.

    4. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni
    Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa
    sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig‘indisi,
    uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib
    hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo‘lib Garvard biznes
    maktabi professori N. Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing
    kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan.
    Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar
    (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
    Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida
    albatta inson ishtirok etadi. SHuning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan marketing
    elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab
    o‘tilgandir. Marketing-miks elementlari 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.


    Download 30,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 30,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasi

    Download 30,69 Kb.