|
1-mavzu: Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining umumiy asoslari Reja
|
bet | 6/8 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 59,05 Kb. | | #246356 |
Bog'liq 1 маъруза. мут фан ук3. Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi talabalarni yosh xususiyatlari qonuniyatlariga va o‘quvchilarni rivojlanish darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish0va0amalga0oshirishga0mos0kelishiga0asoslanadi.
Bolani fikirlash darajasiga, to‘plagan bilimlari hajmiga, o‘zlashtirgan malaka va ko’nikmalariga mos bo‘lgan bilimlargina ularga tushunarli bo‘ladi.
Talabalarolgan bilim, shakllangan ko‘nikma va malakalar ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qo‘llansa u bilim tushunarli0bo‘ladi. Yangi bilimni maktab talabasining o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlar0va0uning0shaxsiy0tajribasi0bilan0bog‘lash0kerak.0Talabani0fikrlash0qobiliyatini0shakllantirish0kerak.
Bilimni tushunarli bo‘lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg‘otish0lozim. O‘rganilayotgan bilimlarning maktab talabasi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak.
Tushunarlilik prinsipida yengildan-og‘irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydan- murakkablikka0kabi0qoidalarga0rioya0qilinadi.
Tushunarlilik prinsipini amalga oshirida quyidagi talablarga rioya etish lozim:
- bola o‘rgatiladigan va beriladigan bilimlar ularni yosh xususiyatlariga va har bir yoshda0qabul0qilish0imkoniyatlariga0mos0bo‘lishi0lozim;
- talabani ongi va aqli belgilangan predmetni o’rganishga tayyorlangan bo’lishi lozim;
- talabalarga ta’lim berishda ularni hayotiy tajribalarini, qiziqishlarini, rivojlanish xususiyatlarini0o‘rganing0va0ularni0hisobga0oling;
- ta’lim mazmuni va ulublarini tanlashda talabalarni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga0oling;
- o‘quv jarayonida kuchli talabalarni bo‘shashtirmaslik, o‘rta va bo‘sh talabalarda tez harakatni o‘stirish uchun hammaga mos bo‘lgan dars o‘tish sur’atini tanlash lozim;
- Talabalarda aniq bilimlar va malakalarni shakllantirishda pedagogika va psixologiyadagi0eng0so‘nggi yangiliklardan0foydalaning;
- yangi va murakkab materialni o‘rganishga kuchli talabalarni, o‘quv materialini mustahkamlash uchun o‘rta va bo‘sh o‘qiydigan talabalarni jalb qiling;
- talabalarga darsni tushunarli bo‘lishi uchun tushunchalarnni aniq ifoda eting, ayrim mavzularni tushuntirishda hayotiy misollardan, aniq ma’lumotlardan va adabiyotlardan0foydalaning;
- ta’lim jarayonida nimani tushuntirish zarurligini, yoki nimalarni bolalarni o‘zlari mustaqil0o‘zlashtirib0bilib0olishlarini0his0qiling;
- talabalarni bilish faoliyatlariniga boshqaring talabalarni yangiliklarni topishga o‘rgating;
- ta’lim jarayonini tushunarli bo‘lishi uchun, o‘qituvchi talabalarni mustaqil tahlil qilishga0yo‘naltirishi0kerak;
- ta’limni tushunarli bo’lishi bu ishchanlik bilan bog‘liqdir.
Ishchanlikni rivojlantirish va mashq qildirish orqali talabalarni uzoq davom etadigan fikriy0faoliyatga0o‘rgatib0boring.
4. Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi. Ko‘rgazmalilik prinsipi - ta’lim jarayonida juda0keng0qo‘llaniladi.
O‘qitishning ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu - ko‘rgazmali qurollarga tayanish, talabalar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. Maktab talabalari uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa0chiqarish0jarayonining0shakllanishiga0yordam0beradi.
Ko‘rgazmalilik0prinsipi0o‘qituvchiga0quyidagi0talablarni0qo‘yadi.
- Talaba materialini o‘rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunishi kerak.
- Hissiy obrazlardan mashg‘ulotda talabalar rivojlanishining mustaqil sifati jihatida foydalanish0hususiyatini0aniqlash0lozim.
- Mashg‘ulotda hissiy bilimlar qaysi bir ko‘rgazmali qurollar yoki texnikaviy vositalar0yordamida0shakllanishini0hal0qilishi0kerak.
- Talabaning bilish faoliyatida tabiatdagi majud narsalarni, hodisalarni tasavvur qilish0qobiliyatiga0erishish0kerak.
- O‘quv materiali narsalarni, hodisalarni umumlashgan tarzda tasavvur etishlari uchun0shart-sharoitlar0yaratish0lozim.
- Bolalar shakllar, ranglar, his qilish orqali fikrlaydi, shuning uchun ko’rgazmali ta’lim0ular0uchun0muhimdir.
- Ta’limda hech qachon faqatgina ko‘rgazmalilikka suyanib qolmang u faqatgina o‘quvchilarda0fikrlashni0o‘stirishga0yordam0beradigan0vositadir.
- Ko‘rgazmalilikdan faqat ko‘rsatish uchun emas, balki o‘quvchilarni mustaqil bilim olishlarida ularni tadqiqot- izlanish ishlarini tashkil etishga o‘rgatishda ham foydalaniladi.
- Ta’lim va tarbiya berishda shuni yodda tutinki, ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan predmet va hodisalar to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlarni hosil bo‘lishiga0yordam0beradi.
-0Ko‘rgazmalilikda doimiy ravishda ketma-ketlikka rioya qiling.
- Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llaganda bolalar bilan uni bir butunligiga, keyin esa asosiy0va0ikkinchi0darajali0tomonlarini0ko‘rish0kerak.
- Talabalar bilan birgalikda ko‘rgazmali qurol tayyorlashga harakat qiling.
- Hech qachon o‘zingiz yaxshi bilmaydigan narsalarni ko‘rsatmang, ko‘rgazmali qurollarni0puxta0qilib0ishlang.
- Zamonaviy ko‘rgazmali qurollardan o‘quv ko‘rsatuvlari, videotasmalar, slaydlar, ta’limning texnik vositalaridan va ulardan foydalanish metodikasini bilish kerak.
- Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash orqali bolalarda diqqatni, kuzatuvchanlikni fikrlash madaniyatini, bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash mumkin.
- Ko‘rgazmalilik kuchli ta’sir etuvchi vositadir, shuning uchun undan to‘g‘ri foydalanish zarur, agar undan noto‘g‘ri foydalanilsa talabalarni asosiy vazifadan fikrlarini0tarqatib0yuborishi0mumkin.
5. Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta’lim jarayonida asos qilib olingan qoida0sifatida0quyidagi0uchta0muhim0jihatini0o‘z0ichiga0oladi:
-0talabalar tomonidan o‘quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi;
-0o‘quv0mashg‘ulotlariga0ongli0munosabatda0bo‘lish;
-0bilish0faoliyatining0shakllanishi.
1. O‘rganiladigan bilimlar va muammoli vaziyatlarning o‘rtaga qo‘yilishidan boshlab,0talabalarning materialni ongli ravishda tushinishi boshlanadi.
Ayrim paytda talabalar ta’lim mazmunini ongli ravishda o‘zlashtira olmaydilar. Sababi ular o‘quv vazifasini hal etish lozim bo‘lgan muammoli vaziyat deb qabul qilmaydilar, ya’ni, ular vazifani atroflicha o‘ylab ko‘rmadilar, faqat o‘qituvchining aytgani0bo‘yicha0nima0qilish0kerakligini0yodlab0olishadi.
Vazifani to‘liq tushunib yetgachgina yechimini qidirib topish imkonini beradigan asosiy0ma’lumotlarni0aniqlab0olish0kerak.
Talabalaryangi mazmunga tegishli bo‘lgan bilimlarni, maxorat va ko‘nikmalarni esga olishadi, so‘ngra yangi materialni o‘zlashtirishga kirishadi. Ayrim hollarda talabalar yangi bilimga tegishli o‘tilgan temani qaytarmay, ongsiz ravishda yangi materiallarning yengil - yelpi o‘zlashtirishga harakat qiladi. Bu o‘zlashtirilgan yengil - yelpi bilimlar tez kunda talabalarning xotirasidan chiqib ketadi.
O‘rganilgan qoidalarni bilish, ularni tushuntira olish, yangi bilimlar asosida masalalarni yecha bilish, mashqlarni bajara bilish, o‘rganilgan materiallarni mustaqil ravishda takrorlay olish; yangi temani o‘zlashtirish uchun boshqa o‘quv fanlardagi bilimlardan foydalana bilish, o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay bilish va o‘z bilimlarini davriy ravishda chuqurlashtirish juda muhimdir.
2. Talabalarning bilim olishga ongli munosabatda bo‘lishi - bu talabaning maktabga, o‘quv mashg‘ulotlariga, o‘rtoqlariga, talaba sifatida o‘ziga bo‘lgan munosabati tushuniladi. Ongli munosabatni shakllantirish avvolo o‘qitishning mazmuni va ta’lim berish metldlariga bog‘liq. Mashg‘ulot qiziqarli bo‘lsagina o‘quvchi o‘qishga intilib turadi. Bu o‘rinda ko‘p narsa o‘qituvchiga, uning ish uslubiga, talabalarga bo‘lgan0munosabatiga0bog‘liq.
3. Prinsipning uchinchi jihati talaba va talabalarning bilish faolligini oshirishdir.
Talaba0bilish0faolligining0darajasi0turlicha0bo‘lishi0mumkin:
Eng yuksak daraja. Talaba -talaba o‘rganish maqsadida mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsga faolligi, mehnatsevarligi va bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o‘rinda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchi- talabaga o‘qish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi, unga aqliy faoliyatini rivojlantirishni qulay usullarini o‘rgatishdan0iboratdir.
Yuksak daraja. Talaba-talabalar materialni faollik bilan, lekin o‘qituvchining rahbarligida ostida o‘raniladilar. O‘qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishda, qa’tiyatli, irodali bo‘lishda yordamlashgan holda ular faoliyatini yo‘naltirib boradi.
O‘rtacha daraja. Talaba-talabalar ta’lim mazmunini o‘zlashtirib olishga intiladilar, lekin turli sabablarga ko‘ra diqqat e’tiborsiz bo‘lib qoladilar. O‘qituvchi bu sabablarni0aniqlashtirib,0so‘ngra0ta’sir0ko‘rsatib0faollikni0oshiradi.
Past daraja. Talaba-talabalar ta’lim vazifasini anglaydilar, biroq ular o‘qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg‘ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. O‘qituvchi bunday talabalar uchun qo‘shimcha0mashg‘ulotlar0tashkil0etish0lozim.
Eng past daraja. Talaba - talaba vazifasi talaba faoliyatini belgilamaydi. U materialni zarurat bo‘lgani uchun o‘zlashtiradi, ichki g‘ayrat va omil tufayli emas, balki o‘qituvchi, ota-onalar, kata yoshdagilar majbur qilganliklari sababli. Odatda bunday talabalar mehnati samarasiz bo‘ladi, ular alohida yondoshini talab qiladi.
O‘qitishning ongliligi va faolligi prinsipi o‘qituvchining oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi:
Birinchidan. Talabalarning ongli ravishda tushunishini, ongli munosabatini va bilish faolligi darajasini bildiradigan belgilarni bilish kerak.
Ikkinchidan. Materialni ongli ravishda o‘zlashtirishga yordam beradigan aqliy harakatlarni, fikrlash jarayonlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish kerak.
Uchinchidan. O‘qish sabablarini o‘rganish va o‘qish jarayonida o‘quv mashg‘ulotlariga, maktabga, o‘qituvchilarga, o‘rtoqlariga nisbatan ijobiy munosabat paydo bo‘lishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan omillarni nazarda tutish kerak.
To‘rtinchidan. O‘quv mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazish jarayonida bilish faolligini oshirish vositalari va usullarini maxsus planlashtirish diqqat- e’tiborini, ishga0qobiliyatlilikni0shakllantirish0shart.
6. O‘qitishning puxtaligi prinsipi. Ta’lim berishning muxim vazifalaridan biri mustaqil bilim olishga, malaka va ko‘nikmalar ta’sir qilishga erishishdan iboratdir.
Bilimlarni0o‘zlashtirishning0puxtaligi0quyidagi0omillarga0bog‘liq:
-0tushuntirishning0ilmiyligi0va0tizimlililigi,
-0tushunishning0ongliligi,
-0talabalarning0bilish0faolligi,
-0o‘qish0sabablariga,
-0kitoblarning0sifatiga,
-0o‘qituvchining0mahorati0va0h.k.
Ta’limning puxtaligi prinsipi o‘quv jarayoniga nisbatan quyidagi talablarni qo‘yadi:
Birinchidan. Mashg‘ulot materialida asosiy fikrni alohida ajratib ko‘rsatish kerak. Mashg‘ulotda takrorlash, tushuntirish, mustahkamlash asosiy qismlarini tashkil qiladi. Mashg‘ulotda o‘rganiladigan material nazariy qoidalardan, aniq ma’lumot, bayon0va0izohlardan0iborat0bo’lishi0kerak.
Ikkinchidan.0Nazariy0bilimlarning0asosiy0fikr0negizida0guruhlanadigan,0birlashadigan qismini yaxshi tasavvur etish kerak. Asosiy qoidalar bilim, ko‘nikma va malakalarning shakillantiradigan bo‘lsa, u xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Uchinchidan. O‘rganilayotgan materialning nuqtai nazarlari, e’tiqodlari, dunyoqarashi bilan bog‘liqligi bilimlarini puxtaligini ancha oshiradi.
To‘rtinchidan. Talabaning bilim ko‘nikma va malakalari amaliyot bilan bog‘lansa, ya’ni, amalda qo‘llanilsa ular mustahkam bo‘ladi. Talabalarga olinayotgan bilimlarining amaliy ahamiyati, hayotda ularni qo‘l kelishini tushintirish bu borada o‘ta zarur.
|
| |