|
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o
|
bet | 2/8 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 59,05 Kb. | | #246356 |
Bog'liq 1 маъруза. мут фан укMaktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot,Orivojlanish.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashgaOegaObo‘lganOjamiyatOa’zosi.
O Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har0tomonlama0o‘stirish, uning0ongi,Oxulq-atvoriOvaOdunyo qarashini tarkib toptirish0jarayoni.
Ta’lim-talabalarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishgaPyo‘naltirilganPjarayon.
Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish-shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumniptashkilpetuvchippedagogikpfanlarptomonidanpo‘rganiladi.
1..Metodikapxususiypfanlarnipo‘qitishpxususiyatlarinipo‘rganadi.
2. Pedagogika tarixi - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
3. Pedagogik texnologiya-ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayoniningpsamaradorliginiposhirishpmuammolarinipo‘rganadi.
4. Pedagogik mahorat-bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirishpmuammolarinipo‘rganadi.
5. Ta’limni boshqarish-ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
■ Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o‘qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda obyektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
■ Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”.
■ Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D. Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K.D. Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P.oBaxterovovapboshqalarningpishlaridapo‘zpaksiniptopgan.
■ Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”
■ XX asrning 70-yillarida Y.K. Babanskiy, B.S. Ilin, V.M. Korotov, B.V. Kraevskiy, B.T. Lixachev, Y.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqishpbilanoqarashdi.
■ Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagipo‘zaropaloqadorliknipaniqlashpkabilarnipo‘zidapjamlaydi.
■ Pedagogik jarayon-pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy kategoriyalaridan biri.
■ Pedagogik jarayon tarbiyachilarning pedagogik faoliyati boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini - o‘zi o‘zgartirishining maqsadgapyo‘naltirilganpmazmundor,ptashkiliypharakatidir.
■ U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, tarbiyachilarning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
■ Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mohiyati, mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o‘zaro harakatiga bog‘liq bo‘ladi.
■ Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati-yagonalik, undagi barcha muhim tarkibiyoqismlarnipsaqlaboqolishozaruriyati.
■ Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning0mohiyatini0tashkil0etadi.
■ Pedagogik jarayon-ko‘plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig‘indisidir. Unda o‘qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari birlashadi.
■ Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo‘ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichkipmunosabatlari:
-0uni0tashkil0etuvchi0jarayonlarning0birligi0va0mustaqilligi;
-0undagi0jarayonlarning0yaxlitligi0va0teng0huquqliligi;
--umumiyomavjudlikovaoo‘zigaoxosliknipsaqlashdaonamoyonpbo‘ladi.
■ Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o‘zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish (struktura)-bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo‘yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o‘zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilanoxarakterlanadi.
■ Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
-ppedagog-tarbiyachilar;
-otarbiyalanuvchilar;
-ptarbiyaviyoshart-sharoitlar.
■ Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko‘p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad - har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan - alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o‘z ichiga qamrabooladi.
■ Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko‘p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad - har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan - alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o‘z ichiga qamrabooladi.
■ Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo‘yadiganoma’nonipaks0ettiradi.
■ Faoliyatli tarkibiy qism - jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo‘lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana0tashkiliy0yokiptashkiliy-boshqaruvliodebphampnomlanadi.
■ Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samaradorligini aks ettiradi, qo‘yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o‘zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.
|
| |