• Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni
  • 2- bosqich . (1831-1880 yillar. Elektr tokini hosil qilish va uni o‘rganish davri).
  • - bosqich. 1831 yilgacha bo‘lgan davr




    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana24.01.2023
    Hajmi451.66 Kb.
    #39320
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    elektr1-ma\'ruza
    Жураев А, Lagranj interpolyatsion formulasi. Nyutonning tengmas oraliqlar (1), Yeshniyazov Erkin Dasturlash, Avtomatik qayta ishga tushirish - Vikipediya., Menejment-va-strategik-rejalashtirish, 1-Laboratoriya ishi, Lecture 2, axborot xavfsizligi, django 1, amaliyot kt, 2- mavzu O‘quv amaliyot mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi, 56-59, Mustaqil ta’lim uchun mavzular Sharq mutafakkirlarining pedagog, markaziy-osiyo-davlatlari-tashqi-siyosatida-mintaqaviy-hamkorlik
    1- bosqich. 1831 yilgacha bo‘lgan davr (elektr va magnitik hodisalar alohida 
    o‘rganilgan davr).Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda 
    ko‘rib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning o‘rtalarigacha elektr va 
    magnit maydonlari alohida o‘rganib kelingan va alohida hodisalar deb qaralgan. 


    1.1-rasm. Tabiatdagi elektr jarayonlari. 
    Faqatgina 1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga ta’sirini 
    o‘rgangandan so‘ng, 1.2-rasm, elektr va magnit maydonlari yagona fizik hodisaning 
    ikki tomoni ekanligi isbotlandi va butun Yevropa bo‘ylab elektr sohasida amaliy ishlar 
    juda avj olib ketdi. 
    Elektr va magnitik hodisalarni yagona jarayon deb qarab 1831 yilda Maykl 
    Faradey magnit maydonining o‘zgarishi o‘tkazgichda elektr toki hosil qilishini amalda 
    kashf etdi va elektr jarayonlarni o‘rganishda butunlay yangi davrni boshlab berdi. Bu 
    kashfiyot fanga Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni nomi bilan kirib 
    keldi. Elektromagnitik induksiya qonuni bugungi kunda ham zamonaviy elektronika, 
    mikroelektronika, nanotexnologiya sohalarida o‘zining ahamiyatini yo‘qotmaydi. 


    1.2-rasm. Ersted tajribasida tokli o‘tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri. 
    2- bosqich. (1831-1880 yillar. Elektr tokini hosil 
    qilish va uni o‘rganish davri). 1831 yilda Faradey 
    elektromagnitik induksiya qonunini kashf etgach fan 
    olamida elektr jarayonlarni o‘rganish o‘ta tezkor suratlarda 
    avj olib bordi. Ilmiy tadqiqotlar shu darajada keng avj oldiki, 
    hatto Yevropa davlatlarida fanga aloqasi yo‘q zodagonlar 
    ham o‘z uylarida olimlarni taklif etib elektr bilan 
    shug‘ullanuvchi laboratoriyalarini tashkil etish rasm bo‘lib 
    ketdi. 
    Maykl Faradey 1791-1867 yillarda yashab o‘tgan 
    mashhur ingliz fizik-olimi. U 1821 yilda Ersted tajribalari 
    asosida magnit maydoni va elektr yagona fizikaviy hodisa ekanligini isbotladi. 1831 
    yilda esa magnit maydonining o‘zgarishi o‘tkazgichda elektr toki hosil qilishini kashf 
    etdi. Fanda bu elektromagnitik induksiya qonunini sifatida joy oldi. 
    Shu davrlarda Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell 
    o‘zining mashxur elektromagnitik maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnitik 
    to‘lqinlarni o‘rganib undan amalda foydalanish asoslarini yaratdi. Ana shu tariqa 
    sanoat elektrotexnikasi paydo bo‘la boshladi. Elektrotexnika asta-sekin ilmiy 
    laboratoriya chegaralaridan chiqib jamiyat hayotiga kirib kela boshladi. Eng dastavval 
    elektr fonuslari va elektr yoy chiroqlari yaratildiki bu insoniyat taraqqiyotida yangi 
    davrni boshlab berdi. 
    1.3 rasm. Faradey tajribasi.19-asrda Edison fonuslari keng tarqaldi 
    Эрестед тажрибаси 
    Ток манбаси 
    Истемолчи 
    Магнит стрелкаси 
    Токли ўтказгич 


    Elektroenergetika taraqqiyotiga ulkan hissa 
    qo‘shgan muhandis olimlardan biri Tomas Alva 
    Edisondir. U 1857-1931 yillarda Amerikada yashab ijod 
    qilgan. U elektr energiyasini sanoat miqyosida ishlab 
    chiqarishga asos solgan, shuningdek, elektr yoritish 
    tizimlari, telefon, telegraf, kino texnikasi rivojiga katta 
    hissa qo‘shgan mashhur kashfiyotchi, hamda yirik 
    sanoatchi sifatida amerikaning mashhur shaxslari 
    qatoridan o‘rin olgan. Tomas Edison dunyoda eng ko‘p 
    4000 dan ortiq patentlarga ega bo‘lgan yagona 
    ixtirochidir.Garchi yoyli lampalar ancha avval 1803 
    yilda rus olimi Petrov, 1810 yilda ingliz olimi Devilar 
    tomonidan taklif etilgan bo‘lsada, ularning samaradorligi juda past bo‘lgan. 1876 yilda 
    rus olimi P. N. Yablochkov va 1879 yilda Edisonlar tomonidan yaratilgan elektr 
    lampalar keng ishlab chiqarila boshlandi, 1.4-rasm. 
    1.4-rasm. Lodigin va Edisonlar o‘z lampalari bilan 

    Download 451.66 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - bosqich. 1831 yilgacha bo‘lgan davr

    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish