Ijtimoiy psixologik trening




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

17.2.Ijtimoiy psixologik trening 
Shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanish uni kelgusidagi murakkab va 
xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday 
tayyorgarlik, barcha soha mutaxassislari uchun muhim, chunki ular o‘z 
kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir 
vaziyatda ulardan nihoyatda o‘tkir didlilik, odob va kishilar 
psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab 
qilinadi. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noyob usuli bor, u ham 
bo‘lsa, ijtimoiy psixologik treningdir.
Trening usulining ijtimoiy-psixologik mohiyati shudaki, bu usul 
orqali odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy 


270 
sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib 
aytganda, trening muloqotga o‘rgatishdir. To‘g‘ri, odam kishilar 
jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida turli muloqot 
shakllariga o‘rganib, o‘zida ma‟lum muloqot malakalarini shakllantirib 
boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga 
qaratilgan holda ham hosil qilinishi mumkin. Oxirgi holat hozirgi 
zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida 
to‘g‘ri moslashishiga yordam beradi. Bu narsa insonda, ijtimoiy aql-
zakovatning shakllanishiga olib keladi. Ma’lum bir muammolarni xal 
qilishda psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va mashqlar 
to‘plamidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi. Shuni alohida qayd 
etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu 
boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan 
shaxs psixologiyasi, shaxsning individual psixologiyasi bilan ishlashni 
taqozo yetadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar 
psixologik treninglar deb ataladi. Har qanday psixologik treninglarni 
tashkil etish qo’yidagi bosqichlardan tashkil topdi: 
guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi - trening guruhini, 
ya’ni treningda ishtirok etuvchilar guruhini yig‘ishga qaratilgan 
bosqich; 
boshlang‘ich bosqich – guruh normalarni ishlab chiqish 
bosqichi. Guruhiy normalar guruhda mashg‘ulotning dastlabki 
soatlaridanoq samimiylik, o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat muhitini 
vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni ishlab 
chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya 
qilish kerakligi tug‘risida kelishish va har bir a‟zoning roziligini olish 
kerak; 
ishni olib borish bosqichi - bu trening jarayonini va 
mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening 
jarayonida qo‘llaniladigan usullardan iboratdir; 
yakunlash bosqichi – trening yopilishini yuqori hissiy 
to‘lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir 
ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari 
uchun o‘zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo‘lib 
o‘tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash, hamda 
ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish, guruh 


271 
ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan trening mashqlariga yakun yasash 
hamda erishilgan natijalar bo‘yicha xulosa qilish bosqichi. 
Trening-inglizcha “maxsus rejim, trenirovka” degan ma‟noni 
bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta‟lim mahsuli 
sifatida shakllanib boradi. Ijtimoiy psixologik treninglar ikki xil 
vazifani: 
1) muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o‘rganish; 
2) pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy 
pedagogik muomala ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni 
tahminlaydi. 
Ijtimoiy psixologik trening muammosining nazariy va amaliy 
tomonlari ajratib ko‘rsatiladi. Amaliy tomoni trening ishtirokchilar 
bilan bo‘ladigan muloqot ko‘nikmalari va malakalarini egallashga va 
ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar: 
darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan harakat qilish 
malakalarini, pedagogik ish davomida mushaklarning zo‘riqishini 
so‘ndirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash malakasini 
shakllantirishga, kuzatuvchanlikni namoyon qilishga qaratilgan 
mashqlarni taqozo etadi. 
Ijtimoiy aql-zakovatga ega bo‘lgan shaxs o‘zini ham, o‘zgalarni 
ham, ularning o‘zaro munosabatlarini ham to‘g‘ri anglaydi hamda turli 
muloqot shakllarini bashorat qila oladi. Ana shunday aqlning bo‘lishi 
uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari 
tashkil etishni taklif qilib chiqishgan. Shunday maqsadlarda G‘arbda 
mashhur bo‘lgan T-guruhlar tashkil etilib,unga ixtiyoriy muloqot 
jarayonida ma’lum qiyinchiliklarni his qilayotgan shaxslar taklif etiladi. 
Ijtimoiy 
psixologik 
treningning 
asosiy 
metodlariga 
guruhiy 
munozaralar, rolli o‘yinlar va psixologik sezgirlikni oshiruvchi 
treninglar kiradi. T-guruh a’zolari odatda 7 kishidan 15 kishigacha 
bo‘lib, mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom
etadi. T-guruhning ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan, odamlar 
o‘rtasida iliq o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib, 
shaxsda birovni tushunishga intilish, uning manfaati yo‘lida o‘z 
qarashlarini ham qayta analiz qilish ehtiyojini paydo qiladi. 
Ikkinchidan, T-guruh a’zolari o‘rtasida shunday umumiy 
“psixologik til” paydo bo‘ladiki, ular tez orada o‘zgalarni va o‘z his-
kechinmalarini anglabgina qolmay, balki bir-birlariga ham ijobiy ta‟sir 


272 
ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ularda muloqot mobaynida 
o‘zini “o‘zgalar” o‘rniga qo‘yish, ularning ichki olamini to‘g‘ri 
tushunish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi 
mashg‘ulotlar muloqot jarayonining turli murakkab qirralaridan 
tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo‘yicha ham ishtirokchilarni 
chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning tub 
ma‟nosini tushunishga erishadilar. Masalan, “xayr, yaxshi qoling” 
iborasini uning qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab, 
suxbatdoshning “yashirin” niyatlarini o‘qib olish va shunga ko‘ra 
harakat qilishga o‘rgatadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish