• Elektron pedagogika
  • 2.2. Pedagogika sohalarining o‘ziga xos xususiyatlari
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Tibbiy pedagogika
    - shaxsga psixologik-pedagogik va tibbiy 
    ta’sir ko‘rsatishning zamonaviy vositalari va usullarini, inson 
    ruhiyatining umumiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 
    sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish to‘g‘risidagi fan.


    27 
    Elektron pedagogika
    - pedagogik faoliyatda kerakli interaktiv 
    o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari 
    to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha 
    elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy 
    ko‘nikmalar hosil qilish to‘g‘risidagi fan. 
    2.2. Pedagogika sohalarining o‘ziga xos xususiyatlari 
    Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy taraqiyot barcha 
    sohalardagi fanlar kabi pedagogika fani va pedagogika o‘quv predmeti 
    oldida barkamol inson shaxsini shakllantirish masalasini ham nazariy, 
    ham amaliy jihatlardan ro‘yobga chiqarishni qo‘ymoqda. Ma’lumki, 
    barkamol inson deganda aqliy va jismoniy faoliyatni uyg‘un holatda 
    ifodasi tushuniladi, demak barkamol inson aqliy va jismoniy quvvatga 
    ega bo‘lib sabr-toqat, mehr-shafqat, diyonat, shijoat, qatiyatlik, 
    tadbirkorlik, ishbilarmonlik, hushyorlik, ehtiyotkorlik, jasorat, 
    chidamlilik fazilatlarini yaxshi anglagan va o‘zida shakllantirishga 
    intiluvchi shaxs hisoblanadi. Bunday inson yangi barpo etilayotgan 
    jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga o‘z hissasini 
    qo‘sha oladigan bunyodkor va tashkilodchisidir. Ma’lumki, bunday 


    28 
    inson pedagogik jarayonda shakllanib boradi. Zero, pedagogik jarayon 
    tarbiya, ta’lim, ma’lumot olish sharoitida insonni barkamolikka 
    undovchi, ko‘maklashuvchi ijtimoiy pedagogik hodisadir. Shu nuqtai 
    nazardan hozirgi davr pedagogikasi yoshlar ma’naviy-axloqiy 
    barkamolligini ta’minlashda tarbiya, ta’lim, ma’lumot olish 
    jarayonlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday 
    qilib pedagogika fan sifatida va o‘quv predmeti sifatida barkamol 
    avlodni tarbiyalash, o‘qitish hamda ma’lumotli qilishning mazmuni 
    maqsad va vazifasi shakllari, metodlari, usullari, vositalarini ta’lim 
    muassasalariga pedagogik jarayonni boshqarish kabi masalalar tizimini 
    muayyan izchillik, ketma-ketlik uyg‘unlikda amalga oshirish yo‘llari 
    to‘g‘risidagi masalalarni o‘rganadi. Xo‘sh, tarbiya ta’lim, ma’lumot 
    pedagogik jarayon rahbarlik va boshqarish nima? Ular qanday 
    mazmunga ega tarbiya-ijtimoiy hodisa sifatida barkamol avlodni 
    hayotga va mehnatga tayyorlash jamiyatni yanada rivojlantirish 
    maqsadida katta avlodning kichik avlodga ijtimoiy tarixiy tajribalarni 
    o‘rgatish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy, estetik, huquqiy, 
    ekologik fazilatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu jarayonda inson 
    ijtimoiy tarixiy tajribalarni o‘zlashtirish oldingi avlodning ma’naviy 
    insoniy fazilatlarini egallash orqali shaxs bo‘lib shakllanadi va jamiyat 
    taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi. Insonlardagi dunyoqarash, e’tiqod, 
    diyonat, rahm shavqat, ezgulikni qabohatdan, yaxshilikni yomonlikdan, 
    halollikni haromdan ajrata bilish tarbiya yordamida amalga oshadi. 
    Ta’lim shunday bilish jarayoniki unda o‘quvchilar o‘qituvchi 
    yordami va rahnamoligida ilmiy bilimlar bilan qo‘llanadilar, amaliy 
    ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar, aqliy va jismoniy kuchlarni 
    rivojlantiradilar, dunyoqarashlarini, ma’naviy-axloqiy sifatlarini 
    shakllantiradilar, hayotga va mehnatga tayyorlanadilar. Ma’lumot-bu 
    tizimlashgan hamda umumlashgan bilim ko‘nikma va malakalar 
    yig‘indisi. Bir so‘z bilan aytganda ta’lim tarbiyaning natijasi maxsuli. 
    Bularning barchasi pedagogik jarayonda amalga oshadi va harakatga 
    kiradi. Shu ma’noda pedagogik jarayon – bu yaxlit o‘quv tarbiya 
    jarayoni, yaxlitligida tarbiya va ta’lim asosida ta’lim o‘gatuvchilar 
    bilan ta’lim oluvchilarning hamkorligidagi ijodiy faoliyat yordamida 
    har tomonlama kamol topgan shaxsni tarkib toptirishdir. Demak, 
    mazkur jarayonni yo‘lga qo‘yishni ilmiy amaliy hal etishi yordamida 
    tarbiya va ta’lim maqsadlarini to‘la amalga oshirish pedagogika fani va 
    o‘quv predmetining bosh masalasi hisoblanadi. Shunga asosan 


    29 
    pedagogika ham fan sifatida ham o‘quv predmeti sifatida tarbiya va 
    ta’lim ishlarining qonuniyatlari qoidalari sahllari usullari hamda 
    vositalarning davr talablari asosida qanday bo‘lishi kerakligini belgilab 
    berishni nazarda tutadi.

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish