• Ko‘rishga moslashtirilgan vizual (ekranli) vositalar.
  • O‘qitishning texnika vositalari va ularning turlari




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    O‘qitishning texnika vositalari va ularning turlari. 
    Zamonaviy 
    o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan didaktik 
    vositalarning xilma-xilligini tasniflash va ularni qo‘llashda o‘quv 
    jarayonining, shart-sharoitlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. 
    Hozirgi zamonda ta’lim va tarbiya imkoniyatlarini oshirishga yordam 
    beradigan va ko‘p qo‘llaniladigan didaktik vositalar majmuining eng 
    ko‘p tarqalgan turi–bu o‘qitishning texnika vositalaridir. O‘TV garchi 
    ilmiy asosda qat’iy tavsiflangan texnika vositalari mavjud bo‘lmasada, 
    ammo ularni tasniflashda pedagogikada ayrim yondashuvlar mavjud. 
    O‘qitishning texnika vositalarining bunday guruhlanishi, avvalo, 
    ularning sezgi organlariga, xotiraga, diqqatga ta’sirini va bajaradigan 
    ish turini hamda ishlash prinsipining inobatga olinganligidadir. Bunda, 
    O‘TVning avtomatlashtirilganlik darajasi, o‘qituvchilar tarkibi, texnika 
    vositalarining tuzilishi, o‘quv jarayonida ularni qo‘llash imkoniyatlari 
    e’tiborga olinmog‘i darkor. O‘qitishning texnik vositalari o‘quvchi-
    yoshlarning sezgi organlariga, diqqat va xotiraga ta’sirini inobatga olib, 
    hamda O‘TV qo‘llash jarayonida, o‘qitishning oddiydan murakkabga, 
    aniqdan noaniqqa tamoyili asosida ish tutishi va ularni o‘rganishda ham 
    shu ketma–ketlikka rioya qilish muhim didaktik hodisa deb 
    tavsiflanadi. endi ularni shu yo‘nalish bo‘yicha tasniflanishini ko‘rib 
    chiqamiz.
    1.
    Ko‘rishga moslashtirilgan
    vizual (ekranli) vositalar.
    Bu 
    o‘quv–texnika vositalari o‘qitishning didaktik vositalar majmui orasida 
    eng birinchilaridan biri hisoblanadi va o‘quv jarayonida ham eng ko‘p 
    qo‘llaniladi. Chunki, ular oddiy bo‘lib foydalanish uchun eng qulay va 
    ko‘p tarqalgan vositalardir. Bunday texnika vositalariga diapozitivlar, 
    epidioskoplar, kodaskoplar, diafil’mlar, transparantlar, dioproek-torlar, 


    115 
    grafoproektorlar, fil’moskoplar, kinoproektorlar, videoproek-torlar 
    kiradi. Ularning ishlash texnologiyasi deyarli bir xil bo‘lib, ular shisha, 
    shaffof plyonkalarda yozilgan ma’lumotlar va axborotlarni ekranda 
    proektsiyalab beradi. Fikrlar aniq, lo‘nda qilib bayon etilgan, ammo 
    tovushsiz. Tovushli eshittirish orqali ma’lumotlarni idrok etish 
    zamonaviy o‘quv radiosi, tovush yozuvchi va tovushni kuchaytirib 
    beruvchi apparaturalar orqali amalga oshiriladi. 
    2. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitishning texnika vositalari va ularning turlari

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish