• Darsliklarning multimediali ilovalari
  • Diagnostika
  • Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan  inson g‘oyalari yig‘indisi;  Darslik —




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan 
    inson g‘oyalari yig‘indisi; 
    Darslik — davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi 
    asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik 
    talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, 
    uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining 
    maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi 
    va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab 


    306 
    chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov 
    mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
    Darsliklarning 
    multimediali 
    ilovalari 
    — 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid 
    materiallarni davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda 
    yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning 
    mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, 
    animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni 
    nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv 
    fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega 
    bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan 
    interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi. 
    Diagnostika-(yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan 
    ma’noni bildiradi) - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon
    to‘g‘risidagi aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat 
    qiladi. 
    Dialog- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida 
    o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
    Didaktik konsepsiya (didaktik tizim) ta`limda o‘qituvchi va 
    o‘quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari, 
    tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi qarashlar (g‘oyalar) majmuidir. 
    Didaktika pedagogikaning mustaqil qismi bo‘lib, o‘qitish va 
    ta’lim berish muammolari bilan shug‘ullanadi hamda o‘qitish 
    jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan  inson g‘oyalari yig‘indisi;  Darslik —

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish