305
GLOSSARIY
Artpedagogika - san'at pedagogikasi
nazariya va amaliyotni
rivojlantirish bilan shug'ullanadi, badiiy rivojlanish jarayonining
nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishni,
badiiy-ijodiy va ijodiy
faoliyat orqali individual madaniyatning asosini tashkil etadi. San'atni
rivojlantirish orqali shaxslarni tarbiyalash, tayyorlash va rivojlantirish;
badiiy madaniyatning asoslarini shakllantirish va turli xil badiiy
faoliyat turlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan
zarur ma'lumotlarni
izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni,
saqlashni, ulardan
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Badiiy pedagogika-
pedagogika va adabiyotni birlashtirishga
asoslangan pedagogika fanining sohasi, ta'lim
va inson taraqqiyoti
qonunlarini badiiy adabiyot orqali o'rganish.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan
o‘lchamiga aytiladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv
dasturida
ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirish.
Bakalavr, magistr — oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq
dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladigan
akademik darajalar.
Bakalavriat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
negizida oliy
ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan,
o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim.