308
va fanlar dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha
materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi.
Malaka
talablari —
uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi
bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga
qo‘yiladigan talablar.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan,
davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining
mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni
rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy
fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat
bo‘lgan didaktik vosita.
Maxsus pedagogika (defektologiya) -
aqliy, ruhiy, jismoniy
rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va
vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir.