315
o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan
tugallanadigan qismi.
O‘quv yili — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini
yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv
yili ikki
kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 20191-2020 o‘quv yili.
O
‘z-o‘zini nazorat qilish shakli - ta’lim
jarayonida ichki aks
aloqaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik
mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog
bilan talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati;
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma —
darslikdagi har bir
mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari
va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik
ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi,
darsda
foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning
mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar
haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon
qilingan kitob shaklidagi
o‘quv nashri.
O‘rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida
xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin
egallanganlari o‘zgaradi;