314
Yakuniy nazorat – sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari
singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Yo‘nalish — 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi
bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va
beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining
muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental
bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
Yosh pedagogikasi – turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha
pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta
yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.
Yozma tekshirish – talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib,
ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi.
O‘qitish sifatini nazorat qilish — talabaning bilim saviyasini
tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash.
O‘qitishning me’yoriy muddati — ta’lim oluvchilar tomonidan
o‘quv rejalari va fanlar dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan
muddat.
O‘quv fani dasturi — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan
o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan
normativ hujjat.
O‘quv fani — ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika,
san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab
olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi.