|
№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti Pdf ko'rish
|
bet | 163/173 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,05 Mb. | | #145553 |
Bog'liq 12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BBOligofpenopedagogika – aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Oliy ma’lumot darajasi — shaxs tomonidan oliy ta’limning
muayyan o‘quv rejalari va fanlar dasturini mazkur ma’lumot haqida
tegishli davlat hujjati berilgan holda, o‘zlashtirishi natijasi.
Oliy
ma’lumot
haqida
davlat
hujjati
(diplom) —
akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va fanlar dasturini
bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat
uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki
olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi — oliy ta’lim
muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezon va talablariga javob
berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.
Oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi — oliy ta’lim muassasasida
kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining OT DTS talablariga
muvofiqligini aniqlovchi tadbir.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori —
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan
ro‘yxati.
Oliy ta’lim — uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi mustaqil turi. Oliy ta’lim muassasalarida amalga
oshiriladi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti — muayyan ta’lim
sohasiga (soha tarkibiga) qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim
mazmuni, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli
darajasini,
kadrlar
tayyorlash
sifatini
baholash
darajalarini
belgilaydigan etalon darajasi.
|
| |