|
№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti Pdf ko'rish
|
bet | 164/173 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,05 Mb. | | #145553 |
Bog'liq 12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BBOraliq nazorat – bu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan
bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni
o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv
materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
Oraliq nazorat – bu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan
bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni
o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv
materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
Pedagogik akmeologiya – o‘qituvchining kasbiy faoliyatining eng
yuksak bosqichiga etish muammolarini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik
aksiologiya
-
pedagogik
yangiliklar,
innovatsiyalarning pedagogik jamoatchilik tomonidan o‘zlashtirilish
darajasini baholash, idrok etish haqidagi nazariy bilimlar.
Pedagogik kvalimetriya – pedagogning faoliyat jarayonida
erishadigan sifat va samaradorlik darajalarining o‘lchovi va mezonini
o‘rganadi.
Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va
kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini
o‘rganadi.
Pedagogik riskologiya – pedagogik vaziyatlarda eng muhim
qarorlar qabul qilish jarayonida tavakkalchilik xususiyatlarini
o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – turli tarixiy davrlarda pedagogik g‘oyalarning
va tarbiyaning taraqqiyotini o‘rganadi.
Polelog- guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki
o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni
rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Qiyosiy pedagogika – turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya
tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning
mustaqil sohasidir.
Reyting -baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Suhbat metodi - bilim o‘zaro so‘zlashuv (dialog) yo‘li bilan
o‘rganishga sabab asosan seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning
mustaqil ishi, referatlari, o‘quv konfersiyalarida qo‘llaniladi.
|
| |