1-mavzu. Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti. Yangicha tafakkur va milliy mafkura shakllanishi sharoitida psixologik bilimlarning tutgan o`rni reja




Download 252,89 Kb.
bet8/39
Sana20.11.2023
Hajmi252,89 Kb.
#102050
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
1-mavzu. Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti. Yang-fayllar.org

Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko`rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko`ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo`lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,



  • umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o`ziga xos jihatlarini o`rganadigan maxsus sohasi;


  • pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni o`z predmeti deb biladi;


  • yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug`ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o`zgarishi tamoyillarini o`rganadi;


  • ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o`rganadi;


  • mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o`rganadi;



  • Download 252,89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Download 252,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti. Yangicha tafakkur va milliy mafkura shakllanishi sharoitida psixologik bilimlarning tutgan o`rni reja

Download 252,89 Kb.