|
1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 23/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaTaom yeyish madaniyati - avvalo mijoz o‘z o‘rnida yaxshi o‘tira olishi, mijozlar o‘zini to‘g‘ri va chiroyli tutishi, ovqat yeyish madaniyatiga rioya qilishi lozim. Stol atrofida o‘tirganlarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilishlari tavsiya etiladi:
Stol atrofida to‘g‘ri o‘tirishi, bezovta bo‘lmaslik, stul suyanchig‘iga yengilgina suyanib o‘tirishi kerak. Stulni stolga juda yaqin surish, shuningdek, ancha nariga siljitish ham mumkin emas.
Qo‘llarni ovqat kutayotganda tizza ko‘zlariga qo‘yib o‘tirish maqsadga muvofiqdir. Qo‘llar bilan sochlarni rostlash, tuzatish, peshona, bosh terlarini artish, qo‘llarni iyakka tirab o‘tirish, dasturxonni o‘zicha to‘g‘irlash, idish-tovoqlarni qo‘zg‘atish, sonini nazorat qilish tavsiya qilinmaydi. Taom yeyayotgan paytda tirsakni stol ustiga tirab o‘tirish yaramaydi.
Sochiqcha yoki salfetkani yozib tizza ustiga solib o‘tirish kerak. U kiyimni ovqat sachrashidan himoya qiladi. Taom yeyish jarayonida lablarni oshkora artmaslik, salfetkani yengilgina lablarga bosish tavsiya etiladi, agar qog‘oz salfetkalar bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Taom iste’mol qilingandan so‘ng, sochiqlarni tarelkaning o‘ng tomoniga, agar tarelkalar olingan bo‘lsa, uning o‘rniga tahlamasdan qo‘yilishi kerak.
Non tarelkalarda beriladi va qo‘l bilan olinadi. Kesilgan yoki sindirilgan bo‘laklari olinadi. Somsalar sindirilmay, butunligicha yeyiladi. S aryog‘ uchun sindirilgan va kesilgan non bo‘lagi o‘ng qo‘l bilan olinadi, pichoq bilan o‘ng qo‘lda saryog‘ suriladi. Maxsus pichoq bo‘lishi ham mumkin. Ishlatilayotgan pichoqda surilsa ham bo‘ladi, biroq undagi ovqat yug‘i saryog‘ga o‘tmasligi kerak. Qiyom, jem, povidlolar tarelkaga olinadi, so‘ngra non bo‘lagiga suriladi.
Buterbrod - qo‘l bilan olinadi, pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi.
Hamma uchun umumiy ovqat qo‘yilganda mijozlar o‘z oldidan keraklisini tarelkasiga solib iste’mol qilaveradi.
Kolbasa, vetchina - tarelkaga solinadi, pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. Baliq, go‘sht, sabzavot salatlari pichoq va sanchqi yordamida iste’mol qilinadi.
Bul’on va pyure-sho‘rva - kosalarda tortiladi, qoshiq bilan ichiladi, sovigan taqdirda kosani ko‘tarib bir chetidan ichaversa ham bo‘ladi. Ovqatni sovutaman deb kosa hamda qoshiqlarga puflash tavsiya etilmaydi. Uni qoshiq bilan aralashtirish va sovushini kutish kerak. Agar ovqat ichida yirik mahsulotlar bo‘lsa, qoshiq bilan bo‘lib yeyiladi. Kosa oxirida qolgan ozgina suyuqlikni olish uchun kosa qiyshaytiriladi va qoshiq bilan olinadi.
Go‘shtdan tayyorlangan issiq taomlar pichoq va sanchqi bilan yeyiladi. Ovqatlantirish jarayonida pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi esa chap qo‘lda ushlanadi. Pishgan go‘shtni har kim o‘z xohishiga qarab kesadi. Lekin go‘shtning hammasini kesib, so‘ngra sanchqi bilan yeyish tavsiya etilmaydi. Oz-ozdan kesib iste’mol qilinsa, go‘sht sovumaydi. Kotlet, tefteli va boshqalarni pichoq bilan kesib o‘tirish shart emas, sanchqi bilan bo‘lib iste’mol qilsa bo‘ladi.
Ovqatlanish paytida pichoq va sanchqidan foydalanganda har ikkalasini qo‘ldan qo‘ymaslik kerak. Sanchqi bilan taom olinganda pichoq bilan rostlanadi, to‘g‘rilanadi, ammo pichoq bilan ovqat bo‘laklari sanchqi ustiga qo‘yilmaydi.
Parrandalar go‘shtini yeyishda pichoq va sanchqi bilan go‘shti suyaqdan ajratiladi, so‘ngra qo‘l bilan yeyish mumkin. Taomdan so‘ng qo‘l issiq suvda yuviladi. Baliqli taomlar yeyishda pichoq ishlatilmaydi. Sanchqi bilan go‘shti suyakdan ajratiladi va birdaniga sanchqi bilan iste’mol qilinadi.
Qush va baliq go‘shtlaridan ajratilgan suyaklar alohida tarelkalarga solinadi.
Yumshoq taomlar, kartoshka, sabzavot va boshqalar pichoq bilan kesilmaydi, sanchqi bilan bo‘laklarga bo‘linadi. Kartoshkani bo‘lganda atalaga aylantirib yuborish yaramaydi. Guruchli suyuq ovqatlar qoshiq bilan, quyuqlari esa sanchqi bilan yeyiladi.
Pishirilgan tuxumning po‘sti choy qoshiq bilan urib sindiriladi va tozalanadi, so‘ngra pichoq bilan kesilib, iste’mol qilinadi. Qovurilgan tuxum esa sanchqi bilan yeyiladi. Agar tuxum vetchina bilan qovurilgan taqdirda pichoq bilan kesilib, sanchqi bilan yeyiladi. Omlet va kartoshka oladisini ikkita sanchqi yordamida yeyiladi. Pashtet odatda sanchqi bilan yeyiladi, ammo uni nonga surib yesa ham bo‘ladi.
Taomni shoshmasdan yeyish, ovqat iste’mol qilish jarayonida og‘izdan tovush chiqmasligi kerak. Taom yeyishda gavdani imkoni boricha to‘g‘ri tutish, tarelka ustiga yotib olmaslik lozim. Agar ovqat qaynoq bo‘lsa, ustidan sovuq suv ichib yuborish tavsiya etiladi.
Taom yeganda lunjni to‘ldirib olish shart emas. Ovqat yeyish vaqtida fujer yoki non olish zarur bo‘lib qolsa, pichoq, sanchqini bir-birining ustiga qilib, sanchqining uchli tomoni pastga, pichoqning o‘tkir tomoni chapga qaratib tarelkaga qo‘yiladi. Pichoq va sanchqilarning sop tomonini stolga, uch tomonini tarelka chetiga qo‘ysa ham bo‘ladi, ammo u holda uch tomonidagi suyuqlik dasturxonga oqishi yoki sidirilib tushib ketib, dasturxonni yoki mijoz kiyimini iflos qilishi mumkin.
Mijoz qoshiq, sanchqi va pichoqlarni yerga tushirib yuborsa, ofitsiant tezda uni tozasiga almashtirib berishi kerak. Atrofdagilarning diqqatini jalb qilmaslik uchun ovqatlanayotgan mijoz engashib, tushib ketgan narsani olmasligi va ofitsiantdan uzr so‘ramasligi kerak. Ovqatlanib bo‘lgach, mijoz tarelkalarni o‘z oldidan nariga surib qo‘ymasdan, pichoq, qoshiq va sanchqilarni tarelkaga terib qo‘yishi lozim. Ularni tartibli qilib soplarini o‘ng tomonga parallel holda, sanchqilarning uchli, bukilgan tomonlari yuqoriga qaratib qo‘yiladi.
Mevalardan olma va noklarning po‘sti archiladi, o‘rtasi tozalanadi, tarelkalarga teriladi, uni qo‘l bilan yeyish mumkin.
Olxo‘ri, o‘riklarni pichoq bilan kesib danagidan ajratib yeyish ham mumkin yoki pichoq ishlatmasdan yeyaversa ham bo‘ladi. Gilos, olchalarning danaklarini og‘izdan qoshiqqa olinadi va tarelkaga solinadi.
Tarvuz va qovunlarni tilik, karch, kosa qilib yeyish o‘zbek xalqida azal-azaldan mavjud. Restoranlarda esa boshqacharoq ya’ni, tarvuz va qovunlar so‘yiladi, urug‘i ajratiladi, po‘chog‘i olib tashlanadi, so‘ngra karch qilib tarelkalarda beriladi, mehmonlar sanchqilar bilan iste’mol qiladilar.
Apelsinning po‘sti pichoq bilan olib tashlanadi, tiliklaridan bo‘lakchalarga bo‘linadi, tarelkaga teriladi, so‘ngra qo‘l yoki sanchqi bilan yeyiladi. Mandarinning po‘sti qo‘l bilan ajratiladi, tiliklarga bo‘linadi, yeyilgach, urug‘i choy qoshiqda olinadi va tarelkaga solinadi. Bananning po‘sti yarmigacha archib, pastki tomonidan ushlab yeyish mumkin. Biroq uni butunlay po‘stini olib pichoq bilan kesib, sanchqida yeyilsa maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.
Qulupnay mevalari desert qoshiqlari bilan yeyiladi. Qand maxsus qisqich yoki qo‘l bilan olinadi.
Choy yoki kofeda qand choy qoshiq bilan aralashtiriladi, qand erigach, qoshiq tarelkaga qo‘yiladi. Kofe quyilganda idish tarelkadan qo‘tarilmaydi. Stakanga choy quyilganda qoshiq stakandan olinmaydi. Choy quyib bo‘lingach, qoshiq olinadi. Choyda qandning erishini kutish kerak, kuch bilan qandni maydalash tavsiya etilmaydi. Kesilgan limon bo‘lagini choy yoki kofega solish uchun maxsus sanchqidan foydalaniladi, qoshiq bilan ezilib, sharbati chiqariladi va qoldig‘i tarelkaga solinadi.
Tort va qandolat mahsulotlari uchun maxsus choy qoshiqlari, sanchqilar ishlatiladi. Agar tort bo‘laklari kichkina qog‘oz salfetkalarda bo‘lsa, tarelkalarga solib iste’mol qilish ham mumkin. Tort va kekslar qattiq bo‘lsa, sindirib iste’mol qilinadi.
Danakli kompot berilsa, sezdirmasdan danakni og‘izdan olib, tarelkaga tashlash mumkin.
Baliqli taomlar uchun limon bo‘lagi berilsa, sanchqining orqa tomoni bilan siqib sharbati chiqariladi.
|
| |