• Kesh yoki kesh xotira
  • Video karta
  • Elektr ta’minoti bloki va uning xarakteristikalari.
  • Tezkor xotira (RAM - Random Access Memory)




    Download 153,48 Kb.
    bet3/8
    Sana22.12.2023
    Hajmi153,48 Kb.
    #126667
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-Mavzu ma\'ruzasi

    Tezkor xotira (RAM - Random Access Memory) - bu kompyuter, smartfon, noutbuk kabi elektron qurilmalar tizimining eng muhim elementlaridan biridir. U dasturlarni va operatsion tizimni ishlash tezligi va yuklanishiga javobgardir. Avvalo shuni tushunish kerakki, tezkor xotira energiyaga bog’liq holda ma’lumotlarni eslab qoluvchi elektron qurilma hisoblanadi, ya’ni kompyuter yoqilganda ma’lumotlarni o’zida saqlaydi va kompyuter o’chirilganda undagi ma’lumotlar ham o’chib ketadi
    Kesh yoki kesh xotira deb kompyuter dasturlari va qurilmalari uchun ko’p kerak bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash uchun ajratilgan maxsus joyga aytiladi. Kesh xotira nima uchun kerak? Ma’lumki, protsessor tezkor xotirada (RAM) saqlanadigan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Biroq, operativ xotira va protsessorning ishlash tezligi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi: agar protsessor RAM bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilsa (ma’lumotlarni o’qish yoki yozish uchun), unda aksariyat hollarda u ma’lumotlarni o’qib yoki yozib bo’lingunga qadar ishlamay bekor kutib turadi. Bu esa yuqori tezlikda ishlaydigan protsessorlarni ish samaradorligini tushirib yuboradi. Bu muammoni hal qilshning yagona yo’li bu tezkor xotira bilan markaziy protsessor orasiga xajmi uncha katta bo’lmagan (1­64Kb), lekin ularga murojaat qilish tezkor xotiraga murojaat qilishdan o’nlab, yuzlab va minglab marotaba tezroq bo’ladigan hotira joylashtirishdir. Bunday xotira kesh xotira deb nomlangan.

    Kesh xotiraning tuzilishi va joylashishi
    Video karta - kompyuter xotirasida saqlanadigan grafik tasvirni monitor ekranida namoyish qilish uchun mos shaklga o’zgartirib beruvchi qurilma.
    Bosh plata (inglizchada motherboard, mainboard – ona plata) - bu shaxsiy kompyuterning asosiy qismlari: markaziy protsessor, tezkor xotira kontrolleri, tezkor xotiraning (RAM) o’zi, doimiy xotira (ROM), asosiy kirish-chiqish interfeyslarining kontrollerlari va boshqa shu kabi electron qurilmalar o’rnatilgan murakkab ko’p qatlamli elektron platadir.

    Disk yurituvchilar bu electron-mexanik qurilma bo’lib har xil formatli kompakt disklar bilan ishlaydi, ya’ni bu disklarga ma’lumotlarni yozadi va o’qiydi.


    Hozirgi kunda CD, DVD, Blu-Ray Disc kabi disklar formati mavjud. Bu disklar bir-biridan o’zlari saqlaydigan ma’lumotlar sig’imi bilan o’zgaradi.
    Elektr ta’minoti bloki va uning xarakteristikalari.
    Kompyuterning tizimli blokining tashkil etuvchilarining barchasi ma’lum bir miqdorda elektr energiyasi sarflaydi. Masalan, Intel firmasining Core i5 9400F markali markaziy protsessor 65 Vt elektr quvvati sarflasa, GeForce GTX 1660 markali video karta 120 Vt enegiya sarflaydi. Tizimli blokni tashkil etuvchilarini barchasini o’ziga mos elektr quvvat ehtiyojini ta’minlovchi qurilma elektr ta’minoti bloki (ETB) deb ataladi. Elektr ta’minoti kompyuterning barcha qismlariga barqaror va to’g’ri quvvatni ta’minlash uchun javobgardir.
    Klaviatura va monipulyatorlar

    Download 153,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 153,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tezkor xotira (RAM - Random Access Memory)

    Download 153,48 Kb.