|
1-mavzu. Shaxsiy kompyuterlaming ta’minoti va uning turlari. Dasturiy va apparat ta’minoti
|
bet | 2/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 153,48 Kb. | | #126667 |
Bog'liq 1-Mavzu ma\'ruzasiKompyuterning apparat ta’minoti
Kompyuterning apparat ta’minoti asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topadi. Asosiy qurilmalariga kompyuter ishlashi uchun albatta mavjud bo’lishi kerak bo’lgan qurilmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat:
Monitor;
Tizimli blok;
Klaviatura va sichqoncha;
Kolonka.
Kompyuterning asosiy qurilmalari
Monitor - bu vizual chiqarish qurilma bo’lib, asosiy vazifasi sonli, matnli, graffikli, audio va video ko’rinishdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlashdan iborat. Monitorlar ishlab chiqarilish texnologiyasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Elektron nur trubkali monitorlar:
Qo’yiq kristal oynali monitorlar:
Gazo-plazmali monitorlar:
Tizimli blok - bu kompyuterning asosiy qismi bo’lib, u tizimli blok korpusiga joylashuvchi bosh plata va unga ulanuvchi qurilmalar: mikroprotsessor, qattiq disk, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar - kontrollerlar, adapterlar (video, musiqa, tarmoq platalari), elektr manbai bloki va kompakt disk yurituvchi kabilardan iborat.
Shaxsiy kompyuterning tizimli bloki
Tizimli blokning asosiy vazifasi kompyuterning barcha qurilmalarini birlash- tirishdan va ularning ishini ta’minlashdan iborat.
Tizimli blok quyidagi qurilmalarni o`z ichiga oladi:
Mikroprotsessor - bu kompyuterning markaziy qurilmasi bo’lib, dastur orqali berilgan arifmetik va mantiqiy amallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyasini va kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqarish funksiyasini bajaradi.
Qattiq disk (HDD - Hard Disk Drive) - bu multimediyali kompyuterlarda ma’lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi bo’lgani uchun ba’zan uni doimiy xotira ham deb atashadi. Birinchi qattiq disk shaxsiy kompyuter paydo bo’lishidan oldin - 1957 yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U 5 MB hajmga ega bo’lib, narxi juda qimmat bo’lgan.
|
| |