|
Клавиатура - bu kompyuter xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan qurilma.
Manipulyatorlar
|
bet | 4/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 153,48 Kb. | | #126667 |
Bog'liq 1-Mavzu ma\'ruzasiКлавиатура - bu kompyuter xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan qurilma.
Manipulyatorlar - bu (koordinatani ko’rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qo’shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi. Ular klaviatura bilan birgalikda foydalanuvchiga kompyuterda ishlashda qulay muhit yaratib beradi.
Joystik - kursorni ekranda to’rt yo’nalishdan biriga ko’chishini ta’minlaydi. U maxsus ko’rpusga o’rnatilgan dastakdan iborat.
Nurli pero (Liqht pen) - displey ekranidagi nuqtani ko’rsatish uchun yoki tasvirni yuzaga keltirish uchun qo’llanilishi mumkin. U loyihaviy tuzilishiga ko’ra ichida fotoelement bo’lgan ruchkani eslatadi.
Sichqoncha - bu manipulyator qurilma bo’lib, kursorni va grafik interfeyslarni boshqarish vazifasini bajaradi. Sichqonchalarning joylashuv koordinatalari kompyuterga uzatiladi va displey ekrani bo’ylab nuqta yoki strelka ko’rinishida (odatda-“sichqoncha” ko’rsatkichi deyiladi) kursorning tegishli ko’chishini yuzaga keltiradi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo’yicha farqlanadi. Ular standart, trekbol, sensor panel ko’rinishlarda bo’ladi.
Shaxsiy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari
Kompyuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va ekranda chop qilishdan iborat, balki ularga turli xil qo’shimcha qurilmalar ulash orqali ularni imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkin. Shaxsiy kompyuterlarga ulash mumkin bo’lgan qurilmalar kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuterlar bir qancha qo’shimcha qurilmalarga ega.
Printer - bu chop etish qurilmasi bo’lib, kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni qog’ozga chop etish uchun xizmat qiladi. Printerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
matritsali (ignali) printerlar;
purkagichli printerlar;
lazerli printerlar;
|
| |