• Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot
  • Ofis amaliy dasturiy ta’minot
  • Muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi




    Download 153.48 Kb.
    bet7/8
    Sana22.12.2023
    Hajmi153.48 Kb.
    #126667
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-Mavzu ma\'ruzasi
    10-mavzu, 4-Laboratoriya ishi, Ma\'ruzalar sharhi, 5y4236547yghjvbb, Ma’ruza matnlari 1-mavzu Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti, Fayl tizimlari, Kriptografiya1Mustaqil ish Mavzu Ketma ketliklarni tasodifiylikka
    Muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • buxgalteriya ishlarini bajaruvchi dasturiy ta’minot;

    • xodimlarni boshqarish dasturiy ta’minoti;

    • jarayonlarni boshqarish dasturiy ta’minoti;

    • bank axborot tizimlari va boshqa shu kabi masalalarga qaratilgan dasturiy ta’minotlar.

    Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot— soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:

    • kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

    • matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;

    • grafik muharrirlar;

    • hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;

    • taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.

    Ofis amaliy dasturiy ta’minot - idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

    • rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;

    • tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;

    • skaner yordamida o’qilgan axborotlarni optik tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;

    • tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.


    Download 153.48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 153.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi

    Download 153.48 Kb.