• Dasturiy ta’minoit turlari
  • Tizimli dasturiy ta’minot
  • Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga
  • Operatsion tizim tushunchasi
  • Amaliy dasturiy ta’minot
  • Dasturiy ta’minot va uning turlari




    Download 153,48 Kb.
    bet6/8
    Sana22.12.2023
    Hajmi153,48 Kb.
    #126667
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-Mavzu ma\'ruzasi

    Dasturiy ta’minot va uning turlari.
    Endi kompyutеrning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

    • Tizimli dasturiy ta'minot;

    • Amaliy dasturiy ta'minot;

    • Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari.




    Dasturiy ta’minoit turlari

    Tizimli dasturiuy taminot

    Uskunaviy dasturiy ta’minot

    Amaliy dasturiy ta’minot

    Operatsion tizimlar

    Dasturlash tillari

    Matn protsessorlari

    Drayver dasturlar

    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari

    Elektron jadvallar

    Diagnostik dasturlar




    Ma’lumotlar bazasi

    Antivirus dasrurlar




    O’quv tizimlari

    Faylli qobiqlar




    Grafik muxarrirlar



    Tizimli dasturiy ta’minot
    Tizimli dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) asosan quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

    • kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;

    • kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

    Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat.
    Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.
    Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
    Ularga quyidagilar kiradi:

    • operatsion tizim (OT);

    • tarmoq operatsion tizimi.

    Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ish samaradorligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
    Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.



    Tizimli dasturiy ta’minotning tashkil etuvchilari

    Operatsion tizim tushunchasi


    Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi joylarni va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasidagi muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
    Operatsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlab beradi.
    Operatsion tizim imkoniyatlarini drayverlar deb nomlanuvchi boshqaruvchi dasturlar kengaytiradi. Bu dasturlar kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar) ni ishini boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
    Hozirgi davrda ko’plab operatsion tizimlar mavjud: Masalan,

    • UNIX;

    • MS DOS;

    • OS/2;

    • WINDOWS

    • MacOs

    • iOS

    Birinchi shaxsiy kompyuterlar operatsion tizimlarga ega emas edi. Kompyuter tarmoqga ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat qilar edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o’xshash tilni qo’llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o’rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so’ngra kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo’lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos.
    Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan operatsion tizimlarga bo’lgan zaruriyat paydo bo’ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qilardiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin edi.
    Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u diskli operatsiyalar tizim (DOT) deb nom oldi.
    Diskli operatsiyalar tizim nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo’lgan paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko’chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara olardi. Umuman olganda, diskli operatsion tizim foydalanuvchini alohida qog’ozlarda ko’plab yozuvlarni saqlashdan halos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
    Operatsion tizimlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo’lishi bilan operatsion tizimlar ham o’zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o’nlab emas, balki yuzlab, hatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida ham anglashilmovchiliklar paydo bo’la boshladi. Ana shunda diskli operatsion tizimlar ham ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo’luvchi va ushbu kataloglarga xizmat ko’rsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko’chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo’ldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish vazifasi esa operatsion tizimga yuklatildi. Qattiq disklar yanada katta o’lchamlarga ega bo’lishi bilan operatsion tizim ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo’lishni ham o’rganib oldi.
    Bu davrdagi har bir yangi paydo bo’layotgan operatsion tizim kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshiroq, unumliroq foydalanishi bilan birga quvvatli tezkor protsessorlar bilan ham ishlay olardi.
    1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MSDOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi. MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o’rtasidagi «vositachi» bo’lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroq edi. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha ko’pgina ishlar ham MS DOSda bajarilar edi.
    Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim - tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu operatsion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi.
    Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar deb atashadi.
    Utilitillar - bu ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha amallarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
    Amaliy dasturiy ta’minot
    Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladiganidir. Bunga asosiy sabab, kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.



    Amaliy dasturiy ta’monotning tashkil etuvchilari



    Download 153,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 153,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy ta’minot va uning turlari

    Download 153,48 Kb.